Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə8/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Davlat belgilari – bu davlatni mustaqil mamlakat sifatida e’tirof etish uchun sabab bo‘ladigan tushunchalardir. Mustaqil davlat bo‘lish uchun har bir davlatning o‘z hududi, Konstitutsiyasi, aholisi (xalqi), davlat ramzlari, fuqaroligi, armiyasi, oliy hokimiyat organlari, pul birligi bo‘lishi zarur.
Davlat ramzlari – bayroq, gerb va madhiya. Ularning tuzilish shakli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlanadi. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.
Davlat xududi – qonuniy ravishda muayyan davlat suvereniteti ostida bo‘lgan yer kurrasining bir qismi. Davlat hududi tarkibiy qismlariga davlat chegarasi doirasida joylashgan quruqlik (materik yoki orol), suv, yer osti va havo kengliklari kiradi.
Davlatning vazifasi – mamlakatning normal rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda xafvsizligini ta’minlash, iqtisodni tashkil qilish natijasida farovon hayotni yaratish demakdir. Mamlakatning xafvsizligini ta’minlash ham davlatning vazifasidir. Davlat o‘z vazifasini bajarish jarayonida chet mamlakatlar bilan aloqalar o‘rnatadi va o‘z fuqarolarining manfaatini chet mamlakatlarda ham himoya qiladi.
Dam olish vaqti – qonun hujjatlariga ko‘ra xodim o‘zining mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilingan va sarflangan jismoniy hamda manaviy ruhiy quvatini qayta tiklashi lozim bo‘lgan vaqti. Amaldagi qonunchilikda ish vaqtining eng ko‘p muddati cheklangan va bu ayni paytda dam olish vaqtining ham eng kam muddatini belgilab beradi. Ish kuni davomidagi kundalik haftalik bayram kunlaridagi va yillik mehnat ta’tili chog‘idagi dam olish vaqtlarining turlari o‘zaro farqlanadi. Dam olish vaqti ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Dam olish vaqtida ishga jalb etish mumkin emas. Alohida hollarda ayrim toifadagi xodimlar belgilangan tartibda dam olish vaqtida ham ishga jalb etilishlari mumkin. Bunda kamida ikki barobar ish haqi to‘lanadi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə