Andijon davlat pedagogika instituti


Badanga og'ir shkast yetkazish



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə5/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Badanga og'ir shkast yetkazish – sog‘ligini buzishni istagan holda badanga jismoniy ta’sir ko‘rsatish orqali hayot uchun xavfli shikast (sog‘liqqa haqiqiy ziyon yetkazish; mehnat qobiliyatini 33 % dan yuqorisini yo‘qotish; badanga estetik ziyon yetkazish va homila tushishiga sabab bo‘lishi).
Bipatrid - ikki davlat fuqaroligiga (tabaaligiga) ega bo‘lgan shaxs (qarang: Ikki davlat fuqaroligi).
Badanga o'rtacha shikast yetkazish - 1) sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrga yomonlashuvi; 2) umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qotilishi.
Bayroq - (ing. flag; goll.vlag) – yog‘ochga (yoki ipga) biriktirilgan mato, bir xil rangdagi yoki har xil rangdagi, aksariyat hollarda davlat yoki biron-bir tashkilotning ramzi
Bezorilik – jamiyat axloq qoidalarini buzish, mensimaslik, taqiqlangan joylarda alkogol ichimliklar ichish, fuqarolarga haqoratomuz muomala va shilqimlik qilish, uyat so‘zlar bilan so‘kinish, jamoat joylarida yalang‘och holda yurish, hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, o‘simliklarga zarar yetkazish, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoxud o‘zganing mulkiga jiddiy zarar yetkazish yoki uni nobud qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar.
Beparvolik – jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lishi
Besh kunlik ish xaftasi – xodimlar uchun belgilangan ish haftasi turlaridan biri. Besh kun ish va uzluksiz ikki kun dam olishga ajratiladi (MK.ning 120-m.). Korxonada ish beruvchi va xodimlar vakillik organi o‘zaro kelishuvi bilan joriy etiladi va ichki mehnat tartibi qoidalarida mustahkamlab qo‘yiladi. Xodimlarni haftalik dam olish kunlarida ishga jalb etishga alohida hollardan tashqari yo‘l qo‘yilmaydi.
Bir gurux shaxslar – ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib yoki oldindan til biriktirmasdan jinoyat tarkibi ob’yektiv tomonini sodir etishda bevosita ishtirok etishi
Bitimlar – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. Bitimlar erkning ifodalanishiga qarab bir, ikki va ko‘p tomonlama bitimlarga, muqobil ijroning bo‘lish-bo‘lmasligiga qarab haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlarga hamda qay paytdan e’tiboran tuzilgan deb, hisoblani­shiga ko‘ra konsensual va real bitimlarga bo‘linadi.
Bosqinchilik – o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud xuddi shunday zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib sodir etilgan harakat.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə