Andijon davlat pedagogika instituti


Alimentlaeni to'lash va undurish tartibi



Yüklə 309,72 Kb.
səhifə4/24
tarix31.01.2023
ölçüsü309,72 Kb.
#99842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Huquq fanidan atamalar

Alimentlaeni to'lash va undurish tartibi – alimentlarni to‘lash ikki usulda amalga oshiriladi. Bular: ixtiyoriy va sud tartibida. Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o‘z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘lanadi. Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Amnistya - (yun. amnestia – kechirish, gunohidan o‘tish) – oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarning jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi qarori. A. jinoyat va b. huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni jazodan to‘la yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrog‘i b-n almashtirish to‘g‘risidagi insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. O‘zR Kons. 80-m.ga ko‘ra, O‘zR Prezidenti A. to‘g‘risidagi hujjatlarni O‘zR Oliy Majlisining Senatiga takdim etadi. O‘zR sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarga nisbatan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish Senatning mutlaq vakolatiga kiradi.
Ancha miqdor – eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
Apatrid - (yun. apatris – vatanidan judo bo‘lgan) – fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, ya’ni biror davlat b-n doimiy va barqaror siyosiy huquqiy aloqaga ega bo‘lmagan shaxs.
Asosiy ish joyi – ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart bo‘lgan ish joyi.
Avtonom davlat - katta davlat doirasidagi davlat maqomiga ega bo‘lgan avtonom respublika yoki boshqa avtonom birlik. U o‘zining konstitutsiyasi, qonun hujjatlari, hududi, fuqaroligi, oliy davlat organlari, ma’lum darajada byudjet va soliq mustaqilligiga ega. Lekin, u boshqa katta davlat doirasida tuzilganligi sababli o‘z pul tizimiga, armiyasiga, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy munosabatlarda to‘liq mustaqillikka va h.k. ega bo‘lmaydi.
Arbitraj - (hakamlik) sudlari - fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilishga vakolatli sud hokimiyati organlari.
Bayonnoma – barcha organlar tomonidan yuritiladigan faoliyatni, xususan olib boriladigan majlislarni rasmiylashtirish shakli. Sudning har bir majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisidan tashqari qilingan har bir alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Yüklə 309,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə