Andijon davlat pedogogika instituti


III BOB. TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISHDA BOLALAR LUG‘ATI USTIDA ISHLASH VA NUTQINI O‘STIRISH



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/23
tarix09.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Tevarak-atrof Mag\' Dissert tayyor

III BOB. TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISHDA BOLALAR LUG‘ATI USTIDA ISHLASH VA NUTQINI O‘STIRISH.
3.1. Bolalar bog‘chasida lug‘at ishining vazifalari va mazmuni.
3.2.Tevarak atrof bilan tanishtirishda bolalar tomonidan lug‘atni o‘zlashtirish xususiyatlari va bolalar nutqining o‘sib borishi.
3.3. Tevarak-atrofbilantanishtirishvalug‘at(nutq)ustidaishlashbo‘yichamashg‘ulotturlari.
3.4. Tevarak-atrofdaginarsa-buyumlarbilantanishtirishyuzasidanmashg‘ulotishlanmalari.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil, 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori1, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni2 hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori3 imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil, 29-dekabrdagi 2017-2021-yillarda “Maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorida4 belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi doirasida davlat dasturi qabul qilinib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2019-yil, 8-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror5 qabul qilindi. Qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan keng foydalanishni ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida qabul qilindi. “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”da maktabgacha ta’limga quyidagicha ta’rif berilgan: Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi - bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tizimida nutq o‘stirish mashg‘ulotlarini olib borish, tevarak-atrof bilan tanishtirish tizimning asosiy bo‘g‘inlaridan biridir.
Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirishva lug’at ustida ishlash usullarini shakllantirishmamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohoti “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da o‘z ifodasini topib,yu6rtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan mustaqil fikrlovchi, barkamol, mustahkam intellektual salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalash ta’lim muassasalarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlanadi.Ma’lumki,bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash usullarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy qismini o‘yin orqali olib boriladi va amaliyotda ko’rsatiladi.
O‘yin –Tevarak atrof bilan tanishtirishda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin butun tevarak-atrof muhitidagi munosabatlarni harakatda ko‘rsatadi va bular tarbiyalanuvchining butun lug‘at boyligini rivojlanishini yuzaga chiqaradi Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning lug‘at boyligini shaklantirish muammosi ko‘p qirrali ijtimoiy vazifalardan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va taraqqiyoti uchun dolzarb bo‘lgan axamiyatga egadir

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə