Andijon davlat pedogogika instituti


Tadqiqot ishiningtuzilishi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/23
tarix09.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Tevarak-atrof Mag\' Dissert tayyor

Tadqiqot ishiningtuzilishi: kirish, 3 bob, 10 bo‘lim, xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. BOLALARNI TEVARAK ATROF BILAN TANISHTIRISHDA BOLALAR TOMONIDAN LUG‘ATNI O‘ZLASHTIRISHNING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI.


1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirish ustida ishlash metodikasi.

Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, uning bilimlari, qobiliyatlari va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi — til orqaligina berish mumkin.7


Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli — og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish borasidaga vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
• Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;

  • Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

  • Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish;

  • Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish;

  • Ravon nutqni rivojlantirish;

  • Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash;

  • Savod o‘rganishga tayyorlash.

Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Go‘daklik yoshi: 0-1. Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda bolada unga ta’sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos insoniy vositaga mavjud bo‘lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi — kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot — ushbu yoshdagi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning etishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning etarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli — emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli — ya’ni, emotsional-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash.

  • Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lganehtiyojni qondirish.

  • Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.8


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə