Andijon davlat pedogogika instituti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/23
tarix09.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Tevarak-atrof Mag\' Dissert tayyor

Ilk yosh: 1-3. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikda faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni — predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, piyoladan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi). Muloqot jadal emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq muloqot faqat kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat eyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi, sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi, qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam — bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o‘yinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylantirish orqali uning «kamchiliklarini tuzatadi» (Temur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosabatlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyinroq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yilning oxiriga kelib dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bolaning so‘z zahirasi ortadi. 1 yoshda - 1 yoshu 6 oyda so‘z zahirasi 30-40 ta so‘zni tashkil qiladi. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq.) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib etadi. 1 yoshu 6 oy — 2 yoshga kelib bolaning so‘z zahirasi 200-300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot etakchi muloqot turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini — dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi.
Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash va ular bilan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishni va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi. Bola tashabbus ko‘rsatish orqali muloqot sub’ekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z xohish-istaklarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan muloqotga kirishish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e’tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq bilan sharxlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqinli qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molf», «o‘yin-po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi. Qulay shart-sharoitlarda muloqotning uchinchi yiliga kelib bola kattalar bilan muloqotda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z tassurotlarini ko‘rib nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o‘zlari ko‘rib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida («Mustaqillik maydoni»ga, hayvonot bog‘iga uyushtirilgan sayohat, Qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari: Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zahirasini asta-sekin kengaytirib borish.

  • «Ko‘makchilar» va ravishlar yordammda ifoda qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini
    belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish.

  • Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta harakatdan iborat bo‘lgan topshiriqlarni diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish («koptokni ol va menga ber»).

Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli muloqotni yo‘lga qo‘yish.

  • Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.

  • Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlarni ifodalash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan so‘zlardanfoydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir-nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.

  • Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadon tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va
    tirik ob’ektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.9


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə