Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə21/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Робот ма.матин darslik

Nazorat savollari:

1. Triol (Rossiya) firmasining imkoniyatlari, qoʻllanish sohalari va


turlari aytib bering.
2. Triol (Rossiya) firmasining elektr yuritmalari to ̒g ̒ risida maʼlumot
bering.
3. Triol AT27 elektr yuritmasinin umumiy koʻrinishi aytib bering.
Maruza-7: Komplektlangan oʻzgarmas tok elektr yuritmalari
Reja:
7.1 Ularning imkoniyatlari va qoʻllanish sohalari.
7.2. Elektr yuritmalarining tuzilishi vaturlari.
7.3 Yuritmalarning asosiy texnik koʻrsatkichlari va asosiy
tizimlari.


Tayanch soʻz va iboralar:
Komplektlangan oʻzgarmas tok elektr yuritmalari, Elektr yuritmalar, uzgaruvchan tok elektr yuritmalari, mashinasozlik, funktsional elementlar, stanoksozlik, metallurgiya, mashinasozlik, oʻzgarmas tokli elektr yuritmalarning seriallari va ishlash asoslari.


7.1 Ularning imkoniyatlari va qoʻllanish sohalari.
Elektr yuritmaning rostlash sistemasi ikki konturli strukturadan iborat: tashqi - PI-rostlagichli tezlik konturi (RS), ichki-releli-vaqtli rostlagich (RT)dan iborat tok konturi. RS rostlagich tezlikni (shuniningdek EYuKni ham) bir maromda U3s1 va U3s2 qiymatlar bilan ifodalaniuchi talab etilgan pogʻonada ushlab turadi. RS da ikkita kirish mavjudligi elektr yuritmani CHPU qurilmasiga va mustaqil tezlik topshirgichga bevosita ulash imkonini beradi.
RS rostlagichda (ESHIM1 elektr yuritmasiniki kabi) tezlik max/3ga etganda parametrlar korrreksiyasi roʻy beradi. max/3 holatda rele kontakti K1 ulangan. max /3 da esa K1 kontakti uziladi, natijada kuchaytirish koeffitsientikamayadi, RS-ning vaqt doimiysi esa ortadi. RS parametrlarining bunday korreksiyasi elektr yuritmaning oʻtkazish palasasini kamaytirish uchun zarur boʻlib, u katta tezliklarda taxogeneratorkuchlanishidagi katta ampiltudali pulsatsiyalar natijasida hosil boʻladi. K1 relesini almashlab ulash uchun almashlab ulash blokidan (BPK) buyruq beriladi. RS parametrlarni korreksiyalashdan tashqari BPK bloki shuningdek tok datchigi (DT) chiqishidagi kuchlanish Udt ni nolga kamaytirgandan soʻng talab etilgan momentga bogʻliq Ui signali belgisini oʻzgartiradi, oʻng va chap tomonga aylanuvchi yoʻnalishlarning moment signallari Up va Ul - larni hosil qiladi, bu signallari paydo boʻlganda kerakli toʻxtatish vaqti bilan ta’minlaydi, bu esa IN invertoridagi qarama-qarshi kalitlarning bir vaqti ochilishi toʻsqinlik qiladi.
Moslashtiruvchi signallar bloki (BSS) taxogenerator VR dan chiqayotgan signallar masshtabini oʻzgartiradi (maksimal tezlikda qiymatni 10V ga keltiradi), bu signal modulini UVR ajratib beradi va tezlik boʻyicha xatolik signali U-ni hosil qiladi.
RT rostlagich dvigatel to kini (shuningdek moment ham) RS rost-lagichi chiqishida aniqlangan kuchlanish darajasida ushlab turilishini ta’minlaydi. Bu yerda shuningdek, ESHIM1 elektr yuritmasiniki kabi, i=cost sharti bajarilishi uchun quydagi amallarga rioya qilish kerak: dvigatel va tormozlash (kichik tezliklarda) rejimlarida R2 va R1 rejimlarini almashtirish. tormozlash (katta tezliklarda)- R1 va RO rejimlarini almash-tirib ulash tavsiya etiladi. U1, U2, Un va Ul signallar mantiqiy qayta ishlangandan soʻng kerakli rejimni ish rejimlarining deshifratori (DRR) aniqlab beradi. U1 va U2 kuchlanishlari vaqtni belgilovchi RS-zanjiri tomonidan i=I3-i xatolik qiymatidan kelib chiqib hosil qilinadi. i=O boʻlsa, U1 va U2 kuchlanishlar nolga teng boʻlib qoladi. Bu kuchlanishlar +U yoki -U pogʻonasiga etganda R2 yoki RO rejimlariga oʻtish sodir boʻlishi kerak.
DRR deshifratori U1 va U2 darajasidagi signallar komparatori va mantiqiy sxemadan iborat. Mantiqiy sxema R2 rejimidagi signallarni quydagi tenglamaga mos xolda hosil qiladi


yoki RO rejmining signali quydagi tenglama asosida ifodalanadi



Bu yerda U1 signali «O» qiymatni qabul qiladi, agar U1 < + U boʻlsa va «1» qiymatni, agar U + U boʻlsa. U2 signali «O» qiymati U2- U holatda va «1» qiymatni, agar U2  -U boʻlsa.


R1 rejimining signali quydagi tenglama asosida hosil boʻladi





R2 va RO rejimlaridagi ish davomiyligi xatolikning nol darajasiga tushish vaqti orqali aniqlanadi. R1 rejimining davomiyligi esa Ut1 kuchlanishi ortish vaqtining + DUt qiymat chegarasiga etishi orqali yoki Ut2 kuchlanish kamayish vaqtining - DUt qiymatga ktish orqali aniqlanadi. 7.1-jadvalda DRR-ning kirish ( Up, Ul, Ut1,U2) va chiqish ( Uu1, Uu2) signallarining qiymatlari, shuniningdek, ularga mos ravishda IN invertorining ish rejimlari (RR) koʻrsatilgan. 7.1-rasmda RT rostlagichining vaqti diagrammasi yordamidagi ishlash jarayoni koʻr-satilgan.


Tok datchigi (DT) ikki juft tok transformatoridan iborat boʻlib, ular invertorning chiqish zanjiridai ikkita fazaga ulangan. Har bir transformator juftligi elektron sxema bilan birga oʻziga tegishli boʻlgan tokka proparsional va uning formasini takrorlovchi kuchlanishni hosil qiladi. Bu kuchlanishlarni qayta ishlash orqali uchinchi fazadagi tok signali hosil qilinadi. DT chiqishida oʻzgarmas tokli ekvivalent zanjirdagi toka proparsional boʻlgan bir qutbli kuchlanish paydo boʻladi. DT datchigida oʻlchanayotgantokning masshtabini oʻzgartirish imkoniyati mavjud.
7.1- jadval


Up

Ul

U1

U2

Uy1

Uy2

RR

1
2
3
4
5
6

1
1
1
0
0
0

0
0
0
1
1
1

1
0
0
1
0
0

0
0
1
0
0
1

1
1
0
0
0
1

1
0
0
0
1
1

R2
R1
R0
R0
R1
R2

Impulslar tarqatgich (RI) kollektorli (KG) va emiterli (EG) guruhlarda DPR datchigidan chiqayotgan Udpr, Vdpr,Wdpr, Up, Ul signallariga bogʻliq xolda oʻzining oltita chiqishida kalitlar ish zonasining signallari hosil boʻladi. RI va DRR signallari ikki guruhdagi sxemalar Kirishi tutashgan joyga kelib tushadi.
Chiqish sxemasidatutashgan signallar boshqaruv kalitlari bloki (BUK) ga kelib tushadi, u esa boshqaruv va boshqaruv signalini kuchaytirish zanjiri bilan kuch zanjirlarini galvanik echilishini ta’minlaydi.
Himoyalar va blokirovkalar. Blok koʻrinishidagi elektr yuritmalar quydagi himoya vositalariga ega:
- ichki qisqa tutashuvdagi maksimal tok va erga tutashuvdan himoya;
- rostlash blokining qisqa vaqtli oʻta yuklanishdagi tok vaqtidan himoya;
- dvigatel va oʻzgartgichning qizishidan himoya. tezlikning talab etilgan koʻrsatgichlarga mos kelmasligidan himoya;
- tezlik oshib ketishidan himoya. ta’minlovchi blokdagi faza yoʻqolishidan va kuchlanish pasayishidan himoya;
- kuchlanish ortishidan;
- boshqarish zanjirini ta’minlovchi manbayining oʻta yuklanishidan himoya;

7.1-rasm. Tok rostlagichning ish jarayonlarini koʻrsatuvchi vaqt diogrammasi.


Maksimal tok himoyasi reaktorning oʻlchovchi choʻlgʻamlari L1 va L2 lardan chiquvchi va RS - zanjir orqali himoya bloki (BZ) ning ikkita kirishga uzatuvchi signallar yordamida amalga oshiriladi. BZ blokidagi ikkita triggerning ishga tushishi (bu haqidategishli svetodiodlar xabar beradi) In invertorining qarama-qarshi kalitlari singuvchi toklar mavjudligi haqida signal beradi. bita triggerning ishga tushishi esa erga tutashuv roʻy berganini bildiradi.


Tok vaqtida himoya TMP bloki yordamida amalga oshirilib, u oʻzgartgichning issiqlik modelidan iborat. Bu blok tok datchigidan chiqayotgan axborotni qabul qilishi bilan birga oʻzgartgichning oʻrtacha quvvat yoʻqotishlarini aniqlaydi.
Dvigatel va invertorni qizishdan saqlovchi temperaturadan himoya dvigatel va radiatorning emiteterli guruhidagi tranzistorli kalitlarga oʻrnatilgan termorezistorlar yordamida amalga oshiriladi. TMP-ning chiqishidagi kuchlanish, shuningdek tranzistorli kalitlar 0vt ning dvigatel 0d va radiatorlarining qizish temperaturasiga bogʻliq boʻlgan kuch-lanishlari BZ blokiga kelib tushadi.
Tezlikning talab etilgan koʻrsatgichga mos kelmasligidan himoyani BZNS bloki ta’minlaydi. Bu blok RS va BSS bloklarining chiqishi dan kelayotgan signallarni qabul qilib, quydagi xollarda elektr yuritmani tarmoqdan uzib qoʻchdi. dvigatel yoki oʻzgartgichning nosozligi natijasida. dvigatel harakteristikasi soʻnggi nuqtaga chiqqanda yoki taxogenerator zanjiri uzilganda yoki taxogenerator zanjiri uzilganda. BZNS chiqishi K2 kaliti va BZ blokini boshqaradi. Tezlik boʻyicha xatolik boʻlmasa yoki tezlik hosilasi bu xatolikni kamaytirish uchun yoʻnaltirilganda K2 kontakti ulanadi. B3 chiqishdagi signal esa 0 ga teng boʻladi.
Maksimal tok hosilasi yoki tezlik mos kelmagandagi himoya ishga tushganda B3 bloki bir laxzada BUK blokidan boshqaruvchi signallar oʻtishini taqiqlab qoʻyadi va RS - rastlagichning chiqishini shuntlab qoʻyadi. (blakirovkalaydi).
Tok vaqtidan yoki temperadan himoya ishga tushganda (bu esa yuqorida aytib oʻtilgan kuchlanishlar 5V ga etganda roʻy beradi.) «Ishga tayyor signalini bir lahzada bekor qiladi, UPU qurilmasiga kesuvchi asbobni olinishi haqida buyuruq beradi va 5-7 s vaqt oraligʻida elektr yuritma tarmoqdan uziladi» (shu bilan birga RS chiqishini blakirovkalaydi va BUK blokini taqiqlaydi).
Elektr yuritma, shuningdek quyidagi blokirovkalarga ega: boshqarish zanjiriga kuchlanish berilgandan keyin uni kuch qismi sxemasiga uzatish va boshqarish zanjirida kuchlanish yoʻqolsa uni kuch qismidan uzib qoʻyish: S-ni avtomatik ravishda razryadlash va
boshqarish zanjirida kuchlanish yoʻqolganda kondensator S ni avtomatik tarzda razryadka qilish va yuritmani dinamik tormozlash, elektrik tormozlanish tugagach, “Ishlashga ruxsat 1” (K3 kontakti ochiladi) signalini bekor qilingach BUK blokini va RS chiqishini blokirovkalaydi: “Ishga ruxsat 2”(K5 kontakti ochiladi) signali bekor qilingach, BUK blokini va RS ni chiqishini bir lahzada blokirovkalaydi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə