Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika»



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə28/34
tarix11.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143836
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Робот ма.матин darslik

Nazorat savollari:



  1. Tranzistorli ESHIR1 elektr yuritmasi qaysi sistema boʻyicha qurilgan?

  2. Oʻzgartgich tranzistorlarni kommoʻtatsiya chastotasi qanday ketma-ketlikda oʻzgaradi.

  3. ESHIM 1 va EPB 2 elektr yuritmalarni qanday xususiyatlari mavjud.

Maruza-12: ABB firmasining tezlikni chastota oʻzgartirish orqali boshqaruvchi komplekt elektr yuritmalar
Reja:
12.1 ABB firmasining tezlikni chastotani oʻzgartirish orqali boshqariluvchi
komplektr elektr yuritmalarida momentlarini toʻgʻridan - toʻgʻri
boshqarish texnologiyasi.

Tayanch soʻz va iboralar:
ABB firmasining tezlikni chastotani oʻzgartirish orqali boshqariluvchi
komplektr elektr yuritmalarida momentlarini toʻgʻridan - toʻgʻri boshqar-
ish texnologiyasi, тezlikni chastota oʻzgartirish orqali boshqaruvchi
komplekt elektr yuritmalar.


12.1 ABB firmasining tezlikni chastotani oʻzgartirish orqali boshqariluvchi komplektr elektr yuritmalarida momentlarini toʻgʻridan - toʻgʻri boshqarish texnologiyasi.
Oʻzgarmas tokda ishlovchi tristorli komplekt elektr yuritmalar (EP) sanoatda boshqa tipdagi rostlanuvchi EYu larga nisbatan ertaroq oʻz-lashtirilgan. Mamlakatimizda asosan quyidagi ikkita seriyadagi elektr yuritmalar koʻproq qoʻllaniladi: ETU-3601 (unifikatsiyalashtirilgan tristorli elektr yuritma) ni ishlab chiqarish ancha erta yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, u ETU-3601 oʻzgartgichi asosida yasalgan (unifikatsiyalangan tristorli blok) va keyingi avlod - EPU1 (oʻzgarmas tokli unifikatsiyalangan uch fazali elektr yuritma).
Komplekt EYu ning strukturasidagi shartli belgilarda harflardan tashqari sonlar ham qoʻllanilib, ular revers, nominal tok, toʻgʻrilangan kuchlanish, tarmoqdan kelayotgan manba kuchlanishini anglatadi. EYu shartli belgisining oxiridagi harflar funksional harakteristikaga tegishli:
P -uqori momentli va boshqa dvigatellarning oʻta yuklanishdagi moment boʻyicha uzatmasi 6 gacha, tezlik rostlagichning diapazoni 104 gacha.
D -sosiy harakatlantiruvchi, tok boʻyicha oʻta yuklanish 2-gacha, birinchi zonadagi rostlash diapazoni-103 gacha ikkinchisidagi -5 gacha.
E -EYuK yoki kuchlanish boʻyicha teskari aloqali, tok boʻyicha oʻta yuklanish 2-gacha, bir zonali rostlagich diapazoni 20-gacha.
M-dvigatel tezligi boʻyicha teskari aloqali, tok boʻyicha oʻta yuklanishi 2-gacha, bir zonali rostlagich diapazoni 103 gacha.
Elektr yuritma uzatmasining nominal kuchlanish 115 va 230, toklar 10,40,100,200A (ETU-3601 seriyasida). 25,50,100,200A (EPU-…P seriyasida). Boshqaruvchi kuchlanish ostidagi yopiq tezlanish konturidagi rostlagichning chiziqli zonasidagi oʻtkazish polosasi EYu uzatmalari uchun kamida 35 Gs.
Mexanizmlar uzatmasi va robotlar uchun oʻzgarmas tokli maxsus dvigatellar seriyasi ishlab chiqilgan boʻlib, ular oʻtish jarayonlaridagi bir necha marta katta boʻlgan oʻta toklanishlar, uzoq vaqt mobaynida oʻrta va past tezliklarda toʻla momentda ishlash, boshqalardan farqli ravishda yuqori darajada tekis aylanishi bilan ajralib turadi. Ularga PBST, PGT (Yakor silliq boʻlgan past inersiyaili) seriyali elektromagnit qoʻzgʻatgichli dvigatellar, oʻzgarmas magnit yordamida qoʻzgʻaluvchi DP, DPU, PBV, 2PBV seriyali yuqori momentli dvigatellar kiradi. YUqori momentli dvigatellar vazni, oʻlchami va texnik harakteristikalari jixatidan ancha mukammal boʻlib, uch afzalliklar ularning elektr yuritmalarda koʻproq qoʻllanilishiga asos boʻlgan.
EYu ning asosiy harakatlantiruvchisi yuklama sharti boʻyicha diapazonning yuqori qismida oʻzgarmas quvvatda, pastki qismida esa oʻzgarmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Shunga koʻra komplekt EYu lar ikki zonali tezlik rostlagichga ega: nom diapazonida dvigatel Yakoridagi kuchlanish oʻzgarmas oqimda oʻzgaradi, nom-da esa magnit oqimi Yakorda oʻzgarmas kuchlanishda kamayadi. Ikki zonali komplekt EYu larning nominal kuchlanishlari 230 va 460V, toklari 40,100,200,400,630A (ETU seriyasi uchun) 25,50,100,200,400,630A (EPU1-…D seriyasi uchun).
Qoʻzgʻatish blokining toklari 5,10, 20A va kuchlanish 230V.
EYu ning asosiy harakati uchun oqimni rostlash diapazoni 2,5 gacha boʻlgan 2P, 2PF tipidagi dvigatellar qoʻllaniladi.
Stanoklar uchun maxsus yangi 4PF seriyadagi dvigatellar ishlab chiqarilgan boʻlib, ularning oqimni rostlash diapazoni 5 gacha. Dvigatellarning maksimal aylanish tezligi 3000-5000 ob/min gacha, nominal kuchlanishi - 220 va 440V. Ularga majburiy sovutish qurilmasi va egri chiziq harakteristikasi 0,19VS boʻlgan taxogenerator oʻrnatilgan.
Elektr yuritmaning EPU1-2 va ETU-3601 serialaridagi kuch sxema-sining oʻziga xos xususiyatlarini sanab oʻtsak. Yakor zanjiridagi tristorli reversiv oʻzgartgich ikki komplektli koʻprik sxema asosida tayyorlangan boʻlib, u transformator yoki tarmoq reaktoridan manba oladi. Nominal toki 100A gacha boʻlgan EPU oʻzgartgichlarida kuch optiron modullardan. 200-400A li toklarda -kuch tristorli modullardan. 630A li tokda-tabletkasimon tristorlardan foydalaniladi. Kuch bloklarining toki 100A gacha boʻlsa saqlagichlar, katta toklarda avtomatlar yordamida himoyalanadi.
ETU-3601…D elektr yuritmasining funksional sxemasi 1.10-rasm keltirilgan. Elektr yuritma tarkibiga Yakor dvigatelli kuchlanishini rostlovchi oʻzgartgich (TPYA), u uch fazali koʻprik sxemasi asosida yasalgan boʻlib, alohida boshqariluvchi guruhlarga boʻlingan. noreversiv bir fazali koʻprik sxemasi asosida yasalgan BU 3509 tipli qoʻzgʻatish. tok chegaralovchi reaktorlar blok yoki oʻz kommoʻtatsion va himoya apparaturasiga ega boʻlgan moslashtiruvchi kuch transformatori oʻrnatilgan taxogenerator (VYA) li oʻzgarmas tokli dvigatel (M) kiradi.
Yuritmada ikkita rostlash kanali mavjud: Yakor kuchlanishi va qoʻzgʻatgich. Ikkala kanal ham ikki konturli sistemaga boʻysunuvchan rostlagich asosida yasalgan. Birinchi kanal oʻz ichiga quydagilarni oladi: adaptiv tezlik rostlagich (ARS), uning tarkibiga oraliq kuchaytirgich (PU) va proporsional - integralli tezlik rostlagich (RS) kiradi. adaptiv tok rostlagichi (ART),u tok PI-rostlagichi (RT) dan, nochiziq zveno (NZ) dan va funksional EDS oʻzgartgichidan iborat. chiqish zanjirlari V1,N1 kontaktsiz almashlab ulagichlar va harakteristikalar almashlab ulagich (PX) dan iborat impuls-fazali boshqargich (SIFU) li uch kanalli sistema.
Ikkinchi kanal: EYuK (re) PI-rostlagichi, tok qoʻzgʻatgichili PI-regulyator va ikki kanalli SIFU-dan iborat. Elektr yuritma ish jarayonidagi baʼzi xususiyatlarni aytib oʻtamiz. Dvigatelni qoʻzgʻatgichli boshqarish Yakor 0 EYuK-ining funksiyasi, aniqrogʻi boʻysunuvchi prinsipda amalga oshiriladi. DP tristorlarini oʻtkazish datchigi va ART signallari boʻyicha ishlovchi mantiqiy qurilma (LU) yordamida koʻpriklit TPYA toʻgʻri-lagichlarining ikki guruhi alohida boshqariladi.
Kuchaytirish koeffitsienti ARS va tok chegaralovchi ustavka elektr yuritmaning ish jarayonida oqim susaygan zonada oʻzgarishi mumkin. Uzuq - uzuq toklar paydo boʻlgan joularda kuchaytirish koeffitsienti TPYA-ning tahmini turgʻunligi va katta burchaklarni nochiziq bloklar NZ va FPE yordamida rostlash taʼminlash.
ETU-3601…D elektr yuritmasi boshqarish tizimining asosiy qismlaridagi harakat prinsipini koʻrib chiqamiz.
Adaptiv tezlik rostlagich. Topshiriq beruvchi potensiometr 3S-ning kirish signali U3s yoki 4PU qurilmasining signali va taxogenerator BR dan chiqayotgan signal oraliq kuchaytirgich ARS-ning kirishiga kelib tushadi. PU kuchaytirgichi 2-nchi zonadagi ish jarayonida tezlik rostlagichning kuchaytirish koeffitsienti Kars-ni pogʻonpli oʻzgarishini, aniqrogʻi dvigatel oqimi F susaygan paytda elektromexanik vaqt doimiysi Tm oshish barobarida unga nisbatan adaptatsiya paydo boʻlishini taʼminlaydi. Xaqiqatdan ham

Tm=J Rya/ (kf)2,


bu yerda, J-dvigatel validagi inersiyaʼning umumiy momenti.
Rya-Yakor zanjirining qarshiligi.
Ikkinchi zonada Tm-ning ortishi EYU oʻtkazish palasasining kamayishga olib keladi. Shuning uchun Rars-ni rostlash kerak:
(1.2)

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə