Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Qo`nim tizimlari va ularning standartlashtirishdagi ahamiyati



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160
Standartlashtirish asoslari

6.4. Qo`nim tizimlari va ularning standartlashtirishdagi ahamiyati
 
Qo`yimi va qo`nim lar tizimi bu tajriba nazariy va eksperimental tekshirishlar 
asosida aynan tuzilgan va standartlari shaklida (ko`rinishida) rasmiylashtirilgan 
qo`yimlar va qo`nimlar qatorlarining majmuidir. 
Qo`yim va qo`nimlar tizimi mashina detallari umumiy birikmalari uchun 
minimal zaruriy, lekin amaliyot uchun yetarli bo`lgan qo`yim va qo`nimlarni tanlash 
uchun mo`ljallagan bo`lib, kesuvchi asboblarni va kalibrlarni standartlashtirishga 
buyum va ularning qismlarini (detallarni) loyihalash, ishlab chiqarish va o`zaro 
almashinuvchanlikka erishish, shuningdek, ularning sifatini oshirishga imkoniyat 
yaratadi. Hozirgi paytda jahon mamlakatlarining ko`pchiligi ISO ning qo`yim va 
qo`nimlar tizimini qo`llaydilar. ISO tizimi metallishlash sanoatida xalqaro texnik 
aloqalarni uyg`unlashtirish (mumkin qadar birxillashtirish) milliy qo`yim va qo`nimlar 
tizimini unifikatsiyalash uchun yaratilgandir. 
ISO xalqaro tavsiyanomalarining milliy standartlarda qo`llanish turlicha 
mamlakatlarda tayyorlanilgan bir turdagi detallarni, tashkil qiluvchi qismlarni va 
buyumlarni (mashinalar) o`zaro almashinuvchanligini ta’minlashga sharoit yaratib 
beradi. Mamlakatimizda esa ISO standartlari va tavsiyanomalarining yagona tizimiga 
o`tmoqdalar. Bunga o`tishdan maqsad respublikamizda sanoatni ixtisoslashtirish 
zaruratligi, xalqaro savdoni rivojlantirish va undagi texnik to`siqlarni bartaraf qilishdir. 
Bu shuningdek, mamlakatimiz mahsulotlarini jahon bozorida xaridorgirligini 
oshirishni ta’minlaydi. 
ISO ning qo`yim va qo`nimlar tizimi (QQYaT) va respublikamizda umumiy 
mashina detallari uchun qat’iy bir yagona prinsip asosida tuzilgan. Standart bo`yicha 
qo`nimlarning ikkita teng huquqli tizimi o`rnatilgan: Teshik tizimi (TT) va val tizimi 
(VT). Shuningdek, qo`yim va qo`nimlarning jadvallari ham teshik tizimi va val 
tizimida tuzilgan. 


182 
Teshik tizimida (TT) – teshik asosiy detal bo`lib hisolblanib, qanday qo`nim
bilan joylashtirishdan qat’iy nazar nominal o`lcham bo`yicha ishlov beriladi (detalning 
tanasiga qo`yim berilib), turli xildagi qo`nimlar tirqish, o`tishli, taranglik valning 
chekli o`lchamlarini o`zgartirish hisobiga ta’minlanadi, TT – dagi qo`nimlar N bilan 
belgilanadi.
Val tizimidagi (VT) qo`nimlarda – val asosiy detal bo`lib hisoblanib qanday 
qo`yimdan qat’iy nazar, nominal o`lchov bo`yicha ishlov beriladi (detal tanasining 
qo`yimi bilan), turli xildagi qo`nimlar esa teshikning chekli o`lchamlarini o`zgartirish 
hisobiga ta’minlanadi. VT dagi qo`nimlar (h) bilan belgilanadi.
Barcha qo`nimlar uchun «TT» da teshikning pastki og`ishmasi – EI=0, barcha 
qo`nimlar uchun val tizimida (VT) valning yuqorigi og`ishmasi es=0. 
Demak, asosiy teshikning qo`yim maydonlari nol chizig`idan yuqoriga, valniki 
esa nol chizig`idan pastga joylashtiriladi. Shunday qilib, teshik tizimida teshik qo`yimi 
teshikning o`lchamini oshiradi, val tizimida esa val qo`yimi valning o`lchamini 
kamaytiradi. Mashinasozlikda qo`yimlar joylashishining ikkala tizimi ham, teshik 
tizimi ham, val tizimi ham ishlatiladi, val yoki teshik tizimini, u yoki bu qo`nimlarni 
tanlash konstruktiv, texnologik va iqtisodiy nuqtai nazardan aniqlanadi. 
Biriktirilgan detallarning o`zaro ishlashi nuqtai nazaridan olganda bu ikkala 
tizim bir-biriga aynandir. Lekin, teshik tizimi val tizimidan ishlab chiqarish jihatidan 
birmuncha afzalroqdir. Chunki detallarni teshik tizimida yig`ish uchun ishlov berganda 
kesish va o`lchash asboblari ancha kam ishlatiladi. Bundan tashqari teshikni valga 
moslashdan ko`ra, valni teshikka moslash ancha oson va arzonga tushadi. Shuning 
uchun ham mashinasozlikda ayrim xollardagina val tizimini ishlatish ma’qulroqdir.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə