Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Tirqishli qo`nimlarni hisoblash va tanlash



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Tirqishli qo`nimlarni hisoblash va tanlash. 
Tirqishli o`tqazishlar detallarning 
qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas birikmalarida qo`llaniladi. 
Qo`zg`aluvchan birikmalarda tirqish erkin siljishni, moyli qatlamni joylashtirish, 
harorat deformatsiyasini kompensatsiya qilish, hamda yig`ish xatoligi, sirtlarning shakl 
va joylashishdan og`ishlarini va boshqa kompensatsiyalar uchun xizmat qiladi. 
Moyli ishqalanish sharoitida ishlashi zarur bo`lgan o`ta muhim birikmalar uchun 
tirqishlar gidrodinamik ishqalanish nazariyasi asosida hisoblanadi. Birikmaning yarim 
quruq, yarim moyli va quruq ishqalanish sharoitlarda ishlashiga yo`l qo`yilganda, 
qo`nimlarni tanlash, ilgari ma'lum bo`lgan va yaxshi ishlovchi birikmalarga 


184 
o`xshashlik asosida tanlash amalga oshiriladi. Bunda birikmaning ishlash sharoiti va 
parametrlarining aniq xususiyatlarini hisobga olib tuzatishlar kiritish kerak. 
Qo`zg`almas 
birikmalarda 
tirqishli 
o`tqazishlar 
detallarni 
(asosan 
almashinuvchilami) qarshiliksiz yig`ishni ta'minlash uchun qo`llaniladi. Ulaming 
nisbiy siljimasligi qo`shimcha mahkamlashlar (shponkalar, vintlar, boltlar, shtiftlar va 
sh-k.) bilan ta'minlanadi. Qo`zg`almas birikmalar uchun qo`nimlarni tanlash shunday 
bajariladi, eng kichik tirqish birikuvchi sirtlarning shakl va joylashishidan og`ishlarini 
(agar ular bu sirtlar o`lclramlarining qo`yim maydonlari bilan cheklanmagan bo`lsa) 
kompensatsiyalashi kerak. Bundan tashqari, agar kerak bo`lsa, eng kichik tirqish 
yig`ilgan detallarning o`zaro joylashishini sozlash, ulami markazlashtirish va sh-k. 
uchun ham zahiiani o`ziga kiritishi kerak. Avtomatik yig`ish sharoitida o`ta muhim 
bo`lgan bir detaining ikkinchisiga erkin kirishi uchun zarur bo`lgan zahira ham eng 
kichik tirqish qiymati ichiga kirishi kerak. 
Ish vazifasiga va ishlash sharoitiga qarab birikmadagi chekli tirqishni hisoblashda 
gidrodinamik moylash nazariyasiga asoslangan har xil usullardan foydalaniladi. 
Bunday qo`zg`aluvchan birikmalarda tirqish ishqalanuvchi detallar orasida hosil 
bo`ladigan gidrodinamik pona paydo bo`lish shartiga asoslangan. Ponani yurgizish 
qobihyati aylanish chastotasiga, moyning qovushoqligiga, haroratga va qo`yilgan 
yukka bog`liqdir. Agar val o`q yo`nalishi bo`yicha siljiydigan bo`lsa, gidrodinamik 
ponaning hosil bo`lishi bir detaining ikkinchisiga nisbatan siljish tezligiga bog`liq 
bo`ladi. 
Yetariicha harorat ta'sirida bo`ladigan birikmalarda (porshen va silindr) tirqishni 
hisoblashda ularni chiziqli kengayish koeffitsienti hisobga olinadi. Masalan, ichki 
yonuv dvigateli tirsakli val-ichquyma, porshen -gilza, porshen barmoqchasi - shatun 
yuqorigi kallagi qistirmasi birikmalari detallarining o`zaro bir - biriga nisbatan siljishi, 
harorat rejimi, moyni uzatish usuli, ta'sir qilayotgan yukning yo`nalishi bo`yicha bir - 
biridan farq qiladi. Misol tariqasida mashinasozlikda keng tarqalgan qo`zg`aluvchan 
birikma, val — sirpanish podshipnigini hisoblash usulini tahlil qilamiz.Tinch holatda 
ushbu birikmada val o`z og`irligi ta'sirida eng quyi holatda bo`ladi(6.6.-rasm). 


185 
 Val 
— 
sirpanish podshipnigi birikmasida val holati.
Aylanish vaqtida ishqalanish kuchlari ta'sirida val va teshik orasidagi ponasimon 
bo`shliq orasiga moy ilashadi. Birikmadagi o`lchamlaming aniq munosabatida, 
aylanish chastotasida, moy qovushqoqligi va ponada hosil bo`ladigan bosim ta'sirida 
val moy ponasiga suyanib xuddi suzayotganday bo`ladi. 
Ma'lumki, cheklovchi uzunlikdagi podshipniklardagi 

va S qiymatlari orasidagi 
munosabat quyidagi bog`lanishda ifodalanadi: 
bu yerda 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə