Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, Ya’ni hozircha, vaqti kelib 4 yashar



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, Ya’ni hozircha, vaqti kelib 4 yashar 
bola elektr kuchlanishi u yoqda tursin, hatto EHM qanday tarkibiy 
birikmalardan tashkil topganligini, ham aytib berib, ko`z oldingizda shaxsiy 
kompyuterni yig`ib berishi ham mumkin.
SHunday qilib, tajriba o`tkazishdan (o`lchashdan) oldin bizda aynan shu 
o`lchashga tegishli bo`lgan muayyan ma’lumotlar va ko`nikmalar bo`lishi lozim 
bo`ladi. 
2- Aksioma.
Har qanday o`lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir.
 
Endi ikkinchi aksiomaning izohiga o`tamiz. 
O`lchash degani, sodda qilib aytganda olingan obyektda tekshirilayotgan 
kattalik qanchalik ko`p yoki kam tadbiq etganligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, 
ko`z oldimizda turgan ixtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning 
tomonlarining uzunligini aniqlash kerak bo`lsa, bizning ko`z oldimizga bir metrga teng 
bo`lgan uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va bo`yi 
to`g`risidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g`ayri oddiy 
bir tarzda yuz beradiki, biz bu haqda o`ylashga ulgurmaymiz ham, ko`z oldimizga 


134 
keltira olmaymiz ham. Boshqa bir kattalik, masalan, tanavvul qilayotgan ovqatning 
mazasini ko`raylik. 
Bu kattalik hozircha o`lchab bo`lmaydigan kattaliklardan. Uni odatda faqat 
baholanadi. Baholash esa, individual tarzda bo`lib muayyan mezon asosida amalga 
oshiriladi. Bunda mezonlarni soni birdan tortib, bir nechtagacha bo`lishi mumknn. 
Masalan, "yaxshi" va "yomon" (2 mezon); "yaxshi", "yomon" va "o`rtacha" (3 mezon); 
"yaxshi", "yomon", "o`rtacha", "juda yaxshi" va "juda yomon" (5 ta mezon) va 
hokazolar. Agar ovqatning faqat mazasi yoki soddaroq bo`lishi uchun tuzning yaxshi-
yomonligini ko`rib chiqaylik. Bunda biz xuddi shu kattalikiing (Ya’ni tuz 
miqdorining) yaxshi bo`lgan qiymatini olamiz va shu qiymatga nisbatan yuqorida yoki 
pastda bo`lgan holatga shahodat keltiramiz. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə