Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


O`lchash noaniqligi bo`yicha atamalar va ta’riflar



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
Standartlashtirish asoslari

5.7.O`lchash noaniqligi bo`yicha atamalar va ta’riflar 
Atamalar va ta’riflar. 
O`z Dst 8.010.1, O`z DSt 8.010.2, O`z DSt 8.010.3, 
O`zDSt 8.010.4 ga muvofiq o`lchashlar noaniqligi bo`yicha quyidagi atamalar va 
tushunchalar qo`llaniladi:
o`lchashlar 
noaniqligi:
o`lchash 
natijalari 
bilan 
bog`liq 
bo`lgan 
va 
o`lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo`shib yozilishi mumkin bo`lgan 
qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr. 
Izohlar 
1. Parametr, masalan, standart og`ish (yoki unga karrali son) yoki ishonch 
intervali (oralig`i) kengligi bo`lishi mumkin. 
2. O`lchash noaniqligi odatda ko`plab tashkil etuvchilarni o`z ichiga oladi. Bu 
tashkil 
etuvchilarning 
ba’zilari 
qator 
o`lchashlar 
natijalarining 
statistik 
taqsimlanishidan baholanishi mumkin va eksperimental standart og`ishlar bilan 
tavsiflanishi mumkin. Standart og`ishlar bilan tavsiflanishi mumkin bo`lgan boshqa 
tashkil etuvchilar ham tajribaga yoki boshqa axborotlarga asoslangan ehtimolliklarning 
taxmin qilingan taqsimlanishidan baholanadi. 
3. Shubhasiz, o`lchash natijasi o`lchanayotgan kattalik qiymatining eng yaxshi 
bahosi bo`lib hisoblanadi va tuzatishlar va taqqoslash etalonlari bilan bog`liq bo`lgan, 
tartibli (sistematik) ta’sirlardan yuzaga keladigan tashkil etuvchilarni o`z ichiga olgan 
holda noaniqlikning tashkil etuvchilari dispersiyaga hissa qo`shadi. 
Standart noaniqlik:
standart og`ish sifatida ifoda etilgan o`lchash natijasining 
noaniqligi. 
A xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash:
Qator kuzatuvlarni statistik tahlil qilish 
yo`li bilan noaniqlikni baholash metodi. 
V xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash:
Qator kuzatuvlarni statistik taxlil 
qilishdan farq qiluvchi usullar bilan noaniqlikni baholash metodi . 


146 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə