Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Pretsizionlik - 
Pretsizionlikning asosiy tavsifnomalari yaqinlashish va qayta 
ishlab chiqarishning standart og`ishlarini (GOST ISO 3534-1 va GOST ISO 5725-2), 
shuningdek, oraliq pretsizionlikni (GOST ISO 3534-3) o`z ichiga oladi. Yaqinlashish 
laboratoriyada, qisqa vaqt oralig`ida bitta operator tomonidan, bir nusxadagi uskunada 
kuzatilgan o`zgaruvchanlikni tavsiflaydi va uni ushbu laboratoriya chegarasida yoki 
laboratoriyalararo tadqiqotlar doirasida baholash mumkin. Muayyan metod uchun 
qayta ishlab chiqarishning standart og`ishini bevosita laboratoriyalararo tadqiqotlar 
yordamida baholash mumkin va u xuddi shu na’munani bir necha laboratoriyalarda 
tahlil qilinganda natijalar o`zgaruvchanligini tavsiflaydi. Oraliq pretsizionlik bir yoki 
ko`prok faktorlar, jumladan vaqt, uskuna yoki bitta laboratoriya chegarasidagi operator 
o`zgarganida kuzatiladigan natijalar variatsiyasini tavsiflaydi; bunda qaysi faktorlar 
muttasil turishidan qat’iy nazar turli ko`rsatkichlarga erishadilar. Oraliq pretsizionlikni 
ko`proq bitta laboratoriya doirasida baholaydilar, lekin uni laboratoriyalararo 
tadqiqotlar yordamida belgilash mumkin. Analitik metodikaning pretsizionligi u 
alohida dispersiyalarni jamlash orqali yoki metodikani to`liq tadqiqot qilish yo`li bilan 
aniqlanishidan kat’iy nazar umumiy noaniqlikning muhim tashkil etuvchisi bo`lib 
hisoblanadi.
Siljish- 
Qo`llanilayotgan metodga bog`liq bo`lgan siljish odatda solishtirishning 
munosib na’munalarini yoki ma’lum qo`shimchali na’munalarni o`lchash yordamida 
belgilanadi. Muvofiq tayanch qiymatlarga tegishli umumiy siljishni aniqlash qabul 


149 
qilingan etalonlarga kuzatib borishni belgilashda muhimdir. Siljishni ajratib olish 
(kutilgan qiymatga bo`lingan kuzatilgan qiymat) ko`rinishida ifodalanishi mumkin. 
Analitikning vazifasi siljishga e’tibor bermasdan qarash yoki unga tuzatish kiritishni 
ko`rsatishdan iboratdir, lekin har qanday holda ham siljishni belgilash bilan bog`liq 
noaniqlik umumiy noaniqlikning ajralmas tashkil etuvchisi bo`lib qoladi. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə