Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


CHiziqlilik (To`g`ri mutanosiblik) -



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Standartlashtirish asoslari

CHiziqlilik (To`g`ri mutanosiblik) - 
CHiziqlilik ba’zi diapazonda o`lchash 
uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo`lib hisoblanadi. Javob 
chiziqliligini toza moddalarda va real na’munalarda aniqlash mumkin. Odatda 
chiziqlilikni 
miqdoriy 
aniqlanmaydi, 
uni 
ko`z 
bilan 
yoki 
nochiziqlilik 
ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda 
nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi 
diapazonni tanlash yo`li bilan bartaraf etiladi. Chiziqlilikdan qolgan har qanday 
og`ishlar odatda bir qancha o`lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy 
pretsizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog`liq bo`lgan noaniqlik 
chegarasida qoladi.
Topish chegarasi - 
Metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish 
chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi. 
Ammo topish chegarasi yaqinidagi noaniqliklar alohida ko`rib chiqishni va maxsus 
talqin etilishni talab etishi mumkin, topish chegarasi qanday aniqlanganidan qat’iy 
nazar uning noaniqlikni baholashga to`g`ridan to`g`ri aloqasi yo`q.
Barqarorlik - 
Ko`p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab 
chiqish bo`yicha aniq parametrlarni o`zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita 
tadqiqot qilishni talab etadi. Odatda bu bir yoki bir necha faktorlarni o`zgartirish bilan 
chaqirilgan ta’sirlar tadqiqot qilinadigan «mustahkamlikka sinash» yordamida amalga 
oshiriladi. Agar bunday sinov ahamiyatli bo`lsa (o`z pretsizionligi bilan solishtirganda) 
u holda bu ta’sirning kengligini aniqlash va muvofiq yo`l qo`yilgan ishchi diapazonni 
tanlash uchun mufassalroq tadqiqot olib boriladi. Barqarorlik bo`yicha ma’lumotlar 
muhim faktorlarning o`zgarish natijalariga ta’siri haqida axborot berish mumkin. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə