Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Ma’lum metodika bilan solishtirish -



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Ma’lum metodika bilan solishtirish - 
Natijalarning aynan bir xil taqqoslana 
olinishiga ko`pincha faqatgina yaxshi aniqlangan va umum qabul qilingan metodikaga 
nisbatan erishilishi mumkin. Odatda bu metodika kirish parametrlari atamalarida 
aniqlanadi; masalan, ekstraktsiyaning aniq vaqtining, zarralar o`lchovining vazifalari 
va boshqalar. Bunday metodikani qo`llash natijalari ushbu kirish parametrlarining 
qiymatlari muvofiq etalonlarga kuzatib borilganda kuzatib boriladigan bo`lib 
hisoblanadi. Natija noaniqligi me’yorlangan kirish parametrlarining noaniqliklaridan 
ham, me’yorlanishning to`liq emasligidan ham, shuningdek, metodikani bajarishda 
o`zgaruvchanlikdan ham yuzaga kelishi mumkin. Agar, kutilayotganidek, alternativ 
metodika natijalari umum qabul qilingan metodika natijalari bilan taqqoslansa, u holda 
qabul qilingan qiymatlarga kuzatib borishga umum qabul qilingan va alternativ 
metodikalar bo`yicha olingan natijalarni taqqoslash yo`li bilan erishiladi. 
O`lchash noaniqligini baholash. 
Umuman olganda noaniqliklarni baholash oddiy bo`lib hisoblanadi. Qandaydir 
o`lchash natijasiga xos bo`lgan noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish 
zarur. 
1-bosqich. O`lchanayotgan kattalikni tasvirlash. 
O`lchash kattaligi va u bilan bog`liq bo`lgan parametrlar o`rtasidagi nisbatni 
kiritgan holda aynan nima o`lchanayotganligini aniq ifodalash zarur (masalan, 
o`lchash kattaliklari, konstantalar, darajalash uchun etalonlar qiymatlari va boshqalar). 
Mumkin bo`lgan joyda ma’lum sistematik effektlarga tuzatishlar kiritiladi. Bunday 


153 
tasviriy axborot odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida 
keltiriladi. 
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash. 
Noaniqlik manbalarining ro`yxati tuziladi. U 1 bosqichda belgilangan xuddi 
o`sha nisbatda parametrlar noaniqligiga hissa qo`shadigan manbalarni o`z ichiga oladi, 
lekin noaniqlikning boshqa manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib 
chiqadigan manbalarni ham o`z ichiga olishi mumkin. 
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarning miqdoriy tasvirlanishi. 
Har bir aniqlangan potentsial manbaga xos bo`lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi 
va baholanadi. Ko`pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog`liq bo`lgan 
yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. Shuningdek, mavjud ma’lumotlar 
noaniqlikning barcha manbalarini yetarli darajada hisobga olayotganligini ko`rib 
chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini 
ta’minlash uchun zarur bo`lgan qo`shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta 
rejalashtirish zarur. 
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash. 
3-bosqichda olingan axborot umumiy noaniqlikka bo`lgan yoki alohida 
manbalar bilan yoki bir qancha manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan 
bog`liq bo`lgan bir qancha miqdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni 
standart og`ishlar ko`rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy 
standart noaniqlikni olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish 
uchun tegishli qamrov koeffitsientidan foydalanish zarur. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə