Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
Standartlashtirish asoslari

 
 
5.8. Noaniqlikni taqdim etish 
Umumiy qoidalar
 
O`lchash natijasi bilan birga taqdim etiladigan axborot uning keyingi 
foydalanish maqsadiga bog`liq. Bunda quyidagi prinsiplarni qo`llash lozim: 
-
agar yangi axborot yoki yangi ma’lumotlar paydo bo`lsa noaniqlik bahosini 
aniqlashtirishni o`tkazish uchun yetarli axborotni taqdim etish; 
-
yetarli bo`lmagan axborotga qaraganda keragidan ortiq axborotni taqdim 
etish afzalroqdir. 
Agar o`lchash tafsilotlari, noaniqlik qanday baholanganligini o`z ichiga olib, 
chop etilgan hujjatlarga tavsiyalar ko`rinishida berilgan bo`lsa bu hujjatlar 


158 
dolzarblashtirilishi va laboratoriyada qo`llanilayotgan metodga muvofiq bo`lishi 
lozim. 
 
Talab qilinayotgan axborot 
O`lchash natijasining to`liq taqdim etilishi quyidagi axborotni yoki bunday 
axborotni o`z ichiga olgan hujjatlarga tavsiyani o`z ichiga olishi lozim: 
- o`lchash natijasini va uning noaniqligini eksperimental kuzatishlar va kirish 
kattaliklari haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblash uchun foydalaniladigan metodlarni 
tasvirlash; 
- hisoblashda ham, noaniqliklarni tahlil qilishda ham foydalaniladigan barcha 
tuzatishlar va doimiyliklarning qiymatlari va manbalari; 
- noaniqlikning barcha tashkil etuvchilarining ularning har biriga tegishli to`liq 
hujjatlari bilan ro`yxati.
Ma’lumotlar va ularning tahlili barcha muhim bosqichlarni oson kuzatib turish 
va zaruriyat bo`lganda so`nggi natijani hisoblashni qaytarish mumkin bo`ladigan 
tarzda taqdim etilishi lozim. Oraliq qiymatlarni o`z ichiga olgan natijani batafsil 
taqdim etish talab etilgan hollarda hisobot quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: 
-
har bir kirish kattaligining qiymati, uning standart noaniqligi va uning qanday 
olinganligining ta’rifi; 
-
natija va kirish kattaliklari, shuningdek, bu effektlarni hisobga olish uchun 
foydalanilgan ayrim hosilalar, kovariatsiyalar yoki korrelyatsiya koeffitsientlari 
o`rtasidagi o`zaro munosabat; 
- har bir kirish kattaligining standart noaniqligi uchun erkinlik darajalari soni. 
Izoh - funksional bog`liqlik juda murakkab bo`lgan yoki aniq ko`rinishda 
mavjud bo`lmagan hollarda (masalan, u faqatgina kompyuter dasturi sifatida mavjud 
bo`lishi mumkin) u umumiy ko`rinishda yoki muvofiq manbaga tavsiya yo`li bilan 
ifodalanishi mumkin. Bunday hollarda kimyoviy taxlil natijasi va uning noaniqligi 
qanday qilib olinganligi har doim aniq bo`lishi lozim. 
Oddiy tahlillar natijalarini taqdim etishda faqatgina kengaytirilgan noaniqlik 
qiymatini va qiymatni ko`rsatish yetarli bo`lishi mumkin. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə