Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Selektivlik/spetsifiklik 

Qandaydir 
o`lchash 
metodi 
aniq 
o`lchash 
parametrlariga bir ma’noda javob beradigan daraja. Selektivlik tadqiqotlarida odatda 


150 
mumkin bo`lgan halal beruvchi komponentlar ta’sirini bu moddalarni bo`sh 
na’munalarga ham, ishchi na’munalarga ham qo`shgan holda va javobni kuzatgan 
holda o`rganiladi. Olingan natijalar odatda haqiqiy halal beruvchi ta’sirlar unchalik 
ahamiyatga ega emasligini ko`rsatish uchun foydalaniladi. Bunday tadqiqotlarda 
bevosita javob o`zgarishi aniqlanganligi uchun bu ma’lumotlardan potentsial halaqitlar 
bilan bog`liq noaniqlikni baholash uchun foydalanish mumkin, bundan tashqari bunda 
halaqit beruvchi moddalar kontsentratsiyalari diapazoni haqida axborot olinadi.
Kuzatib borish - 
Turli laboratoriyalarda yoki har xil vaqtda olingan natijalarni 
ishonch bilan solishtirish imkoniga ega bo`lish muhim. Bu barcha laboratoriyalar bir 
xil o`lchash shkalasi yoki bir xil «sanash nuqtasi» dan foydalanishlari bilan 
ta’minlanadi. Ko`p hollarda bunga dastlabki milliy yoki xalqaro etalonlarga, 
mukammal hollarda esa (uzoq muddatli kelishuv maqsadida). Xalqaro birliklar tizimi 
(SI) ga olib boruvchi kalibrlash zanjirini o`rnatish bilan erishiladi. Yaxshi misol bo`lib 
analitik tarozilar hisoblanadi. Har bir tarozi etalon toshlari yordamida kalibrlanadi, ular 
esa o`z navbatida (oqibatda) milliy etalonlarga nisbatan kalibrlanadi, shu tarzda 
kilogrammning dastlabki etaloni bilan o`zaro munosabatda bo`ladi. Ma’lum 
boshlang`ich qiymatga olib boruvchi taqqoslashlarning uzilmas zanjiri umumiy sanash 
nuqtasiga «kuzatib borish»ni ta’minlaydi va bu turli insonlarning bir xil o`lchash 
vositalaridan foydalanishlarini kafolatlaydi. Oddiy o`lchashlarda turli laboratoriyalar 
o`rtasidagi o`lchashlarning kelishilganligiga (yoki bir vaqtda o`lchashlarning 
kelishilganligi) o`lchashlar natijasini olish yoki tekshirish uchun foydalaniladigan, 
bunga tegishli bo`lgan barcha oraliq o`lchashlarni kuzatib borishni belgilash tufayli 
erishiladi. Shuning uchun kuzatib borish o`lchashlarning barcha sohalarida muhim 
tushuncha bo`lib hisoblanadi. 
Kuzatib borish noaniqlik bilan chambarchas bog`liq va kuzatib borish o`zaro 
bog`liq bo`lgan barcha o`lchashlarni kelishilgan o`lchash shkalasida joylashtirishga 
yo`l qo`yadi, bunda noaniqlik bu zanjir xalqalarining «chidamliligi» ni va o`xshash 
o`lchashlarni bajaruvchi laboratoriyalar o`rtasidagi kutilgan kelishuv darajasini 
tavsiflaydi. 


151 
Umuman, aniq etalonga kuzatib boriladigan bo`lib hisoblanuvchi natija 
noaniqligi bu etalon noaniqligi va bu etalonga tegishli o`lchash noaniqligi sifatida 
ifodalanadi. 
Analitik metodika natijasining kuzatib borilishi umuman quyidagi 
protseduralarning (muolajalarning) qo`shilishi bilan belgilanishi lozim: 
- kuzatib borilayotgan etalonlardan o`lchash uskunasini kalibrlash uchun 
foydalaniladi;
- dastlabki metodni realizatsiya qilish yoki dastlabki metod natijalari bilan 
solishtirish; 
- taqqoslash na’munalaridan toza moddalar sifatida foydalanish;
- matritsa jihatidan mos keluvchi standart na’munalardan foydalanish;
- ma’lum, yaxshi aniqlangan metodika bilan solishtirish.

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə