O`lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi
Noaniqlikni baholash kontekstida “o`lchash kattaligini tasvirlash” aynan
o`lchanayotgan nafaqat bir ma’noli narsaning ifoda qilinishini, balki o`lchash
kattaligini u bog`liq bo`lgan parametrlar bilan bog`lovchi miqdoriy ifodalanishini
taqdim etishni ham talab etadi. Bu parametrlar boshqa o`lchash kattaliklari, to`g`ridan-
to`g`ri o`lchanmaydigan kattaliklar yoki konstantalar bo`lishi mumkin. Shuningdek,
na’muna tanlash bosqichi metodikaga kiritilganmi yoki yo`qmi aniq belgilanishi
154
lozim. Agar u kiritilgan bo`lsa, u holda na’muna tanlash metodikasi bilan bog`liq
bo`lgan noaniqlikni baholash ham zarur. Bu barcha axborotlar metodikaga hujjatda
bo`lishi lozim.
Analitik o`lchashlarda ayniqsa foydalanilayotgan metodga bog`liq bo`lmagan
natijalarni olish uchun mo`ljallangan va bunga mo`ljallanmagan o`lchashlar o`rtasidagi
farqni o`tkazish muhim. Oxirgilari ko`pincha empirik metodlar kontekstida ko`rib
chiqiladi.
Noaniqlik manbalarining namoyon bo`lishi
Eng avvalo, noaniqlikning mumkin bo`lgan manbalari ro`yxatini tuzish zarur.
Bu bosqichda miqdoriy aspektlarni hisobga olishga zarurat yo`q; faqatgina aynan
ko`rib chiqilishi kerak bo`lgan narsaga nisbatan to`liq aniqlikni ta’minlash maqsad
bo`lib hisoblanadi.
Noaniqlik manbalarining ro`yxatini tuzishda odatda oralik kattaliklardan
natijalarni hisoblash uchun foydalaniladigan asosiy ifodalardan boshlash qulaydir. Bu
ifodadagi barcha parametrlar o`z noaniqliklariga ega bo`lishlari mumkin va shuning
uchun ular noaniqlikning potentsial manbalari bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari,
aniq ko`rinishda o`lchanayotgan kattalik qiymatini topish uchun foydalaniladigan
ifodaga kirmaydigan, lekin shunga qaramay natijaga (masalan, ekstraktsiya vakti yoki
temperatura) ta’sir qiladigan boshqa parametrlar ham bo`lishi mumkin. Noaniqlikning
yashirin manbalari ham bo`lishi mumkin. Bu barcha manbalar ro`yxatga kiritilishi
lozim.
Noaniqlik manbalari ro`yxati tuzilgandan so`ng ularning natijaga ta’sirini asosan
har bir ta’sir ba’zi bir parametrlar bilan bog`liq bo`lgan o`lchashlarning rasmiy modeli
deb yoki tenglamada o`zgaruvchan deb tasvirlash mumkin. Bunday tenglama natijaga
ta’sir etuvchi individual omillar atamalarida ifodalangan o`lchash jarayonining to`liq
modelini tashkil etadi. Bu funktsiya juda murakkab bo`lishi mumkin va uni ko`pincha
aniq ko`rinishda yozish mumkin emas. Biroq, u mumkin bo`lgan joyda bunday
ifodalanish shakli umumiy holda noaniqlikning individual tashkil etuvchilarini jamlash
usulini aniqlaganligi sababli uni bajarish zarur.
155
Noaniqlikning muvofiq bahosini olish uchun ulardan har birini alohida baholash
mumkin bo`lganda o`lchash metodikasini operatsiyalarning muntazamligi ko`rinishida
ko`rib chiqish (ba’zida ayrim operatsiyalar deb ataladigan) foydali bo`lishi mumkin.
Bu ayniqsa o`lchashlarning bir xildagi metodikalari bitta ayrim operatsiyalarni o`z
ichiga olganda foydali yondashuv bo`ladi. Har bir operatsiyaning alohida noaniqliklari
u holda umumiy noaniqlikka hissa qo`shadi.
Amaliyotda tahliliy o`lchashlarda ko`proq odatiy bo`lib kuzatilayotgan
pretsizionlik va solishtiruvning mos keluvchi na’munalariga nisbatan siljish kabi
metodning umumiy effektivligi elementlari hisoblanadi. Bu tashkil etuvchilar odatda
noaniqlik bahosiga ortiqroq hissa qo`shadi va natijaga ta’sir etuvchi alohida effektlar
ko`rinishida yaxshiroq tuziladi. Bunday holda boshqa mumkin bo`lgan hissalarni
faqatgina ularni ahamiyatliligini tekshirish uchun, ulardan faqatgina ahamiyatlilarini
miqdoriy aniqlab baholash lozim,
Noaniqlikning tipik manbalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
Na’muna tanlash
Laboratoriyada yoki bevosita tahlil obyektida bajariladigan na’muna tanlash
operatsiyalari taxliliy metodika qismi bo`lgan hollarda na’munalar o`rtasidagi tasodifiy
farqlar va na’muna tanlash protsedurasida siljish (sistematik xatolikning) yuzaga
kelishi uchun har qanday imkoniyatlar kabi effektlar so`nggi natija noaniqligining
tashkil etuvchilarini shakllantiradi.
Na’munalarni saqlash shartlari
O`lchanayotgan (sinalayotgan) na’munalar o`lchashlar bajarilgunga qadar
qandaydir vaqt davomida saqlansa, saqlash shartlari natijaga ta’sir etishi mumkin.
Shuning uchun, saqlash davomiyligi, shuningdek, saqlash shartlari noaniqlik manbalari
sifatida ko`rilishi lozim.
Apparatura effektlari
Bunday effektlar, masalan, analitik tarozilar aniqlik chegaralarini; ro`yxatga
olinganlaridan farq qiluvchi (berilgan chegaralarda) o`rtacha temperaturani ushlab
turaoladigan temperatura rostlagichining mavjudligini; ortiqcha yuklash effektlariga
duchor qilinishi mumkin bo`lgan avtomatik analizatorni o`z ichiga olishi mumkin.
156
Reaktivlar tozaligi
Hattoki boshlang`ich reaktiv tekshirilgan bo`lsa ham bu tekshiruv metodikasi
bilan bog`liq bo`lgan qandaydir noaniqlik qolganligi sababli titrlash uchun eritma
kontsentratsiyasi absolyut aniqlikda belgilanishi mumkin emas. Ko`p reaktivlar,
masalan, organiq bo`yoqlar 100 % ga toza bo`lib hisoblanmaydi va tarkibida izomerlar
va anorganiq tuzlar bo`lishi mumkin. Bunday moddalar tozaligi tayyorlovchi
tomonidan kamida o`shanday darajada ko`rsatiladi. Tozalik darajasiga tegishli bo`lgan
har qanday taxminlar noaniqlik elementini kiritadi.
Taxmin qilingan stexiometriya
Tahliliy jarayon aniqlangan stexiometriyaga bo`ysunadi deb taxmin qilingan
hollarda kutilayotgan stexiometriyadan og`ishlarni yoki reaktsiyaning to`liq emasligini
yoki yordamchi reaktsiyalarni hisobga olish zarur bo`lishi mumkin.
O`lchashlar shartlari
O`lchovli shisha idish, masalan, u kalibrlangan temperaturadan farq qiluvchi
temperaturada qo`llanilishi mumkin. Katta temperatura effektlari tuzatishlar kiritish
bilan hisobga olinishi lozim, biroq bu holda ham suyuqlik va shisha temperaturasi
qiymatlaridagi har qanday noaniqlik ko`rib chiqilishi lozim. Shunga o`xshash, agar
qo`llanilayotgan materiallar namlikning mumkin bo`lgan o`zgarishlariga sezuvchan
bo`lsa atrofdagi havoning namligi ahamiyatga eta bo`lishi mumkin.
Na’munaning ta’siri
Murakkab matritsa tarkibi aniqlanayotgan komponentning chiqarib olinishiga
yoki asbobning javobiga ta’sir ko`rsatishi mumkin. Aniqlanayotgan komponentni
topish shakliga sezuvchanlik bu ta’sirni yanada kuchaytirish mumkin.
Na’muna yoki aniqlanayotgan komponent barqarorligi tahlil jarayonida issiqlik
rejimining yoki fotolitik effektning o`zgarishi sababli o`zgarishi mumkin.
CHiqarib olish darajasini baholash uchun ba’zi «mashhur qo`shimcha»
ishlatilganda aniqlanayotgan komponentning na’munadan aniq chiqishi qo`shimchani
chiqarib olish darajasidan farq qilishi mumkin, bu esa baholash lozim bo`lgan
qo`shimcha noaniqlikni kiritadi.
Hisoblash effektlari
157
Darajalash vaqtida mos kelmaydigan modelni tanlash, masalan, nochiziq
javobda chiziqli darajalashdan foydalanish juda yomon moslashtirishga va ko`proq
noaniqlikka olib keladi.
Raqamlarni olib tashlash va yaxlitlash oxirgi natijaning noto`g`riligiga olib
kelishi mumkin. Modomiki bu vaziyatlarni oldindan aytish qiyin ekan ba’zi bir
noaniqlikka joizlik to`g`ri deb topilishi mumkin.
Bo`sh na’munaga tuzatish
Bo`sh na’munaga tuzatish qiymatining ba’zi bir noaniqligi bu tuzatishning
zarurligiga shubha bilan barobar o`ringa ega bo`ladi. Bu ayniqsa izlarni tahlil qilishda
muhimdir.
Operatorning ta’siri
O`lchash asboblarining pasaytirilgan yoki ko`tarilgan ko`rsatkichlarini ro`yxatga
olish mumkinligi.
Metodika interpretatsiyasida ahamiyatga ega bo`lmagan farqlarning mumkinligi.
Tasodifiy effektlar
Tasodifiy effektlar barcha aniqlashlarda noaniqliklarga hissa qo`shadi. Bu
bandni o`z-o`zidan ma’lum narsa sifatida noaniqlik manbalari ro`yxatiga kiritish
lozim.
Dostları ilə paylaş: |