147
MVI:
O`lchashlarni bajarish metodikasi
Umumiy qoidalar
Metodlar yaroqliligini baholash
Izoh: Bu yerda va bundan keyin metod (metodlar) deyilganda o`lchashlarni
bajarish metodikalari va sinovlar metodikalari tushuniladi.
Amaliyotda eskirgan o`lchashlar uchun qo`llaniladigan
aniq maqsadning
metodlarini ko`proq ularning yaroqliligini baholash bo`yicha tadqiqotlar jarayonida
belgilanadi.
Bunday tadqiqotlarning natijalari metodlarning umumiy tavsifnomalari bo`yicha
ham, unga ta’sir etuvchi alohida faktorlar bo`yicha ham axborot beradi va bu
axborotdan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin.
Izoh: Metodlar yaroqliligini baholash (validation of methods)
chet elda qabul
qilingan o`lchashlar sifatini ta’minlash tizimining muhim tashkil etuvchisi bo`lib
hisoblanadi. «Validation» atamasi tegishli tushunchalarning turli mazmuni sababli
milliy metrologiyada qabul qilingan «attestatlash» atamasi bilan teng ma’noga ega
emas. Qonuniy metrologiya protsedurasi sifatida amalga oshiriladigan metodikalarni
attestatlash metodikaning unga qo`yilgan metrologik
talablarga muvofiqligini
o`rnatishni maqsad qilib qo`yadi. Bunda diqqat markazida olingan natijalar
xatoliklarining tavsifnomalari bo`ladi. Metodning yaroqliligini baholash odatda
samaradorlikning qator ko`rsatkich-larini belgilashdan (topish
va aniqlash chegarasi,
selektivlik/spetsifiklik, yaqinlashish va qayta ishlab chiqarish, barqarorlik va
boshqalar) va ular asosida aniq o`lchash masalasini
yechish uchun metodning
yaroqliligini muhokama qilishdan iborat bo`ladi. Yaroqlilikni baholash bo`yicha
tadqiqotlar natijalaridan noaniqlikni (xatolik tavsifnomalarini) topishda foydalanish
mumkin.
Metodning yaroqliligini baholash bo`yicha tadqiqotlar samaradorlikning
umumiy ko`rsatkichlarini aniqlash maqsadiga egadir. Ularni metodni ishlab chiqish va
uning laboratoriyalararo tadqiqoti jarayonida yoki ichki
laboratoriya tadqiqoti
dasturiga rioya etgan holda belgilaydilar. Xatolikning yoki noaniqlikning alohida
manbalari odatda pretsizionlikning umumiy tavsiflari bilan solishtirilganda
148
ahamiyatliroq bo`lganidagina ko`rib chiqiladi. Bunda tirgak tahlil natijalariga
tegishli
tuzatishlarni kiritishdan ko`ra, muhim samaralarning aniqlanishi va yo`qotilishiga
qilinadi. Bu potentsial muhim ta’sir o`tkazuvchi faktorlar umumiy pretsizionlik bilan
solishtirilganda ahamiyatlilikka belgilanganda, tekshirilganda bu faktorlarga
e’toborsizlik bilan qarash holatiga olib keladi. Bu
sharoitlarda tadqiqotchilar
ko`pchilik tartibli samaralarning ahamiyatsizligi isboti va qolgan ahamiyatli
samaralarning ba’zi baholanishlari bilan bir qatorda umumiy samaradorlik
ko`rsatkichlariga erishadilar.
Metodlar yaroqliligini baholash bo`yicha
tadqiqotlar odatda quyidagi
tavsifnomalarning ba’zilari yoki barchasining aniqlanishini o`z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: