139
t
– tasodifiy xatolik
q
– qo`pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo`lib, tahlil va
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butqo`l bartaraf etish mumkin
bo`ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
Uslubiy xatoliklar;
Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;
Subyektiv xatoliklar.
O`lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy
xatolik kelib chiqadi.
O`lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik
asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto`g`ri graduirovkalanishi
(darajalanishi), qo`zg`aluvchan qismning noto`g`ri mahkamlanishi va hokazolar.
Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Dostları ilə paylaş: