Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari


Metrologik  nuqtai nazardan o`lchash vositasiniig muayyan  metrologik  tavsiflari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Metrologik 
nuqtai nazardan o`lchash vositasiniig muayyan 
metrologik 
tavsiflari 
mavjud bo`lib, bu tavsiflarga ega bo`lgandan so`nggina biz 
olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o`lchash vositasini metrologik 
tavsiflash uchun undan ham aniq o`lchaydigan boshqa asbob kerak bo`ladi. Bu xuddi 
analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa 
analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o`lchab bo`lmaydi. 
Modomiki, chinakam qiymatni o`lchash imkoni yo`q ekan, o`lchash amalida qiymati 
unga yaqin bo`lgan va uni o`rniga ishlatilishi mumkin bo`lgan boshqa qiymat, Ya’ni 
haqiqiy qiymat qo`llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari 
mavjud: 
 


136 
1-postulat - 
o`lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir.
 
2-postulat - 
kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.
 
3-postulat - 
o`lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir.
 
Endi aytishimiz mumkinki, o`lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo`lar 
ekan: 
1.
CHinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas);
 
2.
Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin); 
3.
Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat). 
Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qayerdan olamiz degan savol tug`ilishi mumkin. 
Yuqorida keltirgan misolimiz bo`yicha, olmani savdo do`koni tarozisida bir necha 
marta takroriy o`lchab, natijalarning o`rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb 
olinishi mumkin.
5.6. O`lchash xatoliklari, turlari ularni hisoblash usullari 
O`lchash xatoliklari turli sabablarga ko`ra turlicha ko`rinishda namoyon bo`lishi 
mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

o`lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini 
siljishidan kelib chiquvchi sabablar; 

o`lchash obyektini o`lchash joyiga (pozitsiyasiga) o`rnatishdan kelib chiquvchi 
sabablar; 

o`lchash vositalarining zanjirida o`lchash ma’lumotini olish, saqlash, o`zgartirish 
va tavsiya etish bilan bog`liq sabablar; 

o`lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki 
bosimning o`zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va 
hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar; 

o`lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 

operatorning malakasi va holatiga bog`liq sabablar va shu kabilar. 
O`lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo 
o`lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo`ladi. 


137 
O`lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko`ra quyida keltirilgan turlarga 
bo`linadi: 
I. O`lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə