Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari



Yüklə 2,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/160
tarix30.05.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#114371
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160
Standartlashtirish asoslari

Qaytaruvchanlik -
ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil 
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o`lchashlarning natijalarini bir-biriga 
yaqinligini bildiradi. 
O`lchash xatoligi - 
o`lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan 
chetlashuvini (og`ishuvini) ifodalovchi o`lchashning sifat mezoni. 
 
5.5. Metrologiya aksiomalari va asosiy postulotlari 
Har bir fanda bo`lgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni 
ko`rishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va umumiylarini 
ko`rib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday o`lchashlar uchun xos bo`lib, bu 
o`lchashlar hoh oddiy, hoh murakkab bo`lsin, hoh yuzaki, hoh aniq bo`lsin, hoh 
tezlashtirilgan, hoh mukammal bo`lsin, ularning barchasida shu aksiomalarning 
uyg`unlashganini ko`rishimiz mumkin: 
1-Aksioma. 
Aprior ma’lumotsiz o`lchashni bajarib bo`lmaydi. 
1-aksiomani izohlashdan boshlaymiz. Eng avvalo "aprior ma’lumot" nima o`zi 
degan savol tug`ilishi tabiiy. Aprior so`zi 
a rriori - 
oldin keluvchi, dastlabki (lotincha) 
ma’nosini bildirib, boshlang`ich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bo`lgan 
ma’lumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu so`z bilan ketma-ket keluvchi yana bir 
tushuncha bor - aposteriori, 
(a rosteriri) 
Ya’ni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan 
ma’nolarni bildiradi. Bu so`zlarni ilk bora qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. 
Ularning talqinicha, har bir inson anglaydigan ilm, ma’lumot yoki axborot muayyan 
bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, o`qish va shu kabilar) dan 
so`ng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib 
boradi va ma’lum bir davrdagi aposterior ma’lumot aprior ma’lumotga aylanadi. 
SHunday qilib, o`lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, 
muayyan o`lchashni amalga oshirishdan oldin shu o`lchashga tegishli bo`lgan ma’lum 


133 
doiradagi ma’lumotlar aynan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu 
ma’lumotlar bo`lmasa, u holda umuman o`lchash to`g`risidagi tushunchaning o`zi 
shakllana olmaydi ham. 
Tajriba orqali, yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilishingiz mumkin. 
Tili chiqqan, bemalol so`zlasha oladigan 4-5 yoshlar atrofida bo`lgan bog`cha 
bolasiga elektr tarmog`idagi kuchlanish qanday qiymatga ega ekanligini aniqlab 
berishni so`rab murojaat qilib ko`ring-a... 
Natijasi oldindan ma’lum. Darhaqiqat bu bolada elektr kuchlanishi degan 
kattalikning mohiyati, uni qanday birliklarda va qanday o`lchash asbobida, qanday 
qilib o`lchash mumkinligi borasida deyarli hech qanday ma’lumotlar yo`q. Shuning 
uchun ham bolakay ko`zini pirpiratganicha sizga qarab turaveradi. Chunki bu bolada 
hali, hech qanday aprior ma’lumot yo`q. 

Yüklə 2,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə