Andijon mashinasozlik instituti


Dunni  idrok  etishda  falsafiy  dunqarashning  o‟ziga  xos  roli-



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Dunni  idrok  etishda  falsafiy  dunqarashning  o‟ziga  xos  roli- 
unda  dunyoni  bilish,  sezish,  ko‘rish  va 
tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa
 
vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u 
yoki  bu  odam  dunyoqarashining  shakli,  balki  ijtimoiy  ong  shakli,  odamlar  borlig‘i  va  bilishining  umumiy 
tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf 
etiluvchi  va  ta‘riflanuvchi  ma‘naviy  faoliyatdir.  ya‘ni  bu  dunyoga  va  insonning  undagi  o‘rniga  nisbatan 
qarashlarning umumiy tizimidir.  
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob to‘ish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan olingan 
bilimlar  majmuini  tashkil  etadi.  Ammo  bilish  shunday  bir  tabiatga  egaki,  bir  savolga  javob  ko‘pincha  boshqa  bir 
talay savollarni yuzaga keltiradi va ba‘zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, 
insonning  qiziquvchanligini  oshiradi  va  yangi  tadqiqotlarga  da‘vat  etadi.  Xullas,  bu  yerda  ijod,  tinimsiz  izlanish, 
yangilikka intilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.  
Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada 
savol, masala birinchi o‘rinda turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta‘riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. 
                                                 
1
 Al –Fоrоbiy.  Fоzil оdamlar shahri. -T.: SHarq, 1999 –B.93-94. 


Savol,  masala  insonni  ijodga  rag‘batlantiradi,  toki  unga  qoniqarli  javob  olinib,  haqiqatning  tagiga  yetilganiga 
ishonch  paydobo‘lmagunicha  insonni  izlanishga  da‘vat  etadi. 
Bunda  savolning  o‘zi,  muammoning  qo‘yilishi 
javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‘zan undan ham muhimroq deb qaraladi.  
SHuni  ham  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  falsafa,  garchi  muayyan  natijalarga,  mukammal  ta‘riflarga,  uzil-kesil 
xulosalarga  intilsa-da,  lekin  shuning  o‘zi  bilan  kifoyalanmaydi.  Falsafani  avvalo  inson  madaniyati  sohasida  yuz 
berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o‘zaro ta‘sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda o‘zga sohalarga o‘tish va 
ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ma‘naviy jarayon sifatida tushunish lozim.  
Bundan xulosa shuki, 
falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha 
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir
. Falsafa uchun «boqiy», 
uzil-kesil  aniqlangan  haqiqatlar,  «noqulay»,  «ilmoqli»  savollar  yoki  man  etilgan  mavzular  mavjud  emas. 
Falsafa 
savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat 
qiladi.  
Xullas, 
falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks 
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl
. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari 
uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta‘limi uchun kerak.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə