Andijon qishloq xo`jalik instituti “O`simlikshunoslik”


Qattiq po’stli yoki oddiy qovoq



Yüklə 135,55 Kb.
səhifə8/18
tarix28.11.2023
ölçüsü135,55 Kb.
#134493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
“O`simlikshunoslik” kafedrasi Polizchilik-fayllar.org

1. Qattiq po’stli yoki oddiy qovoq- C. Pepo L. Poyalari qirrali bo’lib,
egatchalari bor, barglari to’q yashil, uchi o’tkirlashib kelgan, besh yaproqli. Barglari, 
poyalari va meva bandlari qattiq tikanakchalar bilan qoplangan. Qovoqning bu turi
uzun palakli o’simliklarni ham, kalta palak chiqarib, tupli bo’lib o’sadigan 
o’simliklarni ham o’z ichiga oladi. Mevalari boshqa turlarning mevalariga qaraganda
maydaroq, ko’pincha tuxumsimon shaklda, sarg’ish-zarg’aldoq yoki och sariq tusda, 
yo’l-yo’l naqshli bo’ladi. Mevasining shakli va katta-kichikligi jihatidan bir-biridan
ajralib turadigan juda ko’p navlari bor. Meva bandi qirrali, prizmatik shaklda. 
Mevasining eti sertola, boshqa turlardan ko’ra dag’alroq.
Qattiq po’stli qovoq to’rtta kenja turni o’z ichiga oladi: uzun palakli qovoq- ssp. 
pepo (palagi uzun bo’ladigan asosiy navlari va uzun palakli kabachki); palagi kalta
yoki tupli qovoq -ssp. levicunlis (kabachki, patisson, qiyshiq bo’yin yoki kruknek); 
manzarali qovoq -ssp. polimorfa, yovvoyi holda o’suvchi qovoq -ssp. faxbana.

2. Yirik mevali qovoq - C. maxima Duch. Poyalari silindrsimon, tukli, dumaloq,
juda uzun. Barglari yashil, yirik, buyraksimon ichi sal o’yiqli. Mevalari yirik
sharsimon yoki yassi tortgan, goho cho’ziqroq bo’lib, po’sti yumshoq va har xil
rangli. Eti kam tolali, yumshoq. Kattiq po’stli qovoqqa qaraganda bir muncha 
kechpishar. To’rtta kenja turni o’z ichiga oladi: eski dunyo qovog’i - ssp. maxima
(ekiladigan navlari); amerika qovog’i - ssp. americana (ancha tezpishar, palagi uzun 
va qattiq tuklar bilan qoplangan); xitoy qovog’i - ssp.furbankurbus (sallaga o’xshash
shaklda mayda va o’rtacha meva qiladigan nimjon o’simliklar); yovvoyi holda 


o’suvchi qovoq - ssp. andreara.

3. Muskat qovoq C. moschata Duch. Poyalari va barglarining bandlari dumaloq
- qirrali, meva bandi esa qirrali bo’lib, mevaga tomon kengayib boradi. Barglari 
salgina o’yilgan, besh yaproqli yoki buyraksimon, tomirlari orasida oq dog’lari bor.
Bu turga mansub o’simliklarning hammasi uzun palakli. Mevasi shakli, katta - 
kichikligi va rangi jihatidan har xil; cho’ziq shaklda bo’lib, o’rtasi torayib kelgan
(pillasimon), pushti - jigarrang yoki sariq tusga kirgan mayda va o’rtacha mevalari 
ko’proq uchraydi. Mevasining eti zarg’aldoq tusda, mushk hidli, zich, mayin.
Rosmana ekologik - geografik tiplardan iborat bo’lgan oltita kenja turni o’z ichiga 
oladi: turkman qovog’i- ssp. nogluta (mevalari cho’ziq shaklda bo’lib, yuza
segmentlangan); yapon qovog’i-ssp. japonica (mevalari chuqur segmentlangan, 
burishgan yoki egatchali); meksika qovog’i - ssp. mexicana (mevalarining po’sti
yog’ochsimon bo’lib, eti yupqa, unsimon, shirin); kolumbiya qovog’i - ssp. 
columbiana (mevalari qalampirnusxa); Shimoliy Amerika qovog’i - ssp. boreali
americanika (mevalari mayda va o’rtacha kattalikda bo’lib, shakli yassi shakldan 


11


tortib to silindrsimon shaklgacha boradi) va hind qovog’i - ssp. indica (mevalari juda
yirik, ochiq rangli, sharsimon yoki tuxumsimon shaklda) shular jumlasidandir. 


5. O’zbekiston Respublikasi hududi ekinlarida 160 dan ortiq qovun navlari
uchraydi, lekin ularning ko’pchiligi kichik maydonlarga ekiladi. 2000 yilga bo’lgan 
ma’lumotga ko’ra, respublikamizda 33 ta nav rayonlashtirilgan bo’lib, shulardan
faqat mahalliy Gurbek navi kichik Osiyo kenja turiga, qolganlari esa O’rta Osiyo 
kenja turiga mansubdir. O’suv davri davomiyligiga ko’ra, qovun navlari quyidagi
guruhlarga bo’linadi: 



Yüklə 135,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə