Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə10/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi

O’zidan changlanish. O‘zidan changlanish chetdan changlanish uchun noqulay sharoit bo’lgan taqdirda amalga oshadigan ikkilamchi hodisa deb qaraladi. O’simliklar dunyosining evolyutsion rivojlanish jarayonida dastlab chetdan changlanish kelib chiqqan. O’simliklarda ikki jinsli gullarning bo’lishi o’zidan changlanish imkonini bergan, ayrim jinsli gullarga ajralish esa o’zidan chanlanishni to’liq cheklaydi. O’zidan changlanishning afzalligi shundaki, uning mexanizmi juda soda, ya’ni changchilarni urug’chi tumshuqchasiga o’tishi uchun maxsus moslanishlar talab qilmaydi. O‘zidan changlanish har qanday ob-havo sharoitlarida sodir bo’laveradi. Umuman, o‘zidan changlanish salbiy hodisa hisoblanib, bunda organizm irsiy sifatlarining o‘zgarishi cheklangan bo‘ladi va tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashmagan bo’lishi mumkin. O‘zidan changlanuvchi o’simlik turlari uncha ko’p emas. Ular karamdoshlar, burchoqdoshlar, bug’doydoshlar va boshqa oilalarning vakillarida uchraydi. Madaniy o’simliklardan bug’doy, suli, arpa, no’xat, loviya kabilarda gul g’unchalagan paytda yoki boshoq tortayotgandayoq changlanish sodir bo’ladi.

O‘zidan changlanishning ham bir necha turlari mavjud.

1. Avtogamiya. Agar bitta gul changdonidan chiqqan chang donachasining shu guldagi urug‘chi tumshug‘chasiga tushishini avtogamiya deyiladi. (Avto - o‘zidan, gameo - nikoxlanaman degan ma’noni bildiradi).

2. Geytenogamiya - qo‘shni changlanish ya’ni bir o‘simlik individlarida joylashgan ikkita gul o‘rtasida bo‘ladigan changlanish. Bunda bitta guldagi changdondan chiqqan chang shu o‘simlik individiumidagi boshqa guldagi urug‘chi tumshuqchasiga tushib changlatadi.

3. Kleystogamiya. Bitta gulda gul ochilmasdan (yumuq holda) oldin bo‘lib o‘tadigan changlanish. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib, tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqadi. Masalan, binafsha o’simligi bahorda hashoratlar yordamida changlanuvchi binafsha rangli gullar hosil qilsa, yozda esa poyaning ostida ko’rimsiz mayda yumuq gullar hosil bo’ladi. Ular hech qachon ochilmaydi. Bunday changlanishni arpa (Hordeum), no’xat (Cicer) va shu kabi o‘simliklarda bo‘ladi. Yeryong‘og‘ (Arachis) o’simligida yer ostki kleystogamiya hodisasi uchraydi. Yeryong’oqda dukkak mevasi yer ostida hosil bo’ladi. Ular dastlab tuproq ostida kleystogam gullar hosil qiladi. Bulardan tashqari, sariq-pushti rangli yer ustki gullar ham bor. Changlanishdan so’ng ushbu gullar ham tuguncha birikkan ginoforning o’sishi hisobiga tuproq ostiga (8-10 sm chuqurlikka) kirib boradi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə