Aniq va tabiiy fanlar



Yüklə 37,85 Kb.
səhifə1/7
tarix13.10.2023
ölçüsü37,85 Kb.
#127425
  1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ta\'lim ishlanmasi





Farg’ona - 2021


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


SIRTQI BO‘LIM

ANIQ VA TABIIY FANLAR”


kafedrasi
AMALIY INGLIZ TILI”
fanidan
V bosqich talabalarning mustaqil ishlarni
bajarishlari uchun

USLUBIY KO’RSATMA


FARG‘ONA– 2023
Sirtqi bo‘lim ilmiy uslubiy kengashi № __ “___”_____ 2023 yil bilan tasdiqlangan.
Sirtqi bo‘lim boshlig’i: A.Abdumalikov
«Aniq va tabiiy fanlar» kafedrasining umumiy yig’ilishida muhokamada
qo’yilgan va tavsiya qilingan № __ ______ 2023 yil

«Aniq va tabiiy fanlar»kafedra mudiri: S. Uraimov


Tuzuvchi: M.Jurayeva


MUNDARIJA
1. Tushuntirish xati.
2. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun tematik reja.
3. Darsdan tashqari mustaqil ishlar mazmuni.
4. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun adabiyotlar.
5. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun baholash mezonlari.
6. Qo‘shimcha va ilovalar.

1. TUSHUNTIRISH XATI

Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va uning zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan, bu bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy malakasini shakllantirish shartlarini belgilovchi omil bo‘lib, o‘quv vazifalarini mustaqil ravishda bajarish, tizimli faoliyat yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlar, kelajakdagi mutaxassishi o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega.


Davlat ta’lim standartlari bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, ta’lim vazifalarini mustaqil bajarish uchun barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish shartlarini belgilovchi omil sifatida talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish zarurligiga asoslanadi.
Davlat ta’lim standarti talablari va o‘quv rejasiga muvofiq talaba har bir fanni o‘zlashtirishi uchun ma’lum miqdordagi auditoriyadan tashqari mustaqil ishni bajarishi shartligi belgilangan. Talabalarning mustaqil ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
"Amaliy ingliz tili" fani bo‘yicha talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishining maqsadi - fanning asosiy bilimlarini, ijodiy, tadqiqot faoliyati, mustaqillik, mas’uliyat va tashkilotchilikni rivojlantirish, ta’lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish professional darajada bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari:
1) talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash;
2) nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
3) tanqidiy fikrlashni, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini takomillashtirish va anglash qobiliyatini rivojlantirish;
5) tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni shakllantirish;
6) talabaning darsdan tashqari mustaqil ishlash jarayonida to‘plangan va olingan materiallardan imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanish.

“Amaliy ingliz tili” bo‘yicha mustaqil faoliyat natijasida talaba


Amaliy ingliz tili” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.


Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, mashqlar bajaradilar.
Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari baholanadi.



Yüklə 37,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə