Annotasiya: Ushbumaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli



Yüklə 246,34 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü246,34 Kb.
#148424
1   2   3   4   5   6   7
Pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish

80


`
kursi kiritilishi mumkin. Bu kurs rivojlanishning va o‘zini o‘zi rivojlantirishning akmeologik tamoyillari, kasbiy tayyorgarlikning mexanizmlari haqidagi bilimlarni bir tizimga solishga yordam beradi.
Maxsus kurs kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy aspektlarini integrasiya qiluvchi, o‘zini o‘zi rivojlantirishning tizimli boshlanishi vazifasini bajaradi.
Ikkinchi bosqichning xususiyatlari kelgusi kasbiy faoliyatning muammoviy doirasini kengaytirish, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy faoliyatini lokal modellashtirish sharoitida ularning strategik, refleksiv malakalari shakllanadi; muammoli vaziyatlarga diqqatjamlanadi, chunki ularda malakalar faollashadi va ular faol qo‘llaniladi. Bu malakalar o‘quv va kelgusi kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi; adekvat o‘zini o‘zi baholash ko‘nikmalari shakllanadi, talabalarning individual qiziqishlari, zarurati rag‘batlantiriladi; bo‘lajak o‘qituvchilar ahamiyatli kasbiy sifatlari shakllanishi davom etadi; maxsus kurs doirasida ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetentligini takomillashtirishning ikkinchi bosqichida pedagogika va psixologiya fanlarining integrativ o‘zaro aloqasi ta’minlanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetensiyasi takomillashuvining uchinchi bosqichi o‘ziga texnologik blokni ham qamrab oladi va o‘qituvchi kasbiy-pedagogik faoliyatini modellashtirish sharoitida, ya’ni pedagogik amaliyotni o‘tash davrida amalga oshiriladi (4- kurs). Ta’lim jarayonida shakllangan tuzilmaviy komponentlar: maqsadlarni belgilash, refleksiya, ijodkorlikka alohida urg‘u beriladi va ularning voqe bo‘lishiga diqqat qaratiladi.[7:17-19]
Tashkiliy-pedagogik shartlar deganda biz muayyan metodologiyani qo‘llash samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan zarur va yetarli darajada muhim shartlar majmuini nazarda tutmoqdamiz.
Shartlarning zarurligi psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili, oliy o‘quv yurti bitiruvchisi – bo‘lajak o‘qituvchi malakasini oshirish kurslari bo‘yicha olib boriladi. Olib borilgan ilmiy- tadqiqot ishi yetarlicha malakaga ega bo‘lib, bu informatika va matematika o‘qituvchilarini kadrlar tayyorlash kurslarida akmeologik kompetentlik o‘qitish uslubini joriy etish samaradorligini ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan informatika va matematika o‘qituvchilarida akmeologik kompetentlik ta’limni amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy- pedagogik shartlar kerak:

  1. informatika va matematika o‘qituvchisi sifatida ilmiy-pedagogik motivasiya qo‘llashni aniqlash;

  2. o‘quv jarayonini pedagogik g‘oya, sayt, blog va h.k.lar, ya’ni real pedagogik loyihalar asosida ishlab chiqarilgan ishni aniqlash ko‘rinishidagi aniq mahsulotni olishga yo‘naltirilganlik;

  3. dars mashg‘ulotlarini olib borishda interfaollikdan va kreativlikni rivojlantiruvchi metodlardan, shuningdek ijodiy muhitni yaratishda dizayn – fikrlashdan foydalanish;

  4. uzluksiz o‘z ruhiy holati haqida fikr yuritish (refleksiya);

  5. o‘quv-metodik ta’minotni yaratish uchun pedagogik innovasiya va innovasion faoliyat natijasini qo‘llash.[9:19]

Xulosa.O‘qituvchining shaxsiy kasbiy faoliyatiunga turli kasbiy faoliyatlarni samarali bajarish, o‘quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish texnologiyasini xilma-xil va juda muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga imkon beradi. Bizning fikrimizcha, bo‘lajak o‘qituvchi uchun hal qiluvchi omillar quyidagilardir: ochiqlik, hamdardlik, ijodkorlik, g‘ayrat, o‘zini tuta bilish, maqsadga

Yüklə 246,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə