Pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix05.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119308
  1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT 1317




77 
 
 
 
TA’LIMNI AXBOROTLASHTIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK 
PEDAGOGLARNING AKMEOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 
MODELI
Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o’g’li 
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi 
https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7838165 
Annotasiya:
Ushbumaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning 
akmeologik kompetentligini rivojlantirish modeli,bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik 
kompetentligini takomillashtirishto’g’risidagi fikr-mulohazalar bayon qilingan. 
Kalit so’z va iboralar:
Insonparvarlik psixologiyasi, mustaqil ta’lim, zamonaviy dunyoqarash,
ijtimoiy zarurat,akmeologik kompetentlik, akmeologik pozitsiya, innovasion va raqamli, bozor 
iqtisodiyoti, Ta’lim va tarbiya, ilmiy-metodik. 
Kirish
.Dunyoda innovasion rivojlanishning global vazifalaridan biri insonlarda akmeologik 
kompetentlikni shakllantirishdir. Bunda yangi g‘oyalar ishlab chiqarish, murakkab 
jarayonlarda yechim topa bilish, kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish, oqilona tavakkalchilikka 
bo‘lgan qobiliyat, kasbiy barkamollik kabi harakatlar nazarda tutiladi. Jahon miqyosida 
pedagog kadrlarining ijodiy salohiyati, texnologik kompetentligi va kreativligini rivojlantirish, 
axborot-kommunikasiya texnologiyalari va dasturlari orqali o‘qitishning innovasion 
texnologiyalardan kompleks foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning intellektual 
resurslarini hamda ta’lim mazmuniga mos o‘qitishning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minotini 
ishlab chiqish, o‘quv materiallarini mazmunan takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. 
Mazkur zaruriyatdan kelib chiqib, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tikuvchilikka oid 
kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy didaktik vositalarini 
ishlab chiqish, elektron ta’lim resurslaridan, innovasion texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘quv-uslubiy ta’minot tizimini shakllantirish dolzarb 
vazifalardan biridir. 
Jaxonda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini 
takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va 
sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuqori malakali 
mutaxassislarni 
tayyorlash, 
talabalar 
tomonidan 
kasbiy-pedagogik 
jihatdantayyorgarliginichuqur o‘zlashtirish, yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga 
ega bo‘lishini, pedagogik, umumkasbiy va maxsus fanlarni turli bosqichlarda o‘qitishda 
uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashni taqozo etadi. 
Pedagogik kadrlarning yuksak kasbiy tayyorgarligi ko‘p jihatdan oliy ta’lim muassasalarida 
shakllantirilgan salohiyat, uning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va kasbiy tayyorgarlik 
darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan ta’lim tizimni tubdan qayta ko‘rib chiqish, 
professional bilimlarni egallash uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yangi sharoitlarda, yangi 
zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qodir mutaxassislarni tayyorlash zarurati yuzaga keldi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash, tarbiyalash mamlakatimizda bir qator islohatlarni 
chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarning 
modernizasiyalashuvi, oliy ta’lim taraqqiyoti va talabalarni tarbiyalash jarayoni bilan 
chambarchas bog‘liqdir.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir davrda kelajak avlod 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə