Pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix05.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119308
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT 1317

80 
 
 
 
5. Informatika o‘qituvchisi o‘z ish dasturida pedagogik vositalardan, amaliy dasturlarning turli 
to‘plamlaridan, elektron adabiyotlardan va boshqalardan foydalanadi, ular doimiy yangilanadi 
va yaxshilanadi.
6. Informatika o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy AKT vositalarini joriy etish 
sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ish olib boradi. 
Z.A.Artikbayeva «Malaka oshirish tizimida maktab matematika o‘qituvchilarining kasbiy-
metodik ko‘nikmalarini takomillashtirish» nomli dissertasiya ishida «Talabalarda reproduktiv 
ko‘nikmalar sifatida metodikaning amaliy masalalarini yechish, metodik muammolarni ijodiy 
anglashning tadqiqiy malakalarga o‘tish ketma-ketligi ko‘rinishi berilgan:

zarur bilimlarni egallash;

ko‘nikmalarni reproduktiv darajada shakllantirish;

faoliyatni namoyish qilish – yaxlit va elementlari bo‘yicha;

sodda variantlarda (topshiriqni sun’iy soddalashtirish, uni bo‘laklarga ajratish) 
ko‘nikmalarni mustahkamlashni tashkillashtirish; 

uzluksiz teskari aloqali mustaqil amaliyotni tashkil qilish; 

izlanuvchanlik, produktiv (mahsuldor, ijodiy) bosqichga o‘tish; 

turli xil muammoli vaziyatlarni tashkillashtirish – nostandart masalalarni yechish
voqelikni munosib modellashtirish;

o‘z faoliyatini majburiy tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish, uni jamoada 
muhokama qilish.
Muhokama (Обсуждение/Discussion).Talabalarning muayyan muammolar bo‘yicha 
individual izlanuvchan faoliyatini tashkil qilish, izlanish natijalarini referat, ma’ruza, metodik 
maqola, kurs ishi ko‘rinishida taqdim etish».[5:328] 
Shunday qilib, nafaqat informatika o‘qituvchisi, balki matematika va fizika o‘qituvchilarining 
asosiy faoliyat ob’yektlari – talabalar, pedagogik jamoaviy va zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalari hisoblanadi.
Informatika, matematika va fizika o‘qituvchisining o‘ziga hos kasbiy – shaxsiy fazilatlari 
kognitiv faollik, uzluksiz o‘z-o‘zini o‘rganish, va anglash ehtiyoji, algoritmik fikrlash, qattiq 
mehnat, tanqidiy ijodkorlik, intizom, xulq-atvor madaniyati, mehnat, «shaxs – shaxs» tizimida, 
hamda «inson – kompyuter» va «kompyuter – kompyuter» tizimlarida muloqot qilish 
qobiliyatiga egalik kabilar hisoblanadi.[6:163] 
Pedagog olima A.O.Daukeyeva “Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini 
takomillashtirish jarayoni bosqichlari”ni uch bosqichga ajratadi: 
Birinchi bosqich – kognitiv bosqich (2-kurs). Bunda bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologiya, kasbiy 
kompetentlik, kasbiy ijodkorlik, refleksiv madaniyat, o‘zini o‘zi rivojlantirish va 
takomillashtirish bo‘yicha zaruriy tasavvurlarga ega bo‘ladilar. 
Ikkinchi – ijodkorlik-refleksiv bosqichda (3-kurs) bo‘lajak o‘qituvchining akmeologik 
kompetentligi takomillashuvining tuzilmaviy komponentlari shakllanadi yoki, boshqacha 
aytganda, maqsadlarni belgilash, refleksiya, ijodkorlik shakllanadi. Kasbiy ta’limga o‘qitish 
jarayoni, o‘zini anglashning rivojlanishi davom etadi. 
Mazkur bosqichda bo‘lajak o‘qituvchi akmeologik kompetensiyasining takomillashuvi 
jarayoni umumkasbiy va maxsus fanlar tayyorgarligi mazmuni va vositalari hisobiga amalga 
oshiriladi, shuningdek, maxsus Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy shaxsiy rivojlanishi asoslari‖ 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə