Pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix05.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119308
1   2   3   4   5   6   7
ZDIFT 1317

81 
 
 
 
kursi kiritilishi mumkin. Bu kurs rivojlanishning va o‘zini o‘zi rivojlantirishning akmeologik 
tamoyillari, kasbiy tayyorgarlikning mexanizmlari haqidagi bilimlarni bir tizimga solishga 
yordam beradi.
Maxsus kurs kasbiy tayyorgarlikning nazariy va amaliy aspektlarini integrasiya qiluvchi, o‘zini 
o‘zi rivojlantirishning tizimli boshlanishi vazifasini bajaradi. 
Ikkinchi bosqichning xususiyatlari kelgusi kasbiy faoliyatning muammoviy doirasini 
kengaytirish, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy faoliyatini lokal modellashtirish sharoitida ularning 
strategik, refleksiv malakalari shakllanadi; muammoli vaziyatlarga diqqatjamlanadi, chunki 
ularda malakalar faollashadi va ular faol qo‘llaniladi. Bu malakalar o‘quv va kelgusi kasbiy 
faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi; adekvat o‘zini o‘zi baholash ko‘nikmalari 
shakllanadi, talabalarning individual qiziqishlari, zarurati rag‘batlantiriladi; bo‘lajak 
o‘qituvchilar ahamiyatli kasbiy sifatlari shakllanishi davom etadi; maxsus kurs doirasida 
ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetentligini takomillashtirishning ikkinchi bosqichida 
pedagogika va psixologiya fanlarining integrativ o‘zaro aloqasi ta’minlanadi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetensiyasi takomillashuvining uchinchi bosqichi o‘ziga 
texnologik blokni ham qamrab oladi va o‘qituvchi kasbiy-pedagogik faoliyatini 
modellashtirish sharoitida, ya’ni pedagogik amaliyotni o‘tash davrida amalga oshiriladi (4-
kurs). Ta’lim jarayonida shakllangan tuzilmaviy komponentlar: maqsadlarni belgilash, 
refleksiya, ijodkorlikka alohida urg‘u beriladi va ularning voqe bo‘lishiga diqqat 
qaratiladi.[7:17-19] 
Tashkiliy-pedagogik shartlar deganda biz muayyan metodologiyani qo‘llash samaradorligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan zarur va yetarli darajada muhim shartlar majmuini nazarda 
tutmoqdamiz.
Shartlarning zarurligi psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili, oliy o‘quv yurti bitiruvchisi – 
bo‘lajak o‘qituvchi malakasini oshirish kurslari bo‘yicha olib boriladi. Olib borilgan ilmiy-
tadqiqot ishi yetarlicha malakaga ega bo‘lib, bu informatika va matematika o‘qituvchilarini 
kadrlar tayyorlash kurslarida akmeologik kompetentlik o‘qitish uslubini joriy etish 
samaradorligini ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan informatika va matematika 
o‘qituvchilarida akmeologik kompetentlik ta’limni amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy-
pedagogik shartlar kerak:
1) informatika va matematika o‘qituvchisi sifatida ilmiy-pedagogik motivasiya qo‘llashni 
aniqlash; 
2) o‘quv jarayonini pedagogik g‘oya, sayt, blog va h.k.lar, ya’ni real pedagogik loyihalar asosida 
ishlab chiqarilgan ishni aniqlash ko‘rinishidagi aniq mahsulotni olishga yo‘naltirilganlik;
3) dars mashg‘ulotlarini olib borishda interfaollikdan va kreativlikni rivojlantiruvchi 
metodlardan, shuningdek ijodiy muhitni yaratishda dizayn – fikrlashdan foydalanish;
4) uzluksiz o‘z ruhiy holati haqida fikr yuritish (refleksiya);
5) o‘quv-metodik ta’minotni yaratish uchun pedagogik innovasiya va innovasion faoliyat 
natijasini qo‘llash.[9:19] 
Xulosa
.O‘qituvchining shaxsiy kasbiy faoliyatiunga turli kasbiy faoliyatlarni samarali bajarish, 
o‘quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish texnologiyasini xilma-xil va juda muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirishga imkon beradi. Bizning fikrimizcha, bo‘lajak o‘qituvchi uchun hal qiluvchi 
omillar quyidagilardir: ochiqlik, hamdardlik, ijodkorlik, g‘ayrat, o‘zini tuta bilish, maqsadga 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə