Arabiston yarim oroli


Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari



Yüklə 39,8 Kb.
səhifə3/4
tarix07.03.2022
ölçüsü39,8 Kb.
#84373
1   2   3   4
Arabiston yarim oroli

Janubiy Arabistonning qadimgi davlatlari 

 Arabiston yarim oroli  janubi va janubiy-g`arbida (ozirgi  Yaman Arab respublikasi va Yaman-arab demokratik respublikalari hududlari) qadimda er. avv. X-IX asrlarda  bir necha davlatlar vujudga kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari  Isil va Karnava bo’lgan  Main davlati  tashkil topgan.   Maindan janubroqda markazi  Marib shahri bo’lgan  Saba, undan janubroqda poytaxti Timna  bo’lgan Kataban, Katabandan janubroqda   Ausan davlati, sharqroqda  
markazi  Shabva  bo’lgan Xadramaut  davlatlari bor edi.    Qadimgi  Yaman  davlatlari   er.avv.   IX-VIII  asrlarda shakllana boshlaydi. Er. avv.  VI-V  asrlarda Main, Kataban, Saba va  Xadramaut   o’rtasida yetakchilik uchun kurash boshlanadi.  Saba, Kataban  va Xadramaut dastlab  Ausanga  qarshi birlashib 

kurash boshladilar. Natijada Ausan   Katabanga qo’shib olinadi. Main davlati  Kataban va  Sabaning  tazyiqiga   zo`rg`a   bardosh beradi. Er.avv.   III-I  asrlarda Kataban  Arabistondagi eng kuchli davlatlar  Saba, Xadramaut tomonidan  bo’lib olinadi. Er. avv I ming yillikda eng qudratli Saba podsholigi edi. Sabani gullab-yashnagan  davrida  uning  hududi  Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy Arabistondan Hind okeanigacha cho`zilgan.  Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin aloqalarni o’rnatadi. Er.avv. II asr oxirida  shu vaqtgacha  Kataban tarkibida   bo’lgan   poytaxti   Zafar bo’lgan yangi  Ximyarit davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Eramizning  IV asr boshlarida  Ximyarit davlati   butun  janubiy Arabistonga o’z  hukmronligini o’rnatgan.  Er.avv. 1 ming yillik o’rtalaridan eramizning I ming yillik  o’rtalarigacha  Arabiston   juda serqatnov savdo aloqalarini Yunoniston, ptolomeylar Misri,  va Rim imperiyasi bilan olib boradi. Ximyarit davlati davrida  janubiy Arabiston va Efiopiya o’rtasida urush va tinchlik munosabatlari hukm surgan. 

 Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda sun'iy sug`orishga asoslangan  dehqonchilik va   ko`chmanchi chorvachilik bilan belgilangan. Marib to`g`oni   (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr)  er.  avv    VII  asrda  qurilgan  va  o’n  uch  asr  davomida mavjud bo’lgan. G`alla, poliz ekinlari,  xurmo o`stirilib, yirik, mayda chorva mollari va tuya boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov berish, qurilish ishlari, metallarni qayta ishlash, 

kulolchilik, to`quvchilik va teriga ishlov berish yuqori darajada rivojlangan. Er. avv. I ming yillikda janubiy Arabiston 

iqtisodiyotini  tushkunlikka  uchrashiga  bir  necha omillar sabab bo’lgan. Ulardan biri   yunonlar, misrliklar va forslar bevosita Hindiston bilan aloqa  o’rnatdilar. Endilikda quruqlikdagi savdo yo’lidan ko’ra dengiz yo’li yetakchi o’rinni egalladi  Ikkinchi omil mavjud sun'iy sug`orish tizimlarini yemirilishi, iqlimni o’zgarishi bilan hosildor yerlarni sahroga aylanishi bo’ldi. Ichki va tashqi   urushlar  janubiy Arabiston davlatlarini tushkunlikka olib keldi.  

 Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti 

Er. avv. II mingyillik o’rtalaridaMina, Saba va Kataban  qabilalari  ittifoqi  shakllana  boshlaganEramizdanavvalgi   I ming yillik boshida  ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy 
tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan  yer  qishloq va shahar jamoalari qo’lida edi.  Asosiy  xo’jalik bo’g’ini  patriarxal oila  (yoki katta oilali jamoa) bo’lgan. Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi.   Qullar urushlarda asir olish   va sotib olish orqali  paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish  zaif bo’lgan.  Ilk  jamiyatlarning  paydo  bo’lishi  qabila ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy Arabiston  davlatlari   siyosiy  tuzulishini   Saba  podsholigi  misolida  ko`rish  mumkin.  Saba podsholigini  6 qabila tashkil etgan. Uning  3 tasi  qaram ahvolda edi. Har bir qabila  katta shoxobchaga, u  kichik   va yana alohida   urug`larga bo’lingan. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil qilgan   kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqsoqollar  kengashi  bo’lgan  bo’lishi mumkin.  Imtiyozli qabilalar   zodagon urug`lardan  ma'lum muddatga   (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni  saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan   bogliq koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va astrologik taqvim nazoratlarini   va yer-suvdan foydalanishni  tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini  boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan. 
Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan  olib borilgan. Ular 30 yoshdan  mansabga chiqib vakolat muddati tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan.  Er. avv.   III-II asrlargacha   Saba podsholigini  boshqaruv ishlari va   ijroiya hokimiyatiga  ega bo’lgan mansabdor shaxslar   mugarriblar bo’lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar  (qurbonliklar  keltirish,  diniy  ovqatlanish marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini 

e'lon  qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari xususiy  mulk  chegaralarini  aniqlash  va  boshqalar  kirgan.  Mugarrib   mansabi merosiy bo’lgan. Urush davrida   mugarriblar  ko`ngillilarga  boshchilik qilganlar  va vaqtinchalik  unvon-malik,  ya'ni podsho unvoniga  ega bo’lganlar.  Mugarriblar  asta-sekin o’z qo’llarida  butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er. avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga aylanganlar.  Saba  podsholigini  oliy  organi  oqsoqollar kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari kirgan.  Oqsoqollar  kengashi  sakral,  qonun chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini bajarganlar. Boshqa janubiy  arab qabilalari ham shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.  

 Qadimgi Arabiston madaniyati 

 Qadimgi Arabiston sivilizatsiyasining eng katta yutuqlaridan biri   yozuvning   alfavit tizimini yaratilishidir. Bu yozuv  farazlarga ko’ra  finikiya protosinay (Sinaydan topilgan   yozuvlarga ko’ra) alfavitlaridan kelib  chiqqan.  Shimoliy  Arabiston  aholisi nabateylar ham oromiy yozuvlariga o’xshash  o’z  alfavitlarini yaratadilar.  Monumental   me'morchilik  sohasida  katta yutuqlarga  erishilgan.  Marib,  Timna,  Shabva  va  Karnava  shaharlari xarobalariga ko’ra,  shaharlar to’g`ri to’rt burchak shaklida qurilib, balandligi 10-12 metrli tosh devorlar bilan o’rab olingan. Shahar devorlarida  kvadrat  shaklida  minoralar  bunyod qilingan.  Petra shahri  qoyatosh  bag’rida bunyod qilinib,  uning  inshootlari  qoyalarda  qurilgan. Alebaster,  jez  va  loydan  haykallar  yasalgan. Hayvonlar (ho`kiz, tuya, ot) tasviri dinamik va ifodali tasvirlangan.  Arabiston yarim oroli dini  politeistik  xarakterda bo’lgan. Janubiy Arabistonda  bosh xudo Astar bo’lgan. Saba qabilalarida Almakaxon oy xudosi hisoblanib,  unga ho`kiz qurbonlik keltirilgan. Osmon, quyosh va bir necha sayyoralarga ham e'tiqod qilingan. Nabateylar    Ilaxu yoki Alloh («xudo»),  Dusharg (chaqmoq xudosi, dunyo boshqaruvchisi)ga  sig’inganlar.  




Yüklə 39,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə