Arabiston yarim oroli


Qadimgi Arabiston tarixi  manbalari va tarixshunosligi



Yüklə 39,8 Kb.
səhifə2/4
tarix07.03.2022
ölçüsü39,8 Kb.
#84373
1   2   3   4
Arabiston yarim oroli

Qadimgi Arabiston tarixi  manbalari va tarixshunosligi

Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid  manbalar  to’rt asosiy qismdan iborat:  epigrafik ma'lumotlar,  ashyoviy yodgorliklar, yozma manbalar,antik  mualliflar ma'lumotlari. Janubiy  Arabistonning    tosh, jez, sopolga yozilgan va o’z mazmuniga ko’ra, ikki guruhga bo’linadigan   davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning harbiy va   ichki siyosatiga oid yozuvlari)  va xususiy  huquqiy  qabrtosh lavhalari, sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan  2500 tasi saqlanib qolgan. Arxeologik  qazishlar  bizga  boy  ma'lumotlar beradi. Sana podsholigining    bosh shahri Marib xarobalari (Yaman Arab respublikasi poytaxti Sanaga yaqin joy)  o’rganilgan. Shaharda  saroy qoldiqlari, devorlar,  haykallar topilgan.  Shaharning g`arbidagiulkan Marib to`g`oni   qoldiqlari  kishini hayratga qoldiradi.   Kataban   poytaxti   Timna   shahriniibodatxonalari,   nekropol,  qal'a  qoldiqlari  qazibochilgan.   Nabatey   podsholigi  poytaxti  Petrashahrida me'morchilik inshootlari,  haykallar topilgan.Bundan  tashqari,  Arabiston  va   arablarto’g`risidagi  qisqa ma'lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari   va   bibliyada uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning   «Tarix» asarida, Feofrastning  (er.avv.  IV  asr) «O`simliklar tarixi», Diodorning   (er.avv.   I asr) «Tarixiy kutubxona»  va     Strabonning  (er.avv.  I  asr)   «Geografiya» kabi asarlarida   qadimgi Arabiston 

to’g`risida qator  ma'lumotlar bor.  Arabiston tarixi    XIX  asrdan  o’rganila boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar o’rganildi.   XX  asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda  Arabiston xalqlarining  geografiyasi,  madaniyati,  dini  va  xronologiyasiga   bag`ishlangan  qator   tadqiqotlar  e'lon qilindi.  Shimoliy  Arabiston  qabilalari  qadimgi mashg`ulotlari  Shimoliy  Arabiston,  Suriya  va  Mesopotamiya cho`llarini   qamrab  olgan keng hududda  chorvachilik bo’lib,  it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan.   Bu   hududda  yashagan  urug`  va  qabilalar, qabilalar ittifoqi va kichik  davlat birlashmalarini shakllantirganlar.   Ularni  hokimlari   Osuriya 
hujjatlarida  «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat birlashmalari   sekin-asta   harbiy san'atni   va qo’shinlarni  shakllantiradilar.  Jangchilar tuyaga  ikki kishidan minib,   jang qilganlar. Arablar o’zlarining  kuchli  qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`ining   kichik davlatlari  va  Osuriya  bilan  xalqaro ziddiyatlarga  tortilganlar. Er.avv.  IX  asr o’rtalarida er. avv. 853-yilda Karkara yonidagi  bo’lgan jangda osuriyaliklar arablar ham kirgan   koalitsiya qo’shinlarini   tor-mor keltiradilar.   Arablar   Osuriyaning   Misrga qarshi  yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha arab qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundiriladi. Arablar  Osuriyaning raqiblari  Misr va Bobil bilan ittifoq tuzadilar. Osuriya er. avv.  VII  asrning 40 yillarida  arab qabilalarini   to’liq 

bo`ysundirishga   erishadi.  Yangi Bobil podsholigi ham  Arabiston yarim orolida   o`rnashib olishga uringan. Bobil podshosi  Nabonid  shimoliy  Arabistonning   bosh  markazlaridan  biri   Teymuni bo1ysundirib,   uni   o’z qarorgohiga aylantiradi,    bir necha  qo’shni arab qabilalarining  shahar va vodiylarini o’ziga bo`ysundiradi. Er.avv VI asrda Eron davlatining qudratini  kuchayishi va  uning bosqinchilik  yurishlarini  rejasi  Arabiston  yarim orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan aloqa o’rnatishiga olib keladi. Shartnoma bo`yicha  fors podshosi  Kambiz  er.avv. 525-yil Misrga yurish vaqtida arab  nabateylari  yeridan  o’tish huquqini  va 


sahroda  o’tish davrida  ulardan  fors qo’shinlarini  suv bilan ta'minlashga roziligini oladi. Arab qabilalari  axmoniylar     Eroniga  bir yilda ming  talant (30 t.) miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar davrida  fors qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular  yunon – fors urushlari davrida  (er. avv. IV asr) Gazo shahri uchun   jangda yunon-makedon qo’shinlariga  qattiq qarshilik ko’rsatganlar.  Iskandarning Misrga yurishi  davrida  arab  qabilalarining  ko’pchiligi   yunonmakedonlarga  bo’ysunmaydi Shu  sababli Iskandar  sharqqa  yurishini  tugatgach,   unga bo`ysunganliklarini   bildirib,  elchi  yubormagan arablarga qarshi  yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar 

Rim davlati bilan ham  aloqada bo’lganlar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga urinadilar va Nabatey avlatini bosib oladilar.    

 


Yüklə 39,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə