Arifmetik amallarni o'rgatishning umumiy masalalari reja



Yüklə 318 Kb.
səhifə4/9
tarix28.09.2023
ölçüsü318 Kb.
#124626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arifmetik amallarni o\'rgatishning umumiy masalalari reja

“Aqliy hujum” texnologiyasini qo’llash bir muammoni hal qilish yo’lidan turlicha va iloji boricha ko’proq taklif, fikr – mulohazalarni yig’ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo’llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo’ladi. O’qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig’ish mumkin.
“Quyidagi shaklda nechta to’rt burchak bor?”
























Bunda takliflar to’rtburchaklar sonini sanash usuliga oid bo’lib, ularning sonini to’g’ridan – to’g’ri aytish talab qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to’rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig’iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini topish yo’li so’raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo’yicha yig’indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo’lib hal qilishi ham o’quvchilarni o’zaro fikr almashishga, bir – birini to’ldirishi, kerak bo’lsa bir – biriga o’rgatishga o’rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi. O’qituvchi o’quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo’lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo’lishi maqsadga muvofiqroqdir.

Yüklə 318 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə