2. Arifmetik amallarni orgatishda amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Interfaol metod - talim jarayonida oquvchilar hamda oqituvchi ortasidadagi faollikni oshirish orqali oquvchilarning bilimlarni ozlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qollash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol talimning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar otkazish, oquv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,oquvchilar tashabbus korsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bolib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bolib, ular talim tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda oziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda talim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yonalishlardan biri interfaol talim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan oqituvchilari shu jumladan boshlangich sinf oqituvchilari ham dars mashgulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng kolamda foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qollash natijasida oquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, soglom muloqot, munozara, bahs olib borish konikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, oqituvchi va oquvchilar orasida ozaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni oquvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali organadi, qoyilgan maqsadga mustaqil ozi darsda oquvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,yani ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi ozi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan oquvchilar talim jarayoniga ozlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Boshlangich sinflarda qollanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:
Oquvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qollanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bolib, ularning hammasi ham boshlangich talimda qollash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf oquvchisining oqish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq oquvchi oqishi boladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va koproq uzluksiz talim tizimining orta va yuqori boginlariga moljallangan bolib, boshlangich sinflarda qollash tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qollash mumkin bolganlari haqida soz yuritamiz.
Interfaol metod sinfda otiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda Aqliy hujum, Adashgan zanjirlar, Savol bering, Insert, BBB, Bahs munozara, Muammoli savollar, Kichik guruhlarda ishlash, Burchaklar metodi, Kubiklar metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |