Arifmetik amallarni o'rgatishning umumiy masalalari reja



Yüklə 318 Kb.
səhifə5/9
tarix28.09.2023
ölçüsü318 Kb.
#124626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arifmetik amallarni o\'rgatishning umumiy masalalari reja

“Adashgan zanjirlar” usuli boshlang’ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni tiklash uchun qo’llanadi. Bunda o’qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo’yadi. O’quvchilar tartibsiz joylashgan so’zlarga mantiqiy bog’langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo’llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.
O’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qo’llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash muammolariga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etishda alohida o’rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to’liq taxlil qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o’tgan holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongi mustahkamlash va to’plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo’lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;
-pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur xislat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi;
- pedagogik texnologiya nazariyaning yaratilishi uchun "g’isht qo’yishning" asosiy davri pedagogiktexnologiyaning boshlang’ich "hujayrasi"ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o’ziga xos tushuncha va kategoriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o’zgarish, texnologik vosita hamda texno-pedagogik o’zaro ta’sir bilan bog’liqdir.

Yüklə 318 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə