Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


 Neftli yо‘ldosh gazlarni tayyorlash qurilmasi



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə28/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org

3.7. Neftli yо‘ldosh gazlarni tayyorlash qurilmasi 

Neft quduqlarida neft bilan birgalikda yо‘ldosh gazlar qazib olinadi. Bu 


yо‘ldosh gaz neft bilan birgalikda qazib olingan gaz bо‘lib, neftning tarkibidagi
erigan gaz, gaz dо‘ppisidagi gaz va gazlift davrida qatlamga haydalgan 
gazlardir. Har xil konlardan qazib olingan neft gazlari miqdorining va о‘zining
sifat kо‘rsatgichining bir xil emasligi bilan tavsiflanadi (3.8-jadval). 
Neft gazi-gazsimon va bug‘simon uglevodorodlarning aralashmasi bо‘lib,
qatlam neftlarini gazsizlantirish davrida ajralib chiqadi. Metan, etan va etilen 
normal sharoitda (R=0.1 MPa bosimda va T=273ºK) real gaz hisoblanаdi.
Propan, propilen, izobutan, normal butanlar atmosfera sharoitida bug‘simon 
(gazsimon) holatda, yuqori bosimda esa suyuq holatda bо‘ladi. Bu gazlar suyuq
(siqiladigan va suyuqlikka aylanadigan) uglevodorod gazlarning tarkibiga kiradi. 
Uglevodorodlar atmosfera sharoitida bо‘lganda izobutandan boshlab suyuq
holatda bо‘ladi hamda ular benzin fraksiyalari tarkibiga kiradi. Neft bilan 
birgalikda qazib olinadigan gazlar quruq gazning, propan–butan fraksiyasining
(suyultirilgan gaz) va gazli benzinning fizik aralashmasi hisoblanadi. 

64
Neftgazning tabiiy gazdan ajralib turadigan umumiy xususiyati–uning tarkibida 


qimmatli etan, propan va pentan uglevodorodlarning mavjudligidir.


Neftni tayyorlash jarayonida neftni ajratish qurilmasining tugunida 
neftdan har xil bosim kattaligida yо‘ldosh gazlar ajratib olinadi va utilizatsiya
qilinishiga beriladi. Bu gazlarni mash’alada yoqish ilojsiz bо‘lgan chora 
hisoblanadi hamda ekologik muhitni yomonlashtiradi.
Neftni tayyorlash qurilmasida neft gazlarini yig‘ish, siqish va tayyorlash 
natijasida tovar gazning chiqishi kо‘payadi va ekologik holat yaxshilanadi.
NQT ajratgichlardan va tindirgichlardan chiqqan yо‘ldosh gazlarni 
siqishda va tayyorlashda 0.55 MPa va 5.7 MPa bosim beriladi, gaz esa TIA
(texnik- iqtisodiy asoslangandan) keyin 0.55 MPa dan past bosim bilan
utilizatsiya qilinadi.
Suyuqlik fazasini kondensatsiya bо‘lishini oldin olish uchun gaz kon 
texnologik jarayonlaridan foydalaniladi, neftni qayta ishlashda xom - ashyo
hisoblangan og‘ir uglevodorodlarning katta qismi va namligi ajratib olinadi. 
Birinchi navbatda bunday jarayonlarga massa almashish, issiqlik almashish,
ajratish, absorbsiya, kondensatsiya va boshqalar kiradi. 
Gaz uzatmalar orqali gaz tashiladigan bо‘lsa, gaz uzatmaning ish rejimiga
moyil keladigan bosimda va haroratda suv va uglevodorodlar suyuqlikka 
aylanmasligi kerak.
Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) nam gazning tarkibidan 
suyuqlik tomchilarini va mexanik aralashmalarni ajratib olish uchun
mо‘ljallangan bо‘ladi va quritish talab qilingan shudring nuqtasigacha olib boriladi. 
GKTQning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- gazni past haroratli ajratish qurilmasi (GPHAQ); 
- kondensatni tayyorlash qurilmasi (KTQ);
- dietilenglikolli olovli regeneratsii qurilmasi (DORQ -UORD); 
- mash’ala xо‘jaligi;
- gazni о‘lchash tuguni. 

65




Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə