Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


 Neft gazlaridan suyultirilgan uglevodorodlarni ishlab chiqarishni



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə25/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org

3.6. Neft gazlaridan suyultirilgan uglevodorodlarni ishlab chiqarishni 

tadqiqotlash 

Neft konlaridagi "xom" neft quvur uzatmalar orqali haydalganda 


barqarorlashadi. Neftning barqarorlashish jarayonida uning tarkibidan yengil
uglevodorodlar - yо‘ldosh gazlar ajralib chiqadi. Yо‘ldosh gaz suyultirilgan neft 
gazini olishning eng qimmat xom ashyosi hisoblanadi.
Neftni qazib olishda yо‘ldosh gazni ajratib olish va qayta ishlash hamda 
suyultirilgan neft gazini olishning eng sodda texnologiyasi 3.8-rasmda keltirilgan.
Quduqdan (1) keladigan neft yog‘li gaz bilan birgalikda ajratgichga (2) kirib 
keladi. Neftning tarkibidagi yog‘li gaz ajratiladi va yuqoridagi shtutser orqali
chiqariladi, neft esa о‘rta qismidagi shtutser orqali rezervuarga yо‘naltiriladi. Yog‘li 
gaz ajratgich orqali gazni qayta ishlaydigan qurilmaga yо‘naltiriladi, u yerda
absorbsiya usulida yengil siqiladigan gazlar ajratib olinadi. Undan keyin siqiladigan 
gaz absorbentlardan ajratiladi va alohida uglevodorodlarning fraksiyalariga ajratish
uchun ajratgichga beriladi. 
Yо‘ldosh gazning tarkibidan suyultirilgan gazni absorbsiya usulida ajratib
olishdan tashqari past haroratdagi texnologiya asosida ham ajratib olinadi. Yо‘ldosh 
gazlar gazni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanganda quruq gaz va uning
tarkibidan metan, etan va qisman propan, etan tarkibli fraksiyalar hamda 
suyultirilgan gazlar olinadi: propan, butan, izobutan va avtobenzol - barqaror gazli
benzinning komponentlari mavjud bо‘ladi. 
Neft konlaridagi yо‘ldosh gazning tarkibi gaz va gaz kondensat
konlarining tabiiy gazlari bilan taqqoslash ma’lumotlari quyida keltirilgan (3.5-
jadval).


55
Ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, yо‘ldosh gazning tarkibi konlar 


kesimida о‘rganilganda bir-biridan katta qiymatda farq qiladi hamda konlarning


turiga va qazib olish shartlariga bog‘liq bо‘ladi, i-suyultirilgan gazlar faqat 
yо‘ldosh gazlardan olinmasdan gazkondensat konlaridan ham olinadi.
Gazkondensat konlaridagi gazlar yuqori bosim ta’sirida ishlanganda (100-600 
kgs/sm
2

) neftning ba’zi bir komponentlarga suyuqlik о‘tadi. Bosimning qiymati 40-


80 kgs/sm


2
ga pasaytirilganda gazni kondensatsiyalash natijasida undan 

kondensat ajralib chiqadi. Bu kondensatning tarkibida benzin va suyultirilgan


gazlarning og‘ir uglevodorodlarning komponenti mavjud bо‘ladi. 
Neftni tayyorlash jarayonidan ma’lumki, neft kо‘targichlar orqali
yuqoriga kо‘tarilganda yо‘ldosh gazning bir qismi suyuqlik holatida neftning 
tarkibida qoladi. Erigan gazning miqdori va uning tarkibi kо‘targichning rejimiga,
bosimiga va haroratiga bog‘liq bо‘ladi. 
Neftning tarkibidagi gazlar neft kon qurilmalariga qayta; barqarorlashtirish
uchun beriladi va qolgan metan, butan fraksiyalari qо‘shimcha ravishda olinadi. 
Suyultirilgan neft gazining yarmidan kо‘p qismi neftni qayta ishlash zavodlarida
qayta ishlash jarayonida olinadi. Zavodda neftni qayta ishlash natijasida olingan 
gazning tarkibi har bir jarayon uchun quyidagi tasnifga ega bо‘ladi (3.6-jadval).
Termik kreking jarayonida katta miqdordagi olifenlar olinadi. Katalitik 
jarayonda tarkibidagi katta miqdordagi izobutanlar, piroliz jarayonida esa kо‘p
miqdorda etilen va vodorod olinadi. 
Gazni fraksiyalarga ajratish qurilmalarida neftning tarkibidan zavodlarda
ajratib olinadigan gazning komponentlariga - gaz, propan -propilen, butan - 
butilen fraksiyalari kiradi.
Shuning uchun suyultirilgan neft gazining tarkibi ishlab chiqarish usuliga 
bog‘liq bо‘ladi. Yо‘ldosh gazlar gazni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlanganda
chegaraviy uglevodorodlarga (propan-butan) ega bо‘ladi va eng sо‘nggi holatda 
chegaraviy uglevodorodning (propan-butan) kichik bо‘lgan miqdoriga ega bо‘ladi.


56
Neftni qayta ishlash zavodlarida neft gazidan olingan suyultirilgan gazning 


tarkibidagi chegaraviy uglevodorodlarning miqdori propilen va butilen keskin


oshadi.

Propanni va undan yuqori bо‘lgam uglevodorodlarni olish qurilmasi. 
Suyultirilgan neft gazlarini olishda Joul-Tomson samarasidan foydalanish 
sxemasi quyida keltirilgan.


Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə