Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə1/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org


Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими

1

Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги 



Қарши муҳандислик - иқтисодиёт институти 

Магистратура бўлими 

Қўлёзма ҳуқуқида 

УДК 622.24 

Бозоров Улуғбек Суюн ўғли 

Суюлтирилган нефть газларни ишлаб чиқаришни тадқиқот 



қилиш (“Шўртаннефтгаз” УШК мисолида)” 

Мутахассислик: 5А311901-Нефть ва газ конларини ишга 

тушириш ва улардан фойдаланиш 

Магистр академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация 

Илмий раҳбар: доц.

___________ Т.Р. Юлдашев

«__» _______ 2015
Карши – 2015 


2


Kirish 


Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Respublikamizda iqtisodiyotni
tub tarkibiy о‘zgarishlarini amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya 
jarayonlarini izchil davom ettirish, neftgaz sanoatida ishlab chiqarishni moddiy
– texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital 
ta’mirlash va jihozlash bо‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi bugungi
kunda о‘z tasdig‘ini topgan. Endigi navbatda sohalar bо‘yicha sifatli kadrlarni 
tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqaro talablar meyorlariga javob
beraolishligi tо‘g‘risidagi fikrlarni о‘z ma’ruzasida keltirdi. 2015 yilga 
mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga
bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bо‘yicha bir 
qator masalalar tо‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berildi [1].
Neft va gaz muhim kimyoviy xom ashyo bо‘lib, hozirgi zamon sanoati va 
energetikasi barcha turlarida uning mahsulotlaridan eng kо‘p miqdorda
foydalaniladi. Respublikamiz mustaqilligidan sо‘ng, barcha sohalar qatorida neft 
va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berildi, tо‘liq yoqilg‘i ta’minoti
mustaqilligiga erishildi. 
Yuqoridagi masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish uchun tabiiy
gazni gidravlik rejimiga va tashish texnologiyasiga rioya qilish, gaz transport 
tizimini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gazni
taqsimlash tizimlarida tabiiy gazdan foydalanishni tejamkorligini ta’minlash, 
avtomashtirilgan gazni о‘lchashni tadbiq qilish zarurdir.
О‘zbekiston Respublikasida tarmoqni jadal rivojlanishida “Shо‘rtan gaz 
kimyo majmuasi”, “Shо‘rtanneftgaz” UShK, “Muborakneftgaz” UShK,
“О‘zgeoburg‘ineftgaz” AK va “Neftgazqazibchiqarish” AKning о‘z о‘rni bordir. 
Hozirgi vaqtda “Shо‘rtanneftgaz” UShKda Shimoliy Shо‘rtan konidagi
neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish va “Shо‘rtan” konidagi gaz 
quduqlarining gazlarini gazsizlantirish ishlari olib borilmoqda.


3
Past bosimli gaz konlardan gazni yig‘ish va foydalanishga qaytadan 


tiklash uchun quvurlar, quvurlarning armaturalari, ikki pog‘onali kompressor


stansiyasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun GTS-larni qurish 
talab qilinadi.
“О‘zbekneftgaz” MXKsi tomonidan: birinchi bosqichda “Shimoliy 
Shо‘rtan”, “Shakarbuloq” konlariga alohida SKSsi va bosh inshootga
“G‘armiston” va “Qumchuq” konlaridan “Shimoliy Shо‘rtan” konidagi 
SKSgacha gaz kollektorlarini montaj qilish ishlari amalga oshirilgan.
Ikkinchi bosqichda “G‘armiston” va “Qumchuq” konlaridagi yо‘ldosh 
gazlarning hajmini oshirish uchun har xil konda alohida SKSni kо‘rish masalasi
kо‘rib chiqilgan.
Hozirgi vaqtda neft va gaz xom ashyolarini qazib olish va yangi konlarni
ochish bilan dunyoda kо‘pgina yirik kompaniya shug‘ullanmoqda. Qazib 
olinadigan neftning tarkibida yengil uglevodorodlar mavjud bо‘lib, undan
samarali foydalanishda bu fraksiyalarni yо‘qotilishini bartaraf qilish yо‘llarini 
о‘rganishda chet davlatlarda va respublikamizda bir qator ishlar amalga
oshirilgan va davom ettirilmoqda. Shu jumladan mash’alaga dunyo bо‘yicha 
170 mlrd. m
3
dan kо‘p gaz atmosferaga yoqib chiqarilmoqda hamda ekologiya 

katta zarar keltirilmoqda. Bir yilda О‘zbekiston Respublikasi konlaridan


atmosferaga chiqariladigan gazlar umumiy qazib olinadigan kо‘rsatgichga 
nisbatan 3% ni tashkil qilsa bu katta boylik demakdir.
Yо‘ldosh neft gazlaridan qayta ishlash orqali foydalanish va utilizatsiya 
qilish holati dolzarb muammolardan biri ekanligi dissertatsiya ishining asosiy
ilmiy mazmunini tashkil qiladi. 



Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə