Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


I bob. Neft gazlaridan foydalanish va uni ishlab chiqarish texnologiyasini



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə4/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org

I bob. Neft gazlaridan foydalanish va uni ishlab chiqarish texnologiyasini 


tahlili 

1.1. Yengil uglevodorodlarni utilizatsiya qilish jarayonidagi muammolarni 

tahlili 

Neftning


yengil

uglevodorodlaridan


samarali 
foydalanishda
bu

fraksiyalarni yo‘qotilishini bartaraf qilish neft sanoati xodimlarini diqqatini


o‘ziga tortadi hamda uglevodorodlarni sintez qilish va belgilangan jarayon 
asosida keng gammali qimmat bo‘lgan sintetik materiallarni (spirt, kauchuk,
plastmassa) olishning bir qator ilmiy va amaliy masalalarini muvaffaqiyatli 
yechish masalalari so‘nggi o‘n yillikda jadal o‘rganilmoqda. Neftkimyo
sanoatining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq holda mustahkam tejamkor xom-
ashyo bazasini yaratishda neft va gazdagi yengil uglevodorodlarning
yo‘qotilishini oldini olish va tiklash muhim masala hisoblanadi. 
Birinchi o‘rinda bu masalani xalq xo‘jaligi uchun iqtisodiy mohiyatini
ko‘rib chiqish zarur hisoblanadi. Ishlab chiqarishda chiqindilarni yo‘qotilishi 
texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bog‘liqdir. Sanoatda
organik sintez qilish paydo bo‘lishigacha neft va gazni qayta ishlashda ajralib 
chiqadigan yengil uglevodorodlar kerakmas deb hisoblangan, ikkilamchi
mahsulotlar yoqib yo‘qotilgan. Sanoatning rivojlanishi bilan bunday 
“tashlanmalar” maqsadli mahsulotlarni olishda qimmat baho xom-ashyo
hisoblangan va umumiy ishlab chiqarish xarajatlari keskin kamaytirilgan. Ishlab 
chiqarishda tashlanmalardan foydalanishdagi tejamkorlik chiqindilarni o‘zidan
olinadigan tejamkorlikdan farqlash va bu chiqindilarni minimum darajasiga 
yetkazish zurur bo‘lib qoldi. Bu holatdan kelib chiqib, neftni bug‘lanishi
natijasida yo‘qotiladigan uglevodorodlarga baho berish kerak.
Xalq xo‘jaligidagi yo‘qotilishlarni qisqartirish va ulardan xom-ashyo
sifatida to‘liq foydalanishda takomillashgan yangi texnika va texnologiyalarni 
ishlab chiqish mehnatni unumdorligini ta’minlaydi.


7
Hozirgi vaqtda ham neftni yig‘ish obektlarini texnik jihozlashda 


germetiklash va takomillashtirish choralarining yetarli bo‘lmaganligi uchun


neftni yig‘ishda, tashishda va saqlashda, ba’zida neftni kon sharoitida va 
zavodlarda tayyorlashda yengil uglevodorodlarni yo‘qotilishi chegaraviy
qiymatlardan oshib ketmoqda. Neft asosan o‘lchash joylarida bug‘lanishga 
yo‘qotiladi va u yerda germetik bo‘lmagan o‘lchagichlarni (naporsiz tizimda
neftni yig‘ish), qo‘yishda, yig‘uv punktlarida, rezervuarlarda saqlashda, neft 
konlarining tovar parklarida, tovar-tashish boshqarmasida va neftni qayta ishlash
zavodlarida sodir bo‘lmoqda. Yo‘qotilishlarni bartaraf etiladigan va bartaraf 
etilmaydigan holatda qarash mumkin. Bartaraf qilib bo‘lmaydigan yo‘qotilishlar
neft kon korxonalarining texnik jihozlanishiga bog‘liq bo‘ladi va unda yangi 
texnologiyalarni va texnikalarni qo‘llash yoki takomillashtirish asosida (neftni
harakatlanishida germetiklash yo‘li orqali bosimli va yuqori bosimli yig‘ish 
tizimiga o‘tish, rezervuar parklarini to‘liq germetikligini ta’minlash va
atmosferaga tashlanadigan uglevodorodlarni to‘liq ushlash, neftni oqib 
chiqishlar sonini kamaytirish va boshqalar) qisqartirishga erishiladi.
Bartaraf qilinadigan yo‘qotilishlarga xo‘jasizlik, texnikadan foydalanila
olmaslik, kon jihozlarini ishlatishda va saqlab turishda elementar buzilishlarga
yo‘l qo‘yishlar tashkiliy-texnik tadbirlarni qo‘llash orqali bartaraf qilinadi. 
Yegil fraksiyalarni yo‘qotilishini bartaraf qilishda neft va gazni yig‘ishni
ratsional sxemasini tadbiq qilish hamda neftni saqlash va tashishda 
barqarorlashtirish uchun obektlardan smarali foydalanish talab qilinadi.


Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə