Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə9/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org

1.2.– rasm. Neftni yig‘ish va tashish tizimi: 
1-quduq; 2-otma chiziq; 3-yig‘uv kollektori; 4-gaz yig‘uv kollektori; 5-neft 
yig‘uv kollektori; 6-suv uzatmasi; AGO‘Q-avtomatik guruhli qurilmasi; SNS-
siquv nasos stansiyasi; KTQ-kompleks tayyorlash qurilmasi; GQIZ-gazni qayta 
ishlash zavodi; SUG-suyultirilgan uglevodorod gazi; KFEU-keng fraksiyali
uglevodorodlar; STQ-suvni tashlash qurilmasi; RP-rezervuar parki. 
Bu bosqichda neftning bosimi quduqning ustida 1,0...1,5 MPa bosimdan 

SKSsining kirishida 0,7 MPa gacha pasaytiriladi. SKSsida birinchi bosqichdagi


ajratish 0,3 MPa bosimgacha olib boriladi. Ajratilgan gaz o‘zining bosimi ostida 
gazni yig‘ish kolektori (4) orqali gazni qayta ishlash zavodlariga (GQIZ)
yo‘naltiriladi. Gazga to‘yingan neft va suv neftni yig‘uv kollektorlari (5) orqali 
nasoslar yordamida markaziy yig‘uv punktiga (MYP) haydaydi va u yerda neft
eng so‘nggi barqarorlashtirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonidan 
o‘tkaziladi.
Tovar neft tovar rezervuar parkida yig‘iladi. Suv quvur uzatma orqali 
suvni tayyorlash qurilmasiga (STQ) beriladi va qatlam bosimini saqlash uchun


17
qatlamga haydaladi. Gaz GQIZga kirib keladi va u yerda og‘ir uglevodorodlar 


va quruq gaz ajratib olinadi hamda kompressor yordamida magistral gaz


uzatmasiga beriladi. Suyuqlik qismi suyultirilgan uglevodorod gazlariga va keng 
fraksiyali yengil uglevodorodlarga ajratiladi, magistral neft mahsulotlari
uzatmasiga yoki temir yo‘l orqali iste’molchilarga yo‘naltiriladi. 
Neftni zamonaviy yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimlariga quyidagi
asosiy talablar qo‘yiladi: yuqori tejamkor metall sarfi, kapital qo‘yilmalarning 
bahosi va ishlatish sarflari; neftni va gazni quduqdan to tayyorlash punktigacha
yig‘ish tizimlarining to‘liq germetikligini ta’minlanishi; kompleksdagi hamma 
inshootlarning qurilishini tugallanishi bilan konni ishlatishga topshirish;
obektlarni kamligi va ishlatishni ishonchliligi; obektni to‘liq avtomatlashtirilishi 
va
telemexanizatsiyalashtirish; 

avtomobil


yo‘llarining 
uzunligini
qisqartirishning imkoniyati; xizmat transportlarining xarajatlarini kamaytirish; 
ishlayotgan xodimlarning sonini kamaytirish; neft bilan birgalikda qazib
olinadigan neft gazlarining resurslaridan to‘liq foydalanish va h.k [29]. 
Bu talablar asosida neftni, gazni va qatlam suvlarin yig‘ish, tashish va
tayyorlashning kon tizimlarini bir-biri bilan birlik texnologik jarayonlarda 
bog‘langan kon tizimlarining neft qazib olish rayonlari tashkil etilishi kerak.
Bu masalalarni hal qilish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinadi: 
- qatlamning energiyasidan yoki nasos orqali hosil qilinadigan
energiyadan quduq mahsulotlarini markaziy yig‘uv punktlarigacha yoki siquv 
kompressor nasos-ajratish qurilmasigacha tashishda maksimal foydalanish;
- neft va gazni quduqdan ajratish qurilmasigacha yoki markaziy yig‘uv 
punktigacha tashishda bir quvurli tizimdan foydalanish;
- ko‘p bosqichli ajratishni qo‘llash keyin esa gazni birinchi bosqichda 
ajratish va tashishda gazga to‘yingan neftni yig‘ish hamda tashish
punktlarigacha kompressorsiz tashishda neft kon xo‘jaligida kompressor 
stansiyasini, kichik yig‘uv punktlarni va qator boshqa texnologik obektlarni
to‘liq chiqarish; 

18



I bob bо‘yicha xulosa 

“Shо‘rtanneftgaz” UShKda gazlarni tozalash uchun seolitli oltingugurt 


tozalovchi reaksiya bloklari ASO-1 va ASO-2 aminli oltingugurtdan tozalovchi
qurilmalarni qо‘llanish tartibi va ishlatish prinsipi о‘rganilgan. ASO-2 qurilmasi 
1992 yili ishga qо‘shilgan bо‘lib , loyihaviy quvvati 2 mlrd. m
3
/yil ga teng gazni 

tozalaydi. Qurilmada gazlarni regeneratsiya qilib tozalash uchun K-1 kolonnasi


adsorberdagi suvni dietanolamin eritmasini 30% li kontaktidan foydalaniladi va 
K-2 da desorberda eritma qaytadan regeneratsiya qilinib tiklanadi. K-1 kolonna
aminli oltingugurt tozalagich 28 ta turli likopchalardan tashkil topgan. 
Neftning tarkibida yengil uglevodorodlar mavjud bо‘lib, undan samarali
foydalanishda bu fraksiyalarni yо‘qotilishini bartaraf qilish yо‘llarini 
о‘rganishda chet el va respublikamizda olib borilayotgan ishlarni о‘rganish
hamda tahlil qilish bо‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Uglevodorodlarni sintez 
qilish va belgilangan jarayon asosida keng gammali qimmat bо‘lgan sintetik
materiallarni (spirt, kauchuk, plastmassa) olishning bir qator ilmiy va amaliy 
muammolarni muvaffaqiyatli yechish masalalari sо‘nggi о‘n yillikda
respublikamizning “Shо‘rtanneftgaz” UShK va “Muborakneftgaz” UShK 
korxonalarining konlarida jadal о‘rganilmoqda. Neftkimyo sanoatining jadal
rivojlanishi bilan bog‘liq holda mustahkam tejamkor xom-ashyo bazasini 
yaratishda neft va gazdagi yengil uglevodorodlarning yо‘qotilishini oldini olish
va tiklash muhim masalalardan hisoblanadi. 
Birinchi о‘rinda bu masalani xalq xо‘jaligi uchun iqtisodiy mohiyatini
kо‘rib chiqish zarur hisoblanadi. Ishlab chiqarishda chiqindilarni yо‘qotilishi 
texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning о‘sishi bilan bog‘liqdir. Sanoatda
organik sintez qilish paydo bо‘lishigacha neft va gazni qayta ishlashda ajralib 
chiqadigan yengil uglevodorodlar kerakmas deb hisoblangan, ikkilamchi
mahsulotlar yoqib yо‘qotilgan. Sanoatning rivojlanishi bilan bunday 
“tashlanmalar” maqsadli mahsulotlarni olishda qimmat baho xom-ashyo
hisoblangan va umumiy ishlab chiqarish xarajatlari keskin kamaytiradi. 

19




Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə