Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти Магистратура бўлими


 Xalq xo‘jaligida neft va gazdan foydalanish



Yüklə 196,54 Kb.
səhifə12/30
tarix10.11.2023
ölçüsü196,54 Kb.
#132756
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қар-fayllar.org

2.3. Xalq xo‘jaligida neft va gazdan foydalanish 
Hozirgi kunda xalq xo‘jaligida tabiiy gazning 58,4% ichki ehtiyoj uchun, 

6,5% yer osti omborlariga, 12,5% saykling jarayoniga va 22,5% eksportga


jo‘natiladi. 
Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda hosil bo‘lgan
moddalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydash natijasida olingan past oktanli benzinlar, 
shuningdek benzol, toluol va shu kabilarni olishda chiqadigan qo‘shimcha
moddalar asosiy xom-ashyo sifatida foydalanilmoqda. Neft xom-ashyosi neft 
gazi yoki suyuq neft mahsulotlari holatida kimyo sanoati uchun tayyor mahsulot
hisoblanmaydi. Ularni avval qayta ishlash natijasida faol moddalar hosil 
qilinadi. Bunday moddalarga birinchi navbatda to‘yinmagan uglevodorodlardan
olefinlar, etilen, propilen va butilenlar kiradi. Kimyo sanoatida neft va neft 
mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalaniladi va yangi moddalar olinadi:
suniy kauchuk, plastmassalar, sintetik tolalar, yuvuvchi moddalar va hakozolar 
ishlab chiqariladi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda metallurgiya sohasiga qarashli Bekobod 
metallurgiya zavodi, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-


26
metallurgiya zavodi, barcha turdagi mashina va elektr energiyasi ishlab 


chiqaradigan zavodlar va shu kabilar neft va gazdan foydalanuvchi asosiy sanoat


korxonalari hisoblanadi. 
Shurtan gaz kimyo majmuasini va suniy suyuqlik yoqilg‘isini ishlab
chiqaradigan zavodning istiqbolli kelajagi tabiiy gazni qazib olish jarayoni bilan 
chambarchas bog‘langandir.


2.4.
Neft ajratgichning ishlatish prinsipi 

Neftning sifatiga, yig’ish va ajratish texnologiyasining sxemalari, tashish 


va saqlash sharoitlariga bog’liq holda yengil fraksiyalarning yo’qotilishi har xil
darajada ta’sir qiladi. Ajratish bosqichlaridagi bosimning oshirilishi bilan 
neftdan ajralib chiqadigan gazning miqdori kamayadi, uning tarkibidagi – og’ir
komponentlarning miqdori esa oshadi. 
Neftdan gazni ajratish jarayonida - bosh uglevodorodlar va yo’ldosh
gazlar ajratiladi. Bunda bosim pasaytirilganda va neft harorati oshirilganda 
hamda neftning ustida fazali konsentrasiya bo’lganda uglevodorod va boshqa
komponentlarning molekulyar diffuziyasi sodir bo’ladi. Yo’ldosh gazlarni 
ajralish jarayoni neftning umumiy harakatlanish yo’lida: quduqda, shleyfda,
neftni yig’ish kollektorlarida va kondagi rezervuarlarda va uning tashqi 
chegarasida hamda neftni suv yoki temir yo’l transporti orqali tashishda ajralishi
sodir bo’ladi. 
Uglevodorodarni va yo’ldosh gazlarni atmosfera sharoitida ajralish
jarayoniga – neftni bug’lanishi deb ataladi. 
Neft konlarida qo’llaniladigan ajratgichlar shartli holda oltita bosqichga
bo’linadi: 
1) mo’ljallanishi
bo’yicha 

o’lchov

ajratgichlariga


va

oddiy
ajratgichlarga; 


2) geometrik shakli va fazodagi holati – silindrik, sferik, tik, gorizontal va
qiy.


27
3) harakatlanish tartibi bo’yicha – gravitasiyali, inersiyalli (qovurg’ali), 


va markazdan qochma (gidrosiklonli);


4) ishchi bosim – yuqori (6,4 MPa), o’rtacha (2,5 MPa), past (0,6 MPa) 
bosimli va vakuumli;
5) ajratish bosqichlarining soni – bir, ikki, uch, va hakozo;
6) fazolarga ajralish – ikki fazali (neft+gaz), uch fazali (neft+gaz+suv).
Har qanday turdagi neft ajratgichlar quyidagi seksiyalarga bo’linadi: 
asosiy ajratgich, tindirgich, suyuqlikni yig’ish seksiyasi, nam tutqich.

Asosiy ajratgich – quduqning mahsulotini gaz va suyuqlikka ajratish
uchun xizmat qiladi. Quduqlardan mahsulotning kirib kelishi tangensial yoki 
normal holda maxsus gaz olgich (deflektor) kontruksiyasi orqali kirib kelishi
amalga oshiriladi. 
Suvning tagida quduqning mahsulotidan ajralib chiqqan gaz qo’shimcha
markaziy kuchlar ta’sirida va suyuqlikning oqimini o’zgarishi natijasida 
yuqoriga ko’tariladi va gaz ajratgichdan chiqadi, suyuqlik esa pastga tushadi.

Cho’ktirgichda – neftning tarkibida okklyuziv (yutinish degan ma’noni
beradi) holatdagi qo’shimcha gaz pufaklari ajratiladi. Cho’ktirma ajratish 
seksiyasida gaz ajratgichning pastki qismida joylashgan bir yoki bir nechta
deflektorlar (oqim burgich) orqali neft qatlamlarga ajralmasdan oqqanda 
neftning tarkibidan gazning ajralishi sodir bo’ladi.

Suyuqlikni yig’ish seksiyasi – suyuqlikni yig’ish uchun xizmat qiladi, gaz
ajratgichda ushlab turiladigan bosimning va haroratning ta’sirida gazni to’liq 
ajralib chiqishini ta’minlaydi.
Bu seksiya ikkiga bo’lingan: yuqoridagi birinchi seksiya neft uchun; 
ikkinchisi esa suv uchun xizmat qiladi va ajratgichdan suyuqlikni mustaqil
chiqishini ta’minlaydi. Suyuqlikning qatlami seksiyada o’rnatilgan sath 
ushlagich yordamida ushlab turiladi.
Nam tutqich – ajratgichning yuqori qismida joylashgan. U gaz oqimi 
orqali keladigan suyuqlik zarrachalarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi.


28
Neftning tarkibidagi gazni ajratish gorizontal ajratgichning birinchi pog’onasida 


ijobiy ajralishi (2.1-rasm) tavsiya qilingan.



Yüklə 196,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə