Asadova oyqizning toponomika fanidan mustaqil ishi


Topnomika fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 23,8 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü23,8 Kb.
#181947
1   2
ASADOVA OYQIZ TOPONOMIKA

1.1.Topnomika fanining rivojlanish tarixi Toponimika (yun. topos — joy va onyma— ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo’lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o’zgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o’rganuvchi bo’limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so’zlar singari til qonuniyatlariga bo’ysunadi, lekin o’zining paydo bo’lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo’lib, ma’lum darajada boshqa guruh so’zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo’lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko’proq saklangan bo’ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg’uloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. toponomika geografiya., tarix, etnografiya. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. 1 Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o’zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, ko’pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. toponomika xalklarning tarixiy o’tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o’tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo’llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga ko’ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi T.ning amaliy jihati hisoblanadi.2 Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obyektlar (materiklar,okeanlar, tog’lar, cho’llar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko’chalar, qo’rg’onlar va shu kabi) ning atoli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko’pincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin. Turli xil geografik obyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda T.ning quyidagi bo’limlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko’l kabilarning nomlarini o’rganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, ko’cha, ovul, qo’rg’on nomlarini o’rganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tof, cho’qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday ob’yektlar nomlarini o’rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi ob’yektlar (osmon jismlari) nomlarini o’rganuvchi soha va boshqa So’nggi 40—45 y. ichida T.ning nazariy va amaliy asoslari ishlab chikdldi, toponomika sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P.Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O.N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, toponomika Nafasov, S.Qorayev, 3. Doʻsimov va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-asrning 60-yillaridan ilmiy asosda organila boshlandi:Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon,Qoqon, Buxoro, Boysun, Mirzachol, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar manosi" (1978), Do’simovning "Xorazm toponimlari" (1985),
TOPONOMIKANafasovning "O’zbekiston toponimlarining izohli Lug’ati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari ta’biri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani yonidagi ko'chadan, tog'ladirlarni, shahar va qishloqlarni bir-biridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o'ylab chiqargan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi Toponimlarni toponimika fani o'rganadi. Toponimika yunoncha topos - joy va onoma (yoki onima) - nom so'zlaridan tarkib topgan. Joy nomlari, ya'ni toponimiya bir necha turga bo'linadi. Bular, gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya'ni daryolar, ko'llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo'ltiqlar, bo'g'ozlar, sharsharalar nomlari: oronimiya (yunoncha oros – tog), ya'ni yer yuzasining relef shakllari – tog'lar, cho'qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oykonimiya (yunoncha oykos – uy), polinimiya (yunoncha polis – shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos – shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya'ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o'tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hitto atoqli otga ega bo'lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos – xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antropotoponimlar (yunoncha antropos – odam) deb atash mumkin.3 Toponimika shaharlar, 4qishloqlar, daryolar, ko'llar, tog'lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Geografik nomlar, ya'ni toponimlar til lug'at tarkibining bir qismi bolib, til qonuniyatlariga bo'ysunadi. Albatta, so'zni tilshunoslik - lingvistika fani o'rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o'rganadigan onomastika fanining bir qismi bo'lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi. Toponimlarning paydo bo'lishi. Toponim - geografik nom ham so'z. Lekin toponimlar atoqli otlardir. Atoqli otlar til taraqqiyotining qiyosan keyingi bosqichlarida turdosh otlardan kelib chiqqan. Qadimiy tillarda atoqli otlar bo'lmagan deyishadi. Avstraliya, Afrika va Amerikaning tub joy xalqlari – aborigenlar tillarida atoqli otlar juda kam ekan. Bunday tillarda turdosh otlar, qandaydir so'z birikmalari atoqli otlar vazifasini bajarar ekan. Ana shunday so'z birikmalari tobora turg'un shakl oladi. Odamlar tevarak-atrofidagi o'zlariga tanish kichik hududdagi joylarni «Baliq tutiladigan ko'l», «Sel keladigan soylik», «Qo'y qirilgan yayov», «Cho'chqali soy» kabi butun bir gaplardan iborat so'z birikmalari bilan ataydilar.
Konkret geografik obyektlarni ifodalaydigan bunday so'z birikmalari va turdosh otlar ko'p bo'lmaganidan bora-bora atoqli otlarga aylanadi. Turdosh otlar ana shu yo'l bilan toponimlashadi, ya'ni toponimlarga aylanadi. Masalan, olma so'zi umuman olma bog'larmi ifodalaydigan umumiy tushuncha ekan, turdosh otligicha qolaveradi. Bu tushuncha individuallashsa, konkret bir obyektni ifodalay boshlasa va shunday qilib ayrim bir tushurietiani bildirsa, atoqli otga aylanadi qoladi. Katta jar so'zlari individuallashmas, konkretlashmas, ya'ni biron obyektni ifodalamas ekan, salbiy relef shakllarini bildiradigan turdosh ot, apellyativ bo'lib qolaveradi. Shunday qilib, toponimlar geografik tushunchalaming konkretlashishi hamda individuallashishi jarayonida turdosh otlardan paydo bo'lgan va paydo bo'laveradi. Toponimlashish odatda dastlabki umumiy tushunchaning muayyan bir obyektga bog'lanishi jarayonida ro'y beradi. Shuning uchun bir so'zning o'zi yoki so'z birikmasi ayni vaqtda turdosh ot bo'lishi ham (agar tushuncha konkret bir obyektni ifodalamasa) yoki toponim ham bo'lishi mumkin (geografik obyektni bildirsa). Masalan, bug'doyzor bug'doy ekilgan har qanday dala, Bug'doyzor esa konkret bir joyning nomi kabi. Bu etnonimlar joy nomlari shaklida qayta-qayta uchraydi, Masalan, ayronchi, arg'in, achamayli, bag'anali, beshbola, burqut, g'alabotir, kenagas, tama, ming, mitan, oytamg'ali, sayat, tortuvli, o'ymovut, o'tarchi, uyas, qutchi kabi etnonimlar qishloq-shahar nomlari tarkibida 5 martadan 10 martgacha, bolg'ali, bolta, bahrin, bo'ston, qangli, qoraqalpoq, uyg'ur, qashqar, qiyot, qurama, qirq, mirishkor, mug'ui kabi etnonimlar 11 – 20 martagacha, beshkapa, do'rman, jaloyir, tojik, turkman, qirg'iz, qozoq, qo'ng'irot, mang'it kabi etnonimlar 21 martadan 30 martagacha, qipchoq, saroy et-nonimlari 31-40 martagacha takrorlanadi. Arab etnonimi esa 80 dan ortiq oykonim hosil qilgan.5 1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o`rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o`rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya`ni er tili deb ham atashadi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo`lib, «topos» — joy, «onom» yoki «onima» — nom, umuman joy nomini o`rganadigan fan degan ma`noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa`rida o`rganilmayotgan nomlar, insonlarga qo`yilgan ismlar toponimikaning o`rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob`ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo`lib, mikrotoponimika — grammatik jihatdan mayda ob`ektlarni, ya`ni «turdosh otlarni», mikroob`ektlarning` nomlarini, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya`n yirik ob`ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob`ektlarning: tog`lar, o`rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik ob`ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va ko`llarning nomlarini Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to`lig`icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o`rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz «ob`ekt» — toponim emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, balki ularning nomlarini o`rganadi
Toponimikaning tilshunoslik, tarih geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma`lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma`lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko`rish zarur. CHunki toponimika ko`pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o`rganish uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi. Tadqiqotning yozma manbalarga ko`pincha arxeologiyaga oid ma`lumotlarga suyangan holda ish ko`rish usuli nomlarning qo`yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo`lishini o`rganishga qo`l keladi. Bir nomning o`zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyoti bilan mustahkam bog`liqdir. Ma`lum bo`lishicha, har bir rayon toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog`liq bo`lib, er ostida ko`plab madaniy qatlamlar mavjudligi uni siichiklab tadqiq qilishni talab etadi. Toponimika mstodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o`rganish uchun toponimlarning paydo bo`lishiga doir ma`lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo`lgan barcha formalarini aniqlash, nom va atamalarni o`sha joy bilan bog`liq holda tanlash va eng muhimlarini o`rganish zarur.7 Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo`nalishlar bo`yicha joylarga aholining ko`chishi, o`rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo`lib, u aholining ko`chishi, madaniy, iqtisodiy vatil munosabatlari bilan vujudga keldi, so`ng tarqala boshlaydi. Toponimika jamiyatning muomala vositasi bo`lgan tilni, uning iqtisodiyotini, madaniyatini va tarixiy taraqqiyotini o`rganish jarayonida o`sib, rivojlanib boradi. Toponimik nomlar manbai va ularni o`rganishda qo`llanilgan uslub va usullarning to`g`riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa manbalar qo`lyozmalar, akt materiallari, aholi joylashgan chegaralarni aks ettiruvchi bosh (asosiy) va maxsus xaritalar hamda ilmiy safar xaritalari bilan solishtirib chiqiladi. O`z navbatida toponimik nomlar tarix uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo`lib, ma`lum hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvoxlik beradi. Nomlar ma`lum bir aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog`liqdir.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo`lgan, keyinchalik aholi paydo bo`lib, qo`yilgan nomlar xam ko`p vaqtlar o`tishi bilan boshqa nomlarga o`zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo`q bo`lib qetgan. Ezma manbalardagi toponimikaga oid ma`lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko`rish mumkin. Bu noqeani hozirgi vaqtda xam aniq ko`rishimiz mumkin. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari o`rniga yangi nomlar qo`yiladi, bu eski nom nima uchun yo`qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo`yildi, buning sabablarini ham aniqlash mumkin. O`tmishda esa yangi zamindor (er egasi) paydo bo`lishi bilan ko`pincha aholi eski geografik nomlar o`rniga shu zamindorning nomini qo`yishgan. Dialektologiyadan farqli o`laroq toponimikaga oid ma`lumot to`plashda, joylarning nomlarini o`rganishda aholidan yoppasiga so`rash uslubi qo`llaniladi. Faqat shunday uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko`llar va boshqa shunga aloqador bo`lgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, xolos. SHunday joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning kartasiga yoki aholi joylari ro`yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab o`rganish, xalq og`zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilgan noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimikaga oid ma`lumotlar yig`ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o`rganishda etnografiya ham katta rol’ o`ynaydi.
Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni o`rganish yo`li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Ko`pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har tomonlama regional tadqiq qilishga katta e`tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro va makro toponimikani o`zaro taqqoslash zarur. Toponimika vazifalarini aniqlar ekanmiz, ma`lum joyning geografik nomi tarixi to`laroq, shu o`lkada yashagan xalqlar tarixi bilan bog`liq xolda aniqlanishini uning asosiy maqsadi qilib olishimiz zarur. Bundan tashqari, toponimikaga oid tadqiqog ma`lumotlaridan foydalanilayotganda o`sha o`lka xalqlarining tilini o`rganish, arxeologiya va etnografiyaga oid ma`lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.8 Toponimikaga oid tadqiqot olib borilayotgan rayonning tabiiy geografiyasini, o`tmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani o`rganishda yuqoridagilarga amal qilingan taqdirdagina tadqiqotchi o`z maqsadiga erishishi mumkin. Tadqiqotni toponimikaga oid ma`lumotning yaratilgan davri va tarixini aniqlashdan boshlash kerak.9 Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik jihatdangina emas, balki so`z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar. Antrotoponim kishining ismi, familiyasi, laqabini (masalan, Mahmud Koshg`ariy, Munis Xorazmiy), antrotoponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul va shu kabi joylarning nomidan olingan toponimlarni (masalan, Toshkentboy, Qo`qonboy, Xo`jaqul, etnotoponim esa qabila, urug`-aymoq nomiga qo`yilgan nomlarni (masalan, Qozoqboy, Qirg`izboy, o`zbek) o`rganadi.Dalvarzin, Qo`ng`irot, Nukus, Mitan va hokazolarni istisno qilganda, barcha toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismdan (komponentdan) iborat. Bunday qaraganda hech qanday qo`shimchasiz faqat bir so`zdan iboratday tuyuladigan Jizzah Qo`qon, YOzyovon, G`alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan tuzilgan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: toponimika uch printsipga asoslanadi: 1) toponimlarning paydo bo`lish tarixini o`rganish; 2) toponimlarning geografiyaga oid ma`lumotlarini aniqlash; 3) asosiy qidirilayotgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida o`rganib, ulardan xulosa chiqarishdir. Bu printsiplar qo`llanmaning muqaddimasidan to xotimasigacha yoritib borilgan.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
1. Ad..Nikonov V. A., Vvedeniye v toponimiku, 2. M., 1965; Murzayev E. M., Ocherki toponimiki, M., 1974.
Yüklə 23,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə