Asm tarkibidagi qishloq xo'jaligini rivojlanishini ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi bo'g'in, uning tarkibi, maqsad va vazifalari



Yüklə 50,85 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü50,85 Kb.
#104089
10qishloq xo‘jaligi iqtisodiyot i

ASM tarkibidagi qishloq xo'jaligini rivojlanishini ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi bo'g'in, uning tarkibi, maqsad va vazifalari

Respublikaning 1993 - yildagi g'alla mustaqilIigiga erishish dasturi to'Hq ta'minlanib, 6 mIn. tonna don ishlab chiqarilmoqda. Respublika aholisining 16,3 min. kishisi qishloq joylarida yashaydi. Yalpiichki mahsulotning 26,8% qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. 3,1 min. kishi yoki respublika xalq xo'jaligida ish bilan band bo'lganlarning 30,9% qishloq xo'jalik sohasida mehnat qiladi.

Respublika qishloq xo'jaligida mulkchilik shaklIariga ko'ra: - kooperativ (jamoa xo'jaliklari, xo'jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo'jaliklari negizida tashkil etilgan xo'jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar)

- davlat (davlat xo'jaliklari, nasIchilik zavodlari, o'quv-tajriba hamda tajriba xo'jaliklari); - xususiy (dehqon va fermer xo'jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar) ; - shaxsiy yordamchi xo'jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qisWoq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish) sektorlari mavjud.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakat qishloq xo'jaligida chuqur islohotlarni amaIga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodiyotning eng muhim tarrnog'i bo'Igan qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon, fermer xo'jaliklari faoliyatini yo'Iga qo'yish kabi masalalami hal etishga e'tibomi qaratdi. Respublika parlamenti qishloq xo'jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi.

Respublika Prezidentining 1994 - yil 21-yanvardagi «lqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni, respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 - yil 24 - martdagi «ChorvachiIikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi va boshqa qarorlari asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo'jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo'Ji bilan qishloq xo'jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo'jaliklari, kichik va xususiy biznes ishini yo'lga qo'yishga keng imkoniyatlar ochib berilib, yuqori natijalarga erishildi.

Sabzavotlar, poliz ekinlari, kartoshka, meva, sholi mahsulotlari, chorvachilikda sut, go'sht, tuxum, teri va jun mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlarda sotishjoriy etildi. Bu esa xo'jaliklarning o'zlari yetishtirgan mahsulotlarini o'z ixtiyorida foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi.

Hammamizga ma'lumki, dehqon o'zi hosil yetishtirib, uni sotish bilan shug'ullanmasa, ish unumi va samarasi bo'lmaydi. Ularga o'z vaqtida bank, servis xizmati, ta'minot, iste'molchi va qayta ishlash korxonalari yordami berilishi tufayli, ko'proq mahsulot ishlab chiqarilib iste'mol bozori boyitilmoqda.

Respublikada qishloq xo'jaligi sug'orma dehqonchilikka asoslangan bo'lib, sug'oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, suv ta'minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy tozalash, suv omborlari, to'g'onlar, ulkan o'zi oqar va magistral kanallarining qurilishi,

irrigatsiya shoxobchalarini yaxshilash, yerlarni melioratsiyalash, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishni yaxshilash evaziga ekinlar hosildorligini va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati mintaqalar bo'yicha yaratiladi.

inadi: 1. Tog' va tog' oldi mintaqasi - respublika hududining 20 foizdan ortiq maydonini tashkil etadi. Ularga, lalmikor dehqonchilik (bug'doy, arpa, no'xat, zig'ir), bog'dorchilik va uzumchilik, mavsumiy bahorgi, kuzgi yaylovlar bo'lib, chorvachiligi go'sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. 2.Sug'onna dehqonchilik mintaqasi - respublika hududining qariyb 20 % ni tashkil etib, bu mintaqaga Farg'ona vodiysi, Mirzacho'l, Dalvarzin cho'li, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o'z ichiga oladi. Mintaqada paxta, don, sholi, makkajo'xori, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bog' va tokzorlar, tutzorlar, rezavor ekin maydonlari kiradi. 3.Cho'l yaylov mintaqasi - respublika hududining 60 foizini tashkil etadi. Hududga cho'l va suvsiz tekisliklardan iborat, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog'istonda va Farg'ona vodiysining markaziy qismida joylashgan yerlar kiradi

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 50,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə