Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Soliq va bojxona to„lovlari hamda mulkchilik shaklidan kelib chiqib



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
4.2. Soliq va bojxona to„lovlari hamda mulkchilik shaklidan kelib chiqib 
beriladigan imtiyozlar 
 
O„zbekistonda ham jahondagi kabi soliq yuki korxona shakli, hajmi, faoliyat 
turidan kelib chiqib har xildir. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta‟lim 
muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi 
qo„shimcha chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-4232-sonli farmoniga asosan 
mikrofirmalar va kichik korxonalar ta‟lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat 
shartnomalarini tuzganda, band bo„lgan xodimlarning o„rtacha yillik soni 
qonunchilikda belgilangan cheklangan me‟yordan 20 foizgacha oshirish huquqi 
berildi (3 yilga). 
Mikrofirmalar: 
1. Ishlab chiqarish tarmog„ida 20 kishidan 24 kishiga. 
2. Xizmat ko„rsatish sohasida 10 kishidan 12 kishiga. 
3. Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan 6 kishiga. 
Kichik korxonalar: 
1. Sanoat (tarmoqlar bo„yicha) 100 kishidan 120 kishiga. 
2. Ishlab chiqarish va qishloq xo„jaligi tovarlarini qayta ishlash sohasida 50 
kishidan 60 kishiga. 
3. Xizmat ko„rsatish sohasida 25 kishidan 30 kishiga. 


42 
Yagona soliq to„lovining obyekti yalpi tushum hisoblanadi va ular 
quyidagicha hisoblanadi:
Ishlab chiqarish korxonalarida = Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizastiya 
qilishdan tushgan tushum hisoblanadi. 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida = Tovar aylanmasi hisoblanadi. 
Vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari 
ko„rsatishga oid boshqa shartnomalar bo„yicha vositachilik xizmatlari ko„rsatadigan
korxonalarda = Ko„rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi hisoblanadi. 
Tayyorlov, ta‟minot-sotish korxonalarida = Realizatsiya qilingan tovarlarning 
xarid qiymati bilan sotish qiymati o„rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi 
daromad hisoblanadi. 
2015-yil 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkor ish faoliyatining turidan kelib 
chiqib, 1 tadan 3 tagacha ishchi yollashi mumkin. Agar kollejni bitirgan talaba 
yollansa, 12 oygacha o„zgarmas soliqlardan ozod qilinadi.
Agar korxona maxsus sanoat hududlarida tashkil etilsa, investitsiya hajmidan 
kelib chiqib, 3 yildan 7 yilgacha soliqlardan ozod qilinishi ko„zda tutilgan.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə