Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

3.1-rasm. Ko„zi ojiz inson va fil
13
 
3.1-rasmdagi ko„zi ojiz inson singari filning faqat bir qismini tasavvur qilib, 
faqat uni takomillashtirishga urinish bo„lib qolmasligi lozim. Aks holda
raqobatchilar uddaburonlik bilan g„alaba qozonish mumkin.
Biznesda 
g„alaba qozonish noyob strategik pozitsiyalanish orqali 
raqobatchilarga nisbatan zo„rroq harakat/faoliyat yuritishdir. 
 
3.2-rasm. Biznesda g„alaba qozonish matritsasi
14
 
13
Blind men and an elephant https://en.wikipedia.org/wiki/Blind_men_and_an_elephant. 


36 
Maykl Porterning raqobatdagi ustunlik strategiyasi 3 ta asosiy yo„nalishlarga 
ajratish mumkin.
1.
Tannarxda yetakchilik qilish (Cost leadership). 
2.
Differensiatsiya/farqlanish (Differentiation). 
3.
Fokus/e‟tiborni bir joyga jalb qilish (Focus). O„z navbatida, Fokus 
strategiyasini ikkiga ajratish mumkin. Tannarxga va Differensiatsiya fokus qilish. 
 
3.3-rasm. Maykl Porterning raqobat strategiyalari
15
 
 
3.3. Iqtisodiy masshtab (economy of scale) va iqtisodiy qamrov (economy of 
scope) nazariyasi. 
Tannarxga ta‟sir qiluvchi omillar sifatida ishchi kuchining maoshini 
kamaytirish, sonini qisqartirish, xomashyoni arzonroq olish kabi choralaridan 
foydalanish mumkin. Ammo quyidagi choralar bilan tannarxda yetakchilik qilish 
samaraliroqdir: 
1)
iqtisodiy masshtab (economy of scale); 
2)
tajriba yoki o„rganish iqtisodiyoti (economy of learning/experience); 
3)
ishlab chiqarish dizayni (process design); 
14
Grant R. Contemporary Strategy Analysis (text only, without cases), 9 th Edition, 2016, Wiley. 
15
Porter M. Strategy and Competition: The Porter Collection, 2014, Harvard Business Review. 


37 
4)
mahsulot dizayni (product design). 
Iqtisodiy masshtab (samara) bu ishlab chiqarish hajmining oshishi hisobiga 
o„rtacha xarajat miqdori kamayishidir. Masalan: Henry Ford avtomobil zavodi liniya 
ishlab chiqarishini yo„lga qo„yish orqali arzon avtomobillar ishlab chiqarishni 
boshlagan. Ishlab chiqarish zavodi qanchalik katta bo„lsa va ishlab chiqarish quvvati 
maksimal qo„llanilsa, shunchalik uning iqtisodiy masshtabi (samarasi) katta bo„ladi. 
Mutaxassislikka ixtisoslashish va to„g„ri yo„lga qo„yilgan mehnat taqsimoti ish 
unumdorligini oshiradi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə