Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
2.4-rasm. Ansoff matritsasi
12
 
 
 
12
Ansoff H.I. Strategies for Diversification, 2015, Harvard Business Review,


29 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
 
1. 
Mavjud biznesni tanlang va uni Sketch Padini aniqlash va uni tahlil qilishga 
harakat qilib ko„ring!
2. O„zingiz xohlagan bir biznesni tanlang! Uni Maykl Porterning 5 ta ta‟sir kuchi 
modeli orqali tahlil qilib ko„ring. 
 
 


30 
3. bob: STRATEGIK REJALASHTIRISH VA BIZNES-REJANI 
SHAKLLANTIRISH.
3.1. Biznes-rejani tuzish va uni sinovdan o„tkazish. Biznesning missiyasi, 
maqsadi va vazifalari 
 
Biznes-reja korxona (firma) xo„jalik yuritish jarayonini, uning rahbarlari 
o„zlarining maqsad va vazifalariga qanday usullarda erishishni hamda eng avvalo, 
rentabelligini oshirish yo„llarini o„zida to„la-to„kis aks ettiradigan hujjatdir. 
Biznes-reja nima uchun kerak: 

yangi biznesni boshlash uchun; 

o„zining avvalgi biznesini kengaytirish, ya‟ni rivojlantirish uchun; 

kredit (ssuda, investitsiya) olish uchun; 

o„zining biznesini sotish yoki boshqa shaxsga berish uchun. 
Biznes-reja qanday shaklda tuzulishidan qat‟i nazar quyidagi bo„limlarni 
o„zida aks ettirishi kerak: 

qisqacha tavsif; 

korxonaning (firmaning) tavsifnomasi; 

marketing rejasi; 

ishlab chiqarish (xizmat ko„rsatish) rejasi; 

boshqarishni tashkil etish rejasi; 

moliya rejasi. 
Korxonani (firmani) yaratish bo„yicha biznes-reja quyidagi qo„yilgan 
savollarga javob berish kerak: 
─ nima uchun men shu yo„nalishdagi korxonani yaratmoqchiman? 
─ mening tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador? 
─ mening mijozlarim kimlar va ular qayerda joylashgan? 
─ mening mahsulotimni (xizmatimni) mijozlar qanday sotib oladilar? 
─ mening raqobatchilarim kimlar? 


31 
─ mening mahsulotimning (xizmatimning) bozor potensiali qanday? 
─ mahsulotimning (xizmatimning) bozor hissasi qanchani tashkil etadi? 
─ mening korxonam (firmam) qayerda joylashadi? 
─ korxonamning (firmamning) kattaligi qanday bo„lishi kerak? 
─ mening korxonamga (firmamga) qanday asbob-uskunalar kerak? 
─ mijozlarni o„zimga qanday jalb etaman? 
─ mening korxonamga qanday kasbdagi personal (xodimlar) kerak bo„ladi? 
─ korxonani (firmani) boshqarish shakli qanaqa bo„ladi? 
─ korxonani (firmani) tashkil qilish uchun qancha mablag„ kerak bo„ladi? 
─ korxona (firma) yil davomida qancha foyda olishga erishadi? 
─ korxonaning (firmaning) zarasizlik nuqtasi qanchadan iborat? 
Biznes-rejani sinovdan o„tkazish uchun 3 ta testdan o„tkazish maqsadga 
muvofiq:
Reallik testi (Reality test) – yangi mahsulot uchun bozor/talab mavjudmi? 
Rejada ko„rsatilgan narxda qurish va ishlab chiqarib sotish imkoniyati haqiqatdan 
ham mavjudmi?
Raqobatbardoshlilik testi (Competitive test) – kompaniyaning raqobatchilarga 
nisbatan pozitsiyasi qanday? Menejment va xodim/personalning qobilyati, bilim 
saviyasi raqobatdagi ustunlikni yaratishga yetadimi? 
Qiymat/qardlilik testi (Value test) – yangi biznes investorlar va kreditorlar 
uchun qanchalik jozibali, sarflangan sarmoyalar qanchalik tez qaytadi, foydalilik 
darajasi qanchalik baland? 
Biznes reja sizning muvaffaqiyatingizni kafillab bermaydi. U sizga notanish 
hududga, xavfli safarga yo„lga chiqqaningizda yo„l xaritasi vazifasini bajarib beradi.
Ko„pincha yangi kompaniyalar tashkil qilinganda, kompaniya asoschilari, 
ta‟sischilari kompaniyaning missiyasi, maqsadi va vazifalari haqida aniq tasavvurga 
ega bo„lmaydi. Maqsad nima, degan savolga pul topish, boyish ma‟nosidagi 
javoblarni berishadi. Ammo muvaffaqiyatli biznes tashkil qilish uchun “vision, 
mission, goal, objectives” ning ahamiyati qanchalik muhim.


32 
Vision (uzoqni / kelajakni ko„rish) kompaniyaning kelajakda nimaga 
erishishini oldindan ko„rish, tasavvur qilish. Vision xodimlarni ruhlantirishi
ularning motivatsiyasini ko„tarishga xizmat qilishi kerak. Vision yo„nalishni aniqlab 
beradi, qaror unga asoslanadi, xodimlarning ishlashga motivatsiyasi oshiradi. 
Masalan: Apple Inc.ning “vision” dunyodagi studentlar, ta‟lim beruvchilar, kreativ 
mustaxassislar va foydalanuvchilarga innovatsion qurilmalar, dasturlar va internet 
xizmatlari orqali eng yaxshi shaxsiy kompyuterdan foydalanish hissiyotini 
(tajribasini) berishdan iborat.
Mission (missiya) “vision”ni amalga oshirish uchun nima qilish kerakligini 
ko„rsatadi. Missiya aniq va xodimlar uchun tushunarli bo„lishi lozim. Ular ish joyida 
nima uchun ishlayotganini his qilishi, katta bir maqsad yo„lida ishlayotganligini 
anglashi lozim. So„rovnomaga ko„ra 89 % xodim o„zi ishlaydigan kompaniyaning 
missiyasini biladi, ammo 23 %gina uni biznesda haqiqatda qo„llanilayotganiga 
ishonadi. Masalan: Apple Inc.ning “mission” – eng yaxshi innovatsion dasturlar, 
qurilmalar yaratish, mavjud steoratip, tizim va qarashlardan farqli yangi 
o„zgarishlarni amalga oshirish, yangiliklarni yararishda birinchi bo„lish. Xuddi 
“Iphone”, “Ipad”larni yaratish kabi. 
Goal (maqsad) korxona o„z oldiga aniq, spetsifik, erishsa bo„ladigan, 
chegaralangan vaqt oralig„ida amalga oshirsa bo„ladigan, o„lchash mumkin bo„lgan 
maqsaddir. Masalan: foydani ko„paytirish emas, balki 2018-yilning 4-choragida 
savdo hajmini 15 % oshirish, shunda sof daromadni 80 million so„mga yetkazish.
Objectives (vazifa) korxona o„z oldiga qo„ygan maqsadni amalga oshirish 
uchun nima ishlarni amalga oshirishi lozimligini ko„rsatadi. Masalan: 2018-yilning 4-
choragida savdo hajmini 15 % oshirish, shunda sof daromadni 80 million so„mga 
yetkazish maqsadini amalga oshirish uchun xaridor (mijozlar) bilan uchrashish, 
promoaksiya o„tkazish, iste‟molchilar tasavvurida reklamalar, PR va ijtimoiy 
mas‟ullik orqali ijobiy imij yaratish. Bu tadbirlar xarajatlari ko„zda tutilgan daromad 
va sof foydaga salbiy ta‟sir etmagan holda tashkil qilinishi lozim.


33 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə