Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


-rasm. Yangi mahsulot nima o„zi? Uni qanday yaratish mumkin?



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
1.5-rasm. Yangi mahsulot nima o„zi? Uni qanday yaratish mumkin?
6
 
Yangi mahsulot nima o„zi? Uni qanday yaratish mumkin? Quyida 
korxonalarning ilmiy tadqiqot va innovatsiya markazlarining qancha mehnati qaysi 
yo„nalishlarga sarflanishini ko„rishimiz mumkin.
 
1.6-rasm. Ilmiy tadqiqot va innovatsiya markazlarining mehnat taqsimoti
7
 
Hamma mahsulotlar ham ilmiy tadqiqot va innovatsiya markazlarida o„ylab 
topilmagan. Masalan: Mikroto„lqinli pech, Coca Cola, Dinamit, Rentgen uskunasi.
 
 
6
Flavio Souza New Product Development (NPD), IUJ, 2018. 
7
Flavio Souza New Product Development (NPD), IUJ, 2018.


20 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
1. 
Biznesda katta yutuqlarga erishgan biznesmenlarning “success strory” (omadga 
erishish hikoyasi)ini topib, unga qisqacha xulosangizni hamda uning tajribasidan 
nima o„rganganingizni esse shaklida yozing.
2. Muvaffaqiyatli biznesmen bo„lishning siri nimada? O„zingizning fikringizni 
yozing. 
 
 


21 
2-bob. BIZNES-MODELNI SHAKLLANTIRISH VA UNI TEXNIK 
IQTISODIY ASOSLASH 
 
2.1. Biznes-g„oyani baholash. Biznes-rejani tuzish jarayoni. Biznes-
modelni texnik iqtisodiy asoslash 
Biznes-g„oyani baholash bozordagi ehtiyojni aniqlash, shu ehtiyoj uchun 
yechim topish hamda tadbirkorning ushbu g„oyani amalga oshira olish 
imkoniyatlarini baholash jarayonidir.
Yangi biznes-reja tuzish jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat: 
Biznes-g„oya => Biznes-g„oyani baholash => biznes-go„yani texnik iqtisodiy 
asoslash => Biznes-modelni yaratish => Biznes-rejani yaratish => Strategik rejani 
yaratish => Biznesni ishga tushirish 
Biznes-g„oyani baholashda avvaliga mavjud ochiq manbalardan foydalanib, 
g„oyaning foydalilik darajasi baholanadi. Buning uchun bir qator savollarga javob 
topish zarur yoki Sketch Pad (P, CC, O, VP, C) usulidan foydalanish tavsiya etiladi. 
(P) Kimlar bu biznes-g„oyani ishga solmoqchi? Shu soha oid qanday tajriba, bilim va 
ko„nikmalarga ega? (C) Kim ushbu mahsulot yoki xizmatdan foydalanadi? Kim 
ushbu mahsulot yoki xizmatni sotib oladi yoki xarid qilish qarorini qabul qiladi. 
Iste‟molchi mahsulotdan qanday foydalanadi? Qancha xaridor mavjud yoki 
mahsulotning bozor hajmi qancha? (O) Qanday mahsulot yoki xizmatni iste‟molchiga 
taklif etmoqchisiz? Mahsulotingiz nomi nima? Unga ta‟rif bering! Sizningcha, 
iste‟molchi shu nom va mahsulot o„rtasida bo„g„liqlik bor deb hisoblaydimi? (VP) 
Nima uchun sizning taklifingiz iste‟molchiga qadrli? Nima uchun sizning taklifingiz 
xaridorga qadrli? (CC) Qanday raqobatdagi ustunlikka, farqlanuvchi jihatga egasiz? 
Xususan, texnologiya hamda ilm-fanda?


22 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə