Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
2.1-rasm. Sketch Pad
8
 
Biznes-go„yani texnik-iqtisodiy asoslash biznes-rejadan farq qiladi. Uni amalga 
oshirish uchun 
sanoat va bozorni tahlil qilish

moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish

mahsulot yoki xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatini baholash
lozim. Tahlilda 
biznes muhitining qulayligi ham o„rganiladi. Jumladan, makrodarajada biznes muhiti 
tahlil qilinganda, ijtimoiy-madaniy ta‟sir omillari, texnologik omillar, demografik 
omillar, iqtisodiy omillar, siyosiy va huquqiy omillar, global omillar tahlil qilinadi. 
Biznes muhiti raqobat nuqtayi nazaridan tahlil qilinganda, raqobatchilar, o„rin 
bosuvchi tovarlar, xaridorlar hamda xomashyo yetkazib beruvchilar tahlil qilinadi.
Sanoat yoki bozor tahlil
qilinganda, ikkita asosiy jihatga alohida ahamiyat 
qaratish lozim. Birinchidan, bu bozor yoki sanoat qanchalik jozibador, ikkinchidan 
korxona uchun qulay va eng asosiysi, foydali “niche” (nisha) bormi? 
Shuningdek, quyidagi savollarga javob topish lozim: 
Bozor (sanoat) hajmi qanchalik katta? Bozor hajmi qanchalik tez oshib 
bormoqda? Bozor yoki mazkur kategoriya qanchalik daromadli? Bozor (sanoat)ning 
foyda marjasi qanchalik yuqori? Mazkur bozor yoki sanoatning mahsulotlari 
xaridorlar uchun qanchalik muhim? Bozordagi yangi trendlar qaysi tomon ketmoqda? 
Bozor yoki sanoat qanday muammo yoki xavf-xatarlar bilan to„qnash kelmoqda? 
Bozor yoki sanoat qanchalik raqobatchilar va xaridorlar bilan to„la? Sanoat yoki 
bozor yangimi (yoshmi) yoki eskimi (voyaga yetgan)?
8
Remy Magneir-Watanabe, Entrepreneurship & Small Business Development, 2018, University of Tsukuba. 


23 
“Niche” (nisha) bozordagi bitta segmentga ixtisoslashib, shu iste‟molchilar 
guruhining talabini qondirishdir.
Mahsulot yoki xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatini baholashdan
maqsad 
qaysi mahsulotlar xaridorgir bo„lishi va uni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslarni 
aniqlashdan iborat. Buni aniqlashda ikkita asosiy savol muhim sanaladi. Birinchidan, 
xaridorlar ushbu mahsulotni xarid qilishni istashadimi? Ikkinchidan, ushbu 
mahsulotni foyda olgan holda ishlab chiqarish mumkinmi? 
Moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish,
birinchidan, qancha boshlang„ich 
kapital kerakligini aniqlash, ikkinchidan, savdo va daromad prognozlarini hisoblash, 
uchinchidan, investitsiyadan olinadigan daromad uning qaytish muddatlari 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə