Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Maykl Porterning 5 ta ta‟sir kuchi modeli. Kanvas biznes modeli



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
2.2. Maykl Porterning 5 ta ta‟sir kuchi modeli. Kanvas biznes modeli 
 
Maykl Porter sanoatni tahlil
qilish uchun 5 ta ta‟sir kuchi omillari modelini 
ishlab chiqqan. Bu model orqali sanoatni (bozorni) yoki tashqi biznes muhitini tahlil 
qilish, uning jozibadorligi, raqobat muhitini o„rganish mumkin. 5 ta ta‟sir kuchi 
omillari quyidagilardan iborat: 
1.
sanoatdagi mavjud raqobatchilar. 
2.
xomashyo yetkazib beruvchilar xarid kuchi (bargaining power). 
3.
xaridorlarning xarid kuchi (bargaining power). 
4.
yangi raqobatchilarning kirish xavfi. 
5.
o„rin bosuvchi tovarlarning xavfi. 


24 
2.2-rasm. Maykl Porterning 5 ta ta‟sir kuchi modeli
9
 
Sanoatdagi mavjud raqobatchilar tahlil qilinganda, quyidagi hollar ijobiy deb 
baholanadi: 
─ raqobatchilar soni juda ko„p bo„lsa yoki uning aksi juda kam bo„lsa; 
─ raqobatchilar hajm va quvvatda bir xil bo„lmasa; 
─ sanoat yoki bozor hajmi tez o„sayotgan bo„lsa; 
─ bozorda mavjud mahsulot yoki xizmatdan farqli mahsulot sotish imkoni 
bo„lsa. 
Xomashyo yetkazib beruvchilar xarid kuchi ham tahlil qilinishi lozim. 
Xomashyo yetkazib beruvchilar xarid kuchi yuqori bo„lsa, bu sanoat yoki bozorning 
jozibadorligi shunchalik past hisoblanadi. Agar sanoat yoki bozorda: 
─ xomashyo yetkazib beruvchilar soni ko„p bo„lsa; 
─ ularga o„rin bosuvchi bo„lsa; 
─ o„rin bosuvchiga o„tish xarajatlari kam bo„lsa; 
9
Porter, M. E.
Competitive strategy,
1980, Free Press - New York. 


25 
─ xomashyo yetkazib beruvchilarning ulushi tayyor mahsulot tannarxidagi 
ta‟siri kam bo„lsa, bu sanoat yoki bozor jozibali hisoblanadi. 
Xaridorlar soni kam va xaridorlarning boshqa mahsulotga ko„chib o„tish 
xarajati kam bo„lsa, bunday bozorda xaridorlarning xarid kuchi yuqori hisoblanadi. 
Agar sanoat yoki bozorda: 
─ boshqa mahsulotga ko„chib o„tish xarajati yuqori bo„lsa; 
─ xaridorlar soni ko„p bo„lsa; 
─ xaridor farqlanuvchi o„zgacha mahsulotni xohlasa
─ xaridorning ishlab chiqaruvchilarni taqqoslovchi ma‟lumotlarga erishish 
imkoniyati bo„lmasa, bu sanoat yoki bozor jozibali hisoblanadi. 
Yangi raqobatchilarning kirish xavfi yuqori bo„lsa, bu sanoat yoki bozorga 
qiziqish past bo„ladi. Agar sanoat yoki bozorda: 
─ miqyos samarasi (economy of scale) ustunligi bo„lmasa; 
─ sanoat yoki bozorga kirishda katta kapital investitsiya talab etilmasa; 
─ tannarxdagi yetakchilik korxonaning hajmiga bog„liq bo„lmasa; 
─ xaridorlar mavjud brendlarga loyal (sadoqatli) bo„lmasa; 
─ hukumat qonunlar bilan mazkur bozorga kirishda huquqiy to„sqinliklar bilan 
himoyalamagan bo„lsa, bu sanoat yoki bozorga kirish oson kechadi. 
O„rin bosuvchi tovarlarning xavfi yuqori bo„lsa, bu sanoat yoki bozor jozibali 
hisoblanmaydi. Jozibali bo„lishi uchun: 
─ o„rin bosuvchi mahsulotlarning sifati mavjud mahsulotnikiga mos kelmasligi; 
─ o„rin bosuvchi mahsulotlarning narxi mavjud mahsulotnikidan keskin arzon 
bo„lmasligi; 
─ o„rin bosuvchi mahsulotlar mavjud mahsulotning barcha qiymati va
funksiyalarini o„zida jamlamagan bo„lishi; 
─ boshqa mahsulotga ko„chib o„tish xarajati yuqori bo„lishi lozim. 
Biznes-modellarni har xil usullarda shakllantirish mumkin. Masalan, odatda, 
biznes-modellar quyidagilardan tarkib topadi: 
─ maqsadli xaridorlar guruhi kimligi, ularga qanday yetishish mumkinligi; 


26 
─ xaridor uchun qiymat (qadrlilik) taklifi (customer value proposition); 
─ farqlilik jihati (point of differentiation); 
─ narx siyosati; 
─ sotish jarayoni; 
─ distributsiya (taqsimot) tizimi; 
─ xaridorlar bilan ishlash (quvvatlash, xizmat ko„rsatish). 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə