Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

topshiriqlar 
 
1. 
Differensiatsiya strategiyasiga misol keltiring. Korxona misolida tahlil qilib 
bering. 
2. Fokus strategiyasiga misol keltiring. Korxona misolida tahlil qilib bering 
 
 


40 
4-bob. BIZNESDA MULKCHILIK SHAKLLARI
 
4.1. Biznesda mulkchilik shakllari. Biznesni tashkil etishda mulkchilik 
shakllarini tanlash va unga ta‟sir etuvchi omillar. Yakka tartibdagi tadbirkor, 
korporatsiya, mas‟uliyati cheklangan jamiyat, qo„shma korxona, xorijiy 
korxonalarning afzalliklari va kamchiliklari 
 
Biznesni tashkil etishda mulkchilik shakllarini tanlashda quyidagi omillar 
hisobga olinadi: 
─ soliq yuki va stavkasi; 
─ mas‟uliyat va javobgarlik; 
─ start-up va kelajakda kerak bo„ladigan kapitalning va uning manbalari; 
─ nazorat; 
─ boshqarish qobiliyati; 
─ biznes maqsadi; 
─ menejment va uning keyingi tashkiliy tuzilishi; 
─ mulkchilik shaklining shakllanish xarajatlari. 
Mulkchilik shakllari jahon tajribasida quyidagi turlarga bo„linadi: 
─ yakka tartibdagi tadbirkor
─ hamkorlikdagi tadbirkorlik; 
─ korporatsiya; 
─ mas‟uliyati cheklangan jamiyat. 
Shuningdek, xorijiy investorlarning ulushidan kelib chiqib, qo„shma korxona 
yoki xorijiy korxona bo„lishi mumkin.
Dunyoda yakka tartibdagi tadbirkorlar bizneslar soni bo„yicha yetakchilik 
qiladi: 71,6 % bilan birinchi o„rinda. Ammo savdo hajmi bo„yicha korporatsiya 
64,3 % bilan birinchilikni egallab kelmoqda. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning ustun va kamchiliklari quyidagilardan iborat: 


41 
Yakka tartibdagi tadbirkorning mas‟uliyati jahon amaliyotida xavfli sanaladi. 
Chunki kreditorlar yakka tartibdagi tadbirkorning biznesdagi mulkidan tashqari uning 
shaxsiy mulkini ham musodara qilishi mumkin. 
Hamkorlikdagi tadbirkorlik ikki va undan ortiq odam hamkorlikda biznes 
qilish maqsadida birlashishi. Bu hamkorlik shartnoma bilan mustahkamlanadi. 
Hamkorlik ishonch va hurmat asosiga quriladi. 
Korporatsiya bu yuridik shaxs bo„lib, ta‟sischi va investorlardan alohida 
maqomda faoliyat yurituvchi tashkilot hisoblanadi. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə